Rabiev Sanjar Nasridinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli somatotipli ayollarda homiladorlik va tug‘ruq jarayoni kechishining xususiyatlari» 14.00.02 – Morfologiya, 14.00.01 - Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2062.
Ilmiy rahbarlar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlar doktori, professor; Xamdamova Muxaye Tuxtasinovna tibbiyot fanlar doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Adilbekova Diloram Baxtiyorovna tibbiyot fanlari doktori, Zufarova Shaxnoza Alimjonovna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «I.K.Axunbaev nomidagi Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi»
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli somatotipli ayollarda homiladorlikning kechishi va homila fetometrik ko‘rsatkichlarini baholash orqali perinatal ko‘rsatkichlar samaradorligini yaxshilashga qaratilgan choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rivojlanayotgan homilaning fetometrik ko‘rsatkichlarining turli somatipli homilador ayollar bilan bog‘liqligini va ularning amaliy ahamiyati aniqlangan;
turli bo‘y o‘lchami va tana vazniga ega homilador ayollarni rivojlanayotgan homilasining skrining II va III bosqichlarida homilaning fetometrik parametrlarining miqdoriy tavsifi aniqlangan;
turli somatotipli ayollarda homiladorlik, tug‘ish va perinatal natijalarning xususiyatlari aniqlangan;
homilaning asosiy fetometrik ko‘rsatkichlarining mintaqaviy anatomik o‘zgaruvchanlik oralig‘ini aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 12 iyul` №23-z/049 son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilmiy natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi olingan ma’lumotlar turli bo‘y o‘lchami va gavda tuzilishiga ega tug‘ish yoshidagi ayollarning anatomik va konstitusiyaviy xususiyatlari, shuningdek, mintaqaviy xususiyatlar va individual anatomik o‘zgaruvchanlik doktrinasining qoidalarini hisobga olgan holda fetometriyaning standart (me’yoriy) ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘ldirishga imkon beradi. Olingan ilmiy – amaliy ma’lumotlar “Akusherlikda zamonaviy ultratovush diagnostikasi” uslubiy tavsiyanomasi Buxoro viloyat perenatal markazi bo‘yicha buyruq (17.11.2022 y. №57), Kogon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (18.11.2022y. №78) hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1- klinikasi bo‘yicha buyruq (22.11.2022 y. № 96) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan usul homiladorlik va tug‘ishning taktikasini aniq tanlashga yordam bergan va homila anomaliyalarining rivojlanishining oldini olishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: turli somatotipli ayollarda tavsiya etilayotgan ushbu zamonaviy somatometriya prinsipidan foydalanishda 1 nafar homilador ayol uchun 200 000 so‘m iqtisod qilindi (tajribaga ko‘ra 10,0 foiz homilador ayollarda qayta somatometrik ko‘ruv (tana vaznining normadan oshishi hisobiga) muolajasi amalga oshiriladi). Qayta somatometrik ko‘ruv amaliyoti darajasini 10,0 foizdan 8,0 foizga kamaytirgan (1 nafar bemordan 200 000 so‘m iqtisod qilinsa yiliga 50 nafar homilador ayoldan somatometrik ko‘ruv 50 bemordan 5 bemorgacha qayta somatometrik ko‘ruv holati kamaytirildi, demak bir nafar homilador ayol 200 000 so‘m iqtisod qilinsa yillik iqtisodiy kursatkich 1 000 000 so‘mni (50 nafar homilador ayol uchun) tashkil etadi. Xulosa: yangi somatometriya prinsipidan foydalanish amaliyotining joriy qilinishi bir nafar homilador ayol hisobiga byudjet mablag‘larini 1 000 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 800 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: turli bo‘y va vazndagi homilador ayollarda chanoq suyagi o‘lchamlarining ekstremal va oraliq miqdoriy variantlari va ular tomonidan olib borilgan homilaning 6 ta fetometrik ko‘rsatkichlari qiymatlari aniqlandi. Homila va onaning antropometrik parametrlari nisbati, ikkinchisining somatotipi va o‘sishini hisobga olgan holda korrelyasion tahlil o‘tkazildi. Ushbu ma’lumot antropometriya uchun ham, homila davrining yoshga bog‘liq anatomiyasi uchun ham muhim nazariy ahamiyatga ega, anatomik o‘zgaruvchanlik haqidagi ma’lumotlar doirasini to‘ldiradi va kengaytiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy – amaliy ma’lumotlar “Akusherlikda zamonaviy ultratovush diagnostikasi” uslubiy tavsiyanomasi Buxoro viloyat perenatal markazi bo‘yicha buyruq (17.11.2022 y. №57), Kogon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (18.11.2022y. №78) hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1- klinikasi bo‘yicha buyruq (22.11.2022 y. № 96) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi sog‘lom homilador ayollarda homila rivojlanishini baholashda, klinik akusherlik va perinatologiyada ularning bo‘yi va jismoniy holatini hisobga olgan holda, somatotiplarning ekstremal va oraliq shakllari bo‘lgan homilador ayollarda homila rivojlanishi, homiladorlik va tug‘ilishni boshqarish monitoringini amaliy sog‘liqni saqlash tizimidagi shifokorlarga mahalliy diagnosik taktikasini tanlashga maqsadli yondashuv imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: turli xildagi salbiy omillarning aniqlanishiga ko‘ra 1 nafar homilador ayol uchun 200 000 so‘m iqtisod qilindi (xar xil salbiy oqibatlarning rivojlanishini oldini oladi, bu esa yiliga umumiy homilador ayollarning 10% (50 nafardan 5 nafar homilador ayollar) turli salbiy oqibatlarga chalingan homilador ayollar gospitalizatsiyasini va davolashni kamaytiradi va homilador ayollar umumiy xarajatlarini 2 000 000 (10 nafar homilador ayol uchun) so‘mga iqtisod qiladi. Xulosa: yangi antropometrik usulini homilador ayollarda homilaning rivojlanishini bilish amaliyotda joriy qilinishi bir nafar homilador ayol hisobidan byudjet mablag‘larini 2 000 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 600 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: homila son suyagining uzunligi va onaning bo‘yi va somatotipi o‘rtasidagi bog‘liqlik 21-22 haftalik davrda aniq ko‘rindi, baland bo‘yli mezo- va braximorf va o‘rta bo‘yli braximorf ayollar chanoq o‘lchami bilan maksimal son suyagi o‘lchamlari va o‘rta bo‘yli dolixomorf va past bo‘yli mezo- va dolixomorf homilador ayollar minimal chanoq o‘lchamlari bilan minimal son suyagi o‘lchamlari mos kelishi aniklandi. Tadqiqotda homila fetometriyasining hududiy me’yor ko‘rsatkichlaridan foydalanish yanada ishonchli natijalarni olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy – amaliy ma’lumotlar “Akusherlikda zamonaviy ultratovush diagnostikasi” uslubiy tavsiyanomasi Buxoro viloyat perenatal markazi bo‘yicha buyruq (17.11.2022 y. №57), Kogon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (18.11.2022y. №78) hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1- klinikasi bo‘yicha buyruq (22.11.2022 y. № 96) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: homila rivojlanishni baholashda va homila, homilador ayollarning turli somatotipik guruhlarida homiladorlik va tug‘ishni boshqarish taktikasini tanlashda yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: 1 nafar homilador ayol uchun antropometrik usul va fetometriyaning standart usulini kopleks qo‘llash bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqilgan yangi antropometrik usuli homilador ayollarning amaliyotdan keyingi kasalxonadan tashqari reabilitatsiyasi va tekshiruv xarajatlarining kuyidagicha iqtisod bo‘lishiga olib keldi, kuydagicha: qayta kurik – 10 000 so‘m; qayta fetometriya tahlili – 50 000 so‘m; antropometrik tahlil – 25 000 so‘m, yillik qayta ko‘ruvga kelgan homiladorlar soni 10 nafar, umumiy iqtisodiy samaradolik esa 200 000 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: yangi fetometriya usulining joriy qilinishi 1 nafar homilador ayol hisobiga byudjet mablag‘larini 85 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 120 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: olingan ma’lumotlarning amaliy ahamiyati ularning sog‘lom homilador ayollarda homila rivojlanishini baholashda, klinik akusherlik va perinatologiyada ularning bo‘yi va jismoniy holatini hisobga olgan holda, somatotiplarning ekstremal va oraliq shakllari bo‘lgan homilador ayollarda homila rivojlanishi, homiladorlik va tug‘ilishni boshqarish monitoringi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishda ko‘rinadi. Olingan ma’lumotlarning kompleks qo‘llanilishi homila rivojlanishini yanada nozik va tabaqalashtirilgan baholashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy – amaliy ma’lumotlar “Akusherlikda zamonaviy ultratovush diagnostikasi” uslubiy tavsiyanomasi Buxoro viloyat perenatal markazi bo‘yicha buyruq (17.11.2022 y. №57), Kogon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (18.11.2022y. №78) hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1- klinikasi bo‘yicha buyruq (22.11.2022 y. № 96) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: olingan ma’lumotlarning amaliy ahamiyati ulardan sog‘lom homilador ayollarda homilaning rivojlanishini baholashda, ularning bo‘yi va jismoniy holatini hisobga olgan holda klinik akusherlik va perinatologiyada, homila rivojlanishini kuzatish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishda, homilador ayollarda homiladorlik va tug‘ilishni boshqarishda namoyon bo‘ladi. Olingan ma’lumotlarning kompleks qo‘llanilishi homilaning rivojlanishini yanada aniq va differensial baholash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: 1 nafar homilador ayolning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy ko‘rsatkich: bemorning shifoxonada qolish muddatini 4 kundan 8 kunga (4 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 880 ming so‘mga kamaytirdi (Buxoro viloyat perenatal markazining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada (pullik xizmat 1 kun qolish 106.000 so‘mni tashkil qiladi)); shifoxonada bo‘lish davrining 4 kunga qisqartirilishi hisobiga 424 ming so‘mlik pullik xizmat hisoblansa kam talab etiladi. Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 5 300 000 so‘mni tashkil etadi (reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirish hisobiga; byudjet mablag‘larini 2 978 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 2 322 000 so‘m). Jami:7 042 000 so‘m. Xulosa: yangi fetometriya usulining amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar homilador ayol hisobiga byudjet mablag‘larini 4 423 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 2 619 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.