Xamidova Shaxlo Sharipovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Reproduktiv yoshdagi ayollarda bachadon leyomiomasida o‘smaga qarshi immunitetni shakllanishida immun-gormonal ko‘rsatkichlarning istiqbolini belgilovchi qiymati», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya; 14.00.10 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib2588.
Ilmiy rahbar: Navruzova Shakar Istamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ixtiyarova Gul`chexra Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Xamdamova Muxayyoxon Tuxtasinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Tataurshhikova  Natal`ya Stanislavovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomidagi Kozog‘iston milliy tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Reproduktiv yoshdagi ayollarda bachadon leyomiomasida o‘smaga qarshi immunitetni shakllanishida immunologik va gormonal ko‘rsatkichlarning istiqbolini belgilovchi qiymatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
reproduktiv yoshdagi ayollarning bachadon leyomiomasi rivojlanishida xavf omillarining ahamiyati isbotlangan: irsiy moyillik, anamnezida tibbiy abortlar va ortiqcha vazn bilan kuchli o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan;
reproduktiv yoshdagi ayollarda bachadon leyomiomasida qondagi eozinofillar darajasining oshishi TGF-2 ning antiproliferativ faolligining faollashuvi bilan birga kelishi va progesteron sintezining pasayishini ko‘rsatishi isbotlangan; 
bachadon leyomiomasida jigar transaminaza fermentlarining oshishi trombotsitopeniya, oqsilli o‘sish omillarining antiproliferativ faolligining va o‘sma nekrozi omilining pasayishi bilan birga kelishi aniqlangan;
ayollarda bachadon leyomiomasida gemotokrit ko‘rsatkichining pasayishi, oshqozon-ichak trakti va siydik-tanosil tizimining yallig‘lanish kasalliklari fonida o‘sma metastazining yuqori xavfi ko‘rsatkichi ekanligi va periferik qondagi limfotsitlar esa ayollar saraton kasalligini erta bosqichlarida tashhislashda etarli ma’lumot bermasligi isbotlangan va leyomioma rivojlanish xavfi bo‘lgan ayollarni olib borish algoritmi ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 12 iyul №23-z/51 son xulosasiga ko‘ra: 
birinchi ilmiy yangilik: kichik chanoq a’zolarining yallig‘lanish kasalliklari bilan og‘rigan ayollarda leyomiomalarning rivojlanish imkoniyati VEGF >95,1 pg/ml da 38,5 martaga, estradiol>40,5pg/ml da 8,3 baravarga, fibroblastlarning transformatsiyalovchi o‘sish omili-1>81,4 pg/ml da 5,5 baravarga yuqori bo‘lishi aniqlangan bo‘lib, olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat perinatal markazi bo‘yicha buyruq (11.05.2022 y.; №28), Buxoro shahar tug‘ruq majmuasi bo‘yicha buyruq (6.05.2022 y.; №23) hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (6.05.2022 y.: №18) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi bachadon leyomiomasi bilan og‘rigan ayollarning immunologik, gormonal va gemodinamik ko‘rsatkichlarini kompleks aniqlash natijasida leyomioma bilan og‘rigan ayollarda kasallikni kelib chiqishini erta aniqlashda, kasallik avj olishi va asoratlanishini oldini olish imkonini beradi va erta tashxisot natijasida operativ muolajalar ehtiyoji bo‘lgan bemorlar soni va nogironlik holatlarini kamaytirishga erishiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bachadon leyomiomasi rivojlanishida xavf omillarning o‘zaro bog‘liqligini aniqlash orqali faqatgina shunga mos tekshiruv usullarini amalga oshirish natijasida 1 nafar bemor uchun sarflanadigan xarajatlardan 1100000 so‘mga iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Xulosa: bachadon leyomiomasi bilan og‘rigan bemorlarda xavf omillarining ahamiyatini o‘rganish natijasida har 1 nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini 1100000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: reproduktiv yoshdagi ayollarda bachadon leyomiomasida qondagi eozinofillar darajasining oshishi TGF-2 ning antiproliferativ faolligining faollashuvi bilan birga kelishi va progesteron sintezining pasayishini ko‘rsatishi isbotlangan bo‘lib, olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat perinatal markazi bo‘yicha buyruq (11.05.2022 y.; №28), Buxoro shahar tug‘ruq majmuasi bo‘yicha buyruq (6.05.2022 y.; №23) hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (6.05.2022 y.: №18) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: reproduktiv yoshdagi ayollarda bachadon leyomiomasini noinvaziv usulda aniqlash kasallikni erta bosqichda tashxislash va natijada davolash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: umumiy qon tahlilida eozinofillar (50000 so‘m), gormonal ko‘rsatkichlardan progeston miqdorini (50000 so‘m) aniqlash orqali, immunologik faktor TGF-2 ni aniqlamay turib bachadon leyomiomasini erta tashxislashda va o‘sma metastazini bashoratlashda imkonini beradi va har 1 nafar bemor uchun 645000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: reproduktiv yoshdagi bachadon leyomiomasi bilan og‘rigan ayollarda gemodinamik va gormonal markerlarni aniqlash hisobidan har 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 645000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: bachadon leyomiomasida jigar transaminaza fermentlarining oshishi trombotsitopeniya, oqsilli o‘sish omillarining antiproliferativ faolligining va o‘sma nekrozi omilining pasayishi bilan birga kelishi aniqlangan bo‘lib, olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat perinatal markazi bo‘yicha buyruq (11.05.2022 y.; №28), Buxoro shahar tug‘ruq majmuasi bo‘yicha buyruq (6.05.2022 y.; №23) hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (6.05.2022 y.: №18) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kasallikning og‘ir bosqichga o‘tishini oldini olish choralarini belgilaydi, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni bartaraf etish usullarini optimallashtiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun umumiy qon tahlilidagi trombotsitlar (50000 so‘m), shuningdek biokimyoviy tahlillardan jigar fermentlari (64000 so‘m) miqdorini o‘rganish orqali o‘sma markerlarini tekshirmasdan turib metastaz rivojlanayotganligini baholash natijasida 550000 so‘m tejaladi. Xulosa: mavjud qon tahlili ko‘rsatkichlarini selektiv tanlashni joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 550000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: reproduktiv yoshdagi ayollarda bachadon leyomiomasida gemodinamik, gormonal va immunologik ko‘rsatkichlarni kompleks o‘rganish natijalari korrelyasion tahlil qilinib, mavjud informativ indikatorlar tanlab olingan. Amaliy sog‘liqni saqlashda reproduktiv yoshdagi ayollarda bachadon o‘smalarining qaytalanishini oldini olish dasturini amalga oshirish uchun bachadon leyomiomasi bilan og‘rigan  reproduktiv yoshdagi ayollarda tashxislash va olib borish algoritmi ishlab chiqilgan bo‘lib, olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat perinatal markazi bo‘yicha buyruq (11.05.2022 y.; №28), Buxoro shahar tug‘ruq majmuasi bo‘yicha buyruq (6.05.2022 y.; №23) hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (6.05.2022 y.: №18) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan algoritmdagi ko‘rsatkichlarni o‘rganish bachadon leyomiomasi bilan og‘rigan bemorlarda salbiy o‘zgarishlarni o‘z vaqtida oldini olish, tashxislashni optimallashtirish, mehnatga layoqatsizlik va nogironlik sonini kamaytirish, iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Reproduktiv yoshdagi bachadon leyomiomasining turli bosqichlarida bemorlarni olib borish algoritmini birlamchi va ikkilamchi sog‘liqni saqlash bo‘g‘inlari amaliyotiga joriy etish natijasida bemorlarning statsionar davolanish kunlari qisqarishi hisobidan har 1 nafar bemor uchun 1400000 so‘mga iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Xulosa: bachadon leyomiomasi bilan og‘rigan  reproduktiv yoshdagi ayollarda tashxislash va olib borish algoritmini amaliyotga joriy qilinishi 1 nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini 1400000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 750000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xamidova Shaxlo Sharipovning «Reproduktiv yoshdagi ayollarda bachadon leyomiomasida o‘smaga qarshi immunitetni shakllanishida immun-gormonal ko‘rsatkichlarning istiqbolini belgilovchi qiymati» mavzusida dissertatsion tadqiqotda olingan yuqoridagi 4 ta ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot institutuning 2022 yil 10 maydagi 04№ 1903 sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqadim etilgan. Ilmiy yangiliklarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 1 nafar bemor hisobiga davlat byudjetidan 3,695 mln. so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 750,000 so‘m iqtisod qilingan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish