Muxamedova Shaxnoza Tolibovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Perinatal gipoksiya kechayotgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar dismetabolik nefropatiyasida sitokinlarning gen polimorfizmi», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya; (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Tib668.
Ilmiy rahbar: Navruzova Shakar Istamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Nuraliev Nekkadam Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.; Tuzankina Irina Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamalov Zayniddin Sayfiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Vitebsk Davlat xalqlar do‘stligi ordeni tibbiyot universiteti (Belorus Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Perinatal gipoksiya kechayotgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar dismetabolik nefropatiyasida IL-6 sitokinining gen polimorfizmini o‘rganish va istiqbolini belgilovchi omillarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda dismetabolik nefropatiyaning tashxisoti va istiqbolli belgilarini aniqlash uchun IL-6 ning 174 G geni allellari informativ ekanligi isbotlandi;
dismetabolik nefropatiya bilan kasallangan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning buyraklar filtratsion faoliyatini sistatin-C miqdori orqali o‘rganish usuli orqali yangi tug‘ilgan chaqaloqlar dismetabolik nefropatiyasi tashxisoti aniqligi oshirilganligi isbotlangan;
ona qonidagi minerallar hamda ularing gormonal statusi homilada va tug‘ilajak bola qonidagi yallig‘lanish sitokinlari, minerallar va immunologik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasion uzviy bog‘liqligi asosida buyrak patologiyasi bilan tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni olib borish algoritmi ishlab chiqilgan;
dismetabolik nefropatiya bilan kasallangan chaqaloqlarda IL-6ning C-174 geni CC allelini aniqlash usuli samarali ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 30 mart №23-z/034 son xulosasiga ko‘ra:
olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati Perinatal markazi bo‘yicha buyruq (27.03.2023y; № 45); bilan markaz amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Aholi orasida buyrak kasalliklari rivojlanishini erta aniqlash bolalar orasida nogironlik va o‘lim holatlarini kamaytirib, dismetabolik nefropatiya bilan kasallangan chaqaloqlarda kasallikni tashxislash va davolash sifati yaxshilanganligi aniqlandi. Natijada buyraklar faoliyati uzoq muddatda muvaffaqiyatli saqlab qolish imkonini yaratadi. Bemorlarning hayot sifati yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Dismetabolik nefropatiya va uning natijasida rivojlanadigan buyrak kasalliklarini davilash gemodializ va buyrak ko‘chirib o‘tkazish kabi murakkab va qimmat muolajalar o‘tkazishni talab etadi. Tashxisot usulini optimallashtirish orqali davolashda sarflanadigan xarajatlarni 3897300 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: Sog‘lik holatidan qat’iy nazar sog‘lom va dismetabolik nefropatiya bilan kasallangan bemor bolalarda IL-6ning C-174 geni polimorfizmining G alleli tashuvchilik holati aniqlangan. Mutant allel G uchun imkoniyat nisbati 1,325 tashkil qilgan. Bu ushbu gen tashuvchilarida dismetabolik nefropatiya bilan kasallanish va buyrak tosh kasalligi rivojlanish xavfi yuqori ekanligini bildiradi. DMN bilan kasallangan bolalar orasida yovvoyi CC genotipi tashuvchanligi holatida siydik tosh kasalligi rovojlanishi imkoniyat nisbati sog‘lom bolalar guruhiga nisbatan yuqoriligi aniqlangan. Shundan kelib chiqqan holda, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarida dismetabolik nefropatiyaning tashxisoti va istiqbolli belgilarini aniqlash uchun IL-6 ning 174G geni genetik polimorfizmini o‘rganish usuli samarali deb hisoblanadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarida dismetabolik nefropatiyaning tashxisoti va istiqbolli belgilarini aniqlash» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashiga Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan 2023 yil 18 martdagi 04/1684-son xat yuborilgan.
taklif qilingan tashxisot usuli yangi tug‘ilgan chaqaloqlar buyraklarida qon aylanish buzilishini erta tashxislashda hamda nefrolitiaz, pielonefrit va tubulo-interstisial buyrak zararlanish tashxisot samaradorligini oshirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Kogon tuman tibbiyot birlashmasining tug‘ruq bo‘limi bo‘yicha buyruq (28.03. 2023 y; № 48), hamda Romitan tuman tibbiyot birlashmasining tug‘ruq bo‘limi bo‘yicha buyruq (30.03.2023 y; №52) bilan tibbiyot birlashmasi amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi buyraklar filtratsion qobilyati buzilishini erta tashxislash bolalar orasida o‘tkir buyrak etishmovchiligi rivojlanish xavfini kamaytirib, bolalar orasida nogironlik va o‘lim ko‘rsatkichlarini pasayishiga olib keladi shuningdek amaliy sog‘liqni saqlash tizimidagi shifokorlarga bemorlarni mahalliy davolash taktikasini tanlashga maqsadli yondashuv imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: buyraklar faoliyatini saqlab qolish bemor chaqaloqlarni o‘ta murakkab transplantatsiya amaliyotidan saqlab qoladi hamda har bir bemor bolaga sarflangan mablag‘ning 2800000 ming so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu mablag‘ning tejalishi, qatnovlar sonining kamayishi, statsionarda davolanish muddatining bir necha barobarga kamayishi bilan asoslangan. Xulosa: yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda buyraklar filtratsion tezligini C-sistatin miqdoriga ko‘ra aniqlash, shuningdek dismetabolik nefropatiya (siydik tosh kasalligini) rivojlanishini homiladorlar qoni tarkibidagi vitamin D3, paratgormon va kalsiy orqali o‘rganish eskirgan usullarga (qonda va siydikda mochevina va kreatinin miqdori) qaraganda samarali bo‘lib, birlamchi tizim hamda tug‘ruq komplekslari faoliyati uchun tavsiya etildi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda buyraklar qon aylanish buzilishi tashxisotiga innovatsion yondashish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashiga Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan 2023 yil 18 martdagi 04/1684-son xat yuborilgan.
ilmiy yangiliklarning amaliyotga tadbiq etilishi birlamchi bo‘g‘in shifokorlariga homilador ayolning ovqatlanish va suyuqlik qabul qilish rejimidan, genital va ekstragenital kasalliklaridan kelib chiqqan holda chahqaloqlarda dismetabolik nefropatiya rivojlanishini istiqbilini belgilash imkonini hamda ularni birlamchi bo‘g‘inda olib borish taktikasini to‘g‘ri tanlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Vobkent tuman tibbiyot birlashmasining tug‘ruq bo‘limi bo‘yicha buyruq (1.04. 2023 y; № 58) bilan tibbiyot birlashmasi amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: homilador ayollardan olingan ma’lumotlar taklif etilayotgan usul yordamida statistik qayta ishlanadi va natijalar onalar va bolalar orasida osteoporoz, siydik yo‘llari infeksiyasi va bolalarda raxit kasalligi uchrash chastotasini kamaytirishi amaliyotda sinaldi va tibbiy-ijtimoiy samaradorligi isbotlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillariga yondashib o‘tkazilgan tahlillar natijalariga asoslanib takomillashtirilgan tashxisot usuli ishlab chiqilgan. Natijada 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 980000 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 370 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan hamda kasalxonada davolanish kunlarini bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilishiga erishildi. Xulosa: ona qonidagi minerallar hamda uning gormonal statusi homilada va tug‘ilajak bola qonidagi yallig‘lanish sitokinlari, minerallar va immunologik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘lanishni o‘rganish chaqaloqlar orasida buyrak kasalliklarini erta tashxislash va davo choralarini samaradorligini oshirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda buyrak qon aylanish buzilishi tashxisotiga innovatsion yondashuv” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashiga Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan 2023 yil 18 martdagi 04/1684-son xat yuborilgan.
dismetabolik nefropatiya bilan kasallangan bolalar orasida yovvoyi CC genotipi tashuvchanligi holatida siydik tosh kasalligi rovojlanishi imkoniyat nisbati 3 barobardan yuqoriligi isbotlandi. Ushbu ko‘rsatgich sog‘lom bolalar guruhida juda sust bo‘lgan. Shundan kelib chiqqan holda yovvoyi SS alleli tashuvchilarida siydik tosh kasalligi rivojlanish xavfi 3,35 marta yuqoridir Bu ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilinishi dismetabolik nefropatiyani og‘ir asoratlar bilan asoratlanish holatini oldini oladi, davo muddatini qisqartirib, bemor bolalar hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Vobkent tuman tibbiyot birlashmasining tug‘ruq bo‘limi bo‘yicha buyruq (1.04. 2023 y; № 58) bilan tibbiyot birlashmasi amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: dismetabolik nefropatiya bilan kasallangan chaqaloqlarda IL-6 ning C-174 geni CC allelini aniqlash usuli kasallikni immunopatogenetik rivojlanish mexanizmlari asosida boshqarish imkonini beradi hamda og‘ir asoratlar bosqichiga o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Bunda bolalar orasida buyrak kasalliklari tufayli rivojlanuvchi nogironlik holatlarini oldi olinadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 18 kundan 8 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 2500000 mingdan 500000 so‘mga kamaytirgan; shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 980 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); 2) bemorning shifoxonadan tashqaridagi davri uchun bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etiladi. Xulosa: ona qonidagi minerallar hamda uning gormonal statusi homilada va tug‘ilajak bola qonidagi yallig‘lanish sitokinlari, minerallar va immunologik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasion uzviy bog‘liqligi aniqlangan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda immunogenetik tahlillar asosida IL-6 ning C-174 geni polimorfizmini allellar almashinuvini o‘rganish bemorlarda dismetobolik nefropatiyaning keyingi asoratlarni (nefrolitiaz, siydik tosh kasalligi) kamaytirishga olib keladi, hamda 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 2000000 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 980 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Dismetabolik nefropatiya bilan kasallangan chaqaloqlarda IL-6ning C-174 genini aniqlash usuli» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashiga Buxoro davlat tibbiyot institutining 2023 yil 18 martdagi 08/1684-sonli xat yuborilgan. Muxamedova Shaxnoza Tolibovnaning « Perinatal gipoksiya kechayotgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar dismetabolik nefropatiyasida sitokinlarning gen polimorfizmi» mavzusida dissertatsion tadqiqotda olingan yuqoridagi 4 ta ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro Davlat tibbiyot institutuning 2023 yil 18 martdagi 08/1684-sonli xati Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashiga taqadim etilgan. Ilmiy yangiliklarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 1 nafar bemor hisobiga davlat byudjetidan 2 000 000 mln. so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 980 000 mln. so‘m iqtisod qilingan.