Umarova Guzal Gayratovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja berilgan fan ishlab chiqarish nomi): “To‘qimachilik sanoatini strategik rivojlantirishda investisiyalarni boshqarishning ilmiy-metodologik asoslari”, 08.00.13 – “Menejment” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Iqt239.
Ilmiy maslahatchi: Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.20/13.05.2020.I.23/01.
Rasmiy opponentlar: i.f.d., prof. Boltabaev Maxmud Rustamovich, i.f.d., prof. Xonkeldieva Guzal Sherovna, i.f.d., prof. Nasimov Dilmurod Abdullaevich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi - «O‘zto‘qimachiliksanoat» Uyushmasi tarkibida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarga investisiyalarni jalb etish va ularni samarali boshqarishni tashkil etish bo‘yicha ilmiy-uslubiy va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “investisiya” tushunchasining uzoq muddatli va kapital qo‘yilmalarni tavakkal qilib, tadbirkorlik va boshqa faoliyat ob’ektlariga takror ishlab chiqarishni kengaytirish va buning natijasida foyda olish yoki resurslar salohiyatining cheklangan sharoitida kelajakda boshqa foydali samaraga erishish maqsadidagi iqtisodiy kategoriya mazmuniga asoslangan holda “investisiyalarni boshqarish” tushunchasi qabul qilingan strategiya asosida investision faoliyatni doimiy ravishda amalga oshirish va resurslar bilan ta’minlanganlik ustidan investorlarning nazorati nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
to‘qimachilik korxonasi strategik rivojlanishida investisiya faoliyatini boshqarish samaradorligini baholash uslubi investisiyani boshqarish samaradorligi integral ko‘rsatkich (reyting bahosi)ning “juda qoniqarsiz” (-5 dan - 2 gacha), “qoniqarsiz” (-1,99 dan - 1,0 gacha), “yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan” (-0,99 dan 0 gacha), “qoniqarli” (0,1 dan 1,0 gacha), “yaxshi” (1,1 dan 2,0 gacha), “a’lo” (2,1 va undan yuqori) chegaralarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
to‘qimachilik korxonasini strategik rivojlantirishda investisiya faoliyatini boshqarish samaradorligini baholashda investisiya siyosatini belgilab beruvchi daromad olish yoki aktivlar qiymatini oshirishdan iborat maqsadning aktivlar turlari va investisiya portfelini boshqarish faolligi darajasi bilan o‘zaro muvofiqligini ta’minlash jihatidan yondashuv asoslangan;
to‘qimachilik korxonalarida investisiyani boshqarish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan ichki nazorat mexanizmi turli darajadagi boshqaruvchilarning funksional va malaka darajasiga ko‘ra shaxsiy ishtirokini baholash asosida investision faoliyat jarayonlarini samarali tashkil etish hamda uning natijalaridan bevosita manfaatdorligi uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati tarmog‘i korxonalarining mahsulotlarini ishlab chiqarish salohiyatini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlarning 2026 yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘qimachilik sanoatini strategik rivojlantirishda investisiyalarni boshqarishning ilmiy-metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “investisiya” tushunchasining uzoq muddatli va kapital qo‘yilmalarni tavakkal qilib, tadbirkorlik va boshqa faoliyat ob’ektlariga takror ishlab chiqarishni kengaytirish va buning natijasida foyda olish yoki resurslar salohiyatining cheklangan sharoitida kelajakda boshqa foydali samaraga erishish maqsadidagi iqtisodiy kategoriya mazmuniga asoslangan holda “investisiyalarni boshqarish” tushunchasi qabul qilingan strategiya asosida investision faoliyatni doimiy ravishda amalga oshirish va resurslar bilan ta’minlanganlik ustidan investorlarning nazorati nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan nazariy-uslubiy materiallar oliy o‘quv yurti talabalari uchun mo‘ljallangan “Korporativnaya strategiya i organizatsionniy dizayn” nomli darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy o‘quv yurti talabalarida investisiya jarayoni hamda uni boshqarish faoliyatiga oid muhim tushunchalar mazmunini kengroq anglash hamda ulardan amaliyotda foydalanishda kasbiy malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish va kengaytirish imkoni yaratilgan;
to‘qimachilik korxonasi strategik rivojlanishida investisiya faoliyatini boshqarish samaradorligini baholash uslubi investisiyani boshqarish samaradorligi integral ko‘rsatkich (reyting bahosi)ning “juda qoniqarsiz” (-5 dan - 2 gacha), “qoniqarsiz” (-1,99 dan - 1,0 gacha), “yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan” (-0,99 dan 0 gacha), “qoniqarli” (0,1 dan 1,0 gacha), “yaxshi” (1,1 dan 2,0 gacha), “a’lo” (2,1 va undan yuqori) chegaralarini qo‘llash asosida takomillashtirish taklifi «O‘zto‘qimachiliksanoat» Uyushmasi tarkibidagi korxonalar boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» Uyushmasining 2022 yil 7 iyundagi №03/14-1808-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida 5 ta to‘qimachilik korxonalarining investisiya jozibadorligi reyting ko‘rsatkichi 2021 yilda 2020 yilga nisbatan o‘rtacha 8,4 foizga oshgan;
to‘qimachilik korxonasini strategik rivojlantirishda investisiya faoliyatini boshqarish samaradorligini baholashda investisiya siyosatini belgilab beruvchi daromad olish yoki aktivlar qiymatini oshirishdan iborat maqsadning aktivlar turlari va investisiya portfelini boshqarish faolligi darajasi bilan o‘zaro muvofiqligini ta’minlash jihatidan yondashuvdan foydalanish taklifi «O‘zto‘qimachiliksanoat» Uyushmasi tarkibidagi korxonalar boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» Uyushmasining 2022 yil 7 iyundagi №03/14-1808-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida «O‘zto‘qimachiliksanoat» Uyushmasi tarkibidagi 5 ta to‘qimachilik korxonalarining mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2021 yilda 2020 yilga nisbatan o‘rtacha 12,3 foizga oshgan;
to‘qimachilik korxonalarida investisiyani boshqarish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan ichki nazorat mexanizmi turli darajadagi boshqaruvchilarning funksional va malaka darajasiga ko‘ra shaxsiy ishtirokini baholash asosida investision faoliyat jarayonlarini samarali tashkil etish hamda uning natijalaridan bevosita manfaatdorligi uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirish taklifi «O‘zto‘qimachiliksanoat» Uyushmasi tarkibidagi korxonalar boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» Uyushmasining 2022 yil 7 iyundagi №03/14-1808-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida «O‘zto‘qimachiliksanoat» Uyushmasi tarkibidagi 5 ta to‘qimachilik korxonalarining umumiy xarajatlar miqdori 2021 yilda 2020 yilga nisbatan o‘rtacha 10,8 foizga kamaygan;
O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati tarmog‘i korxonalarining mahsulotlarini ishlab chiqarish salohiyatini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlarning 2026 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlari «O‘zto‘qimachiliksanoat» Uyushmasi tarkibidagi korxonalar boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» Uyushmasining 2022 yil 7 iyundagi №03/14-1808-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida «O‘zto‘qimachiliksanoat» Uyushmasi tarkibidagi to‘qimachilik korxonalarning uzoq muddatli istiqboldagi ishlab chiqarish salohiyati asosiy ko‘rsatkichlarini tarmoqda yuzaga keluvchi tendensiyalar bilan o‘zaro muvofiqlashtirib borish imkoni yaratilgan.