Axmedjanova Zumrad Baxramovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Koronavirus infeksiyasiga uchragan surunkali miya ishemiyasi bilan og‘rigan bemorlarda o‘rtacha kognitiv buzilishining klinik-nevrologik va biokimyoviy xususiyatlari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1540.
Ilmiy rahbar: Madjidova Yaqutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01
Rasmiy opponentlar: Mirdjuraev Elbek Mirshavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Maxkamova Nargiza Utkurovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi koronavirus infeksiyasiga uchragan hamda surunkali miya ishemiyasi bilan og‘rigan bemorlarda o‘rtacha kognitiv buzilishining klinik-nevrologik, biokimyoviy va neyrofiziologik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali miya ishemiyasi bo‘lgan bemorlarda COVID-19 infeksiyasi o‘tkazgandan keyin neyron aloqalarining nomutanosibligi tufayli kognitiv chaqiruv potensialining (R300) amplitudasi ortishi va latentlik davrining kengayishi aniqlangan;
surunkali miya ishemiyasi bo‘lgan bemorlarda koronavirus infeksiyasi o‘tkazgandan keyin SARS-CoV-2 virusining glial hujayralarga  ta’sir etishi natijasida antitanachalar (GFAP, S100 oqsili) faollashuvi kognitiv etishmovchilikning avj olishiga ta’siri aniqlangan;
surunkali miya ishemiyasi bo‘lgan bemorlarda koronavirus infeksiyasi o‘tkazgandan keyin SARS-CoV-2 virusining lipogenez faollashishuviga va trombotsitlar agregatsiyasi kuchayishiga olib kelishi tufayli lipid profilining va koagulogramma ko‘rsatkichlarining muvozanati buzilishi aniqlangan; 
ilk bor surunkali miya ishemiyasi bo‘lgan bemorlarda koronavirus infeksiyasi o‘tkazgangandan keyin SARS-CoV-2 virusining neyrotransmitter tizimiga ta’sir etishi natijasida kognitiv buzilishlarning erta prediktorlari bo‘lgan neyrobiomarkerlar faollashuvi (serotonin va dofamin reseptorlariga bo‘lgan antitanachalar) aniqlangan.      

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:        
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 29 maydagi 03/37-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil 12 sentyabrdagi 03/1749-sonli xati yuborilgan.): 
birinchi ilmiy yangilik: surunkali bosh miya ishemiyasi bo‘lgan bemorlarda COVID-19 infeksiyasi o‘tkazgandan keyin neyron aloqalarining nomutanosibligi tufayli kognitiv chaqiruv potensialining (R300) amplitudasi ortishi va latentlik davrining kengayishi aniqlanib, bu o‘z navbatida bemorlarga o‘z vaqtida maxsus yo‘naltirilgan davo tayinlanganligi O‘zbekiston Respublikasi Administratsiyasi huzuridagi tibbiyot bosh boshqarmasining 1 – sonli Markaziy konsul`tativ-diagnostik poliklinikasi bo‘yicha 06.09.2022 yildagi 8-sonli dalolatnoma bilan va 2 - sonli Markaziy konsul`tativ-diagnostik poliklinikasi bo‘yicha 06.09.2022 yildagi 8-sonli dalolatnoma bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan diagnostika usuli COVID-19 o‘tkazgan surunkali miya ishemiyasi bo‘lgan bemorlarda kognitiv chaqiruv potensialining P 300 amplitudasini va latentlik davri ko‘rsatkichlarini o‘rganish bemorlarda kognitiv buzilishlarning darajasini aniqlash imkonini bergan va qo‘pol kognitiv buzilishlarni o‘z vaqtida oldini olishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali miya ishemiyasi bor bo‘lgan bemorlarning COVID-19 o‘tkazgandan keyingi kognitiv buzilishlarning yashirin belgilarini erta aniqlashda kognitiv chaqiruv potensiali katta axamiyatga ega bo‘lib, ushbu usul bilan neyrovizualizatsion tasvirlarda ko‘rinmaydigan elektroneyrofiziologik to‘lqinlar aniqlangan va bir nafar bemor uchun 60 ming so‘m sarflangan va qimmat neyrovizualizatsion usulni qo‘llanilishiga nisbatan 240 ming so‘m tejash imkonini bergan. Shifoxonada yiliga 1 marotaba gospitalizatsiya qilinishiga erishilgan, shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 8 kunga kamaytirilishiga erishilgan. Bemorlarning shifoxonadan tashqaridagi davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi uchun) davolanishi bir necha kunga qisqarishi hisobiga dori-darmon nisbatan kam talab etilgan. Xulosa: R 300 kognitiv chaqiruv potensiali COVID-19 o‘tkazgan surunkali miya ishemiyasi bo‘lgan bemorlarda samarali tekshiruv usuli bo‘lib o‘rtacha kognitiv buzilishlarni aniqlashda iqtisodiy samaradorlikka ega. Kognitiv chaqiruv potensiali bemorlarni demensiyaga o‘tib ketish xavfini bashorat qilgan va tavsiya qilingan chora tadbirlardan keyin ijtimoiy nogironlik oldi olgan; neyrovizualizatsion usullarga nisbatan iqtisodiy tejamkorlikka ega.
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali bosh miya ishemiyasi bo‘lgan bemorlarda koronavirus infeksiyasi o‘tkazgandan keyin SARS-CoV-2 virusining glial hujayralarga ta’sir etishi natijasida antitanachalar (GFAP, S100 oqsiliga) faollashuvi kognitiv etishmovchilikning avj olishiga ta’siri aniqlanganligi O‘zbekiston Respublikasi Administratsiyasi huzuridagi tibbiyot bosh boshqarmasining 1 – sonli Markaziy konsul`tativ-diagnostik poliklinikasi bo‘yicha 06.09.2022 yildagi 8-sonli dalolatnoma bilan va 2 - sonli Markaziy konsul`tativ-diagnostik poliklinikasi bo‘yicha 06.09.2022 yildagi 8-sonli dalolatnoma bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 o‘tkazgan surunkali miya ishemiya bo‘lgan bemorlarda o‘rtacha kognitiv buzlishlarni o‘z vaqtida tashxislash orqali qo‘pol kognitiv asoratlarni (demensiya) kamayishiga erishilgan; taklif qilingan ballik shkala orqali maxsus mutaxassislar ko‘rigi davomiyligi aniq belgilab berilgan; surunkali miya ishemiyasi bo‘lgan bemorlarda neyroimmunologik tekshiruvlarning kasallikning erta davrlarida o‘tkazilishi bosh miyadagi patologik jarayonlarni erta tashhislash va davolashni optimallashtirilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: surunkali miya ishemiyasi mavjud bo‘lgan har bir bemorning tashxisoti uchun o‘rta hisobda 1,2 million so‘m sarflanadi. COVID-19 o‘tkazgan bemorlarning kognitiv faoliyatining buzilishi uzoq muddatli medikamentoz korreksiyani talab etadi. Bemorlarni o‘z vaqtida tashhislash, kognitiv faoliyatini neyroimmunologik usul yordamida baholash kasallikning og‘ir asoratlarini oldini olish imkonini berdi. Bosh miya faoliyatini mutanosibligini tashxislash maqsadida Eli-N testi ko‘rstkichlari (12 ta) orasida (360 ming so‘m) bosh miya zararlanishini aniqlovchi diagnostik ahamiyatga ega bo‘lgan 2 ta ko‘rsatkichlar aniqlangan (GFAP, S 100 oqsiliga antitanachalar); bitta bemor uchun 75 ming so‘m sarflanib, 285 ming so‘m tejashga erishildi. Shifoxonada yiliga 1 marotaba gospitalizatsiya qilinishiga erishilgan, shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 8 kunga kamaytirilishiga erishilgan. Bemorlarning shifoxonadan tashqaridagi davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi uchun) davolanishi bir necha kunga qisqarishi hisobiga dori-darmon nisbatan kam talab etilgan. Xulosa: surunkali miya ishemiyasi bo‘lgan bemorlarda COVID-19 infeksiyasi o‘tkazgandan keyin nerv tizimidagi neyroimmunologik jarayonlarning o‘zgarishlari glial xujayralarining faollashuvi bilan isbotlandi. Bu zamonaviy neyroimmunologik usul yordamida tekshirilib, qo‘pol kognitiv buzilishlari vujudga kelishi mumkin bo‘lgan bemorlar saralanib, ballik shkala yordamida maxsus mutaxassislar tomon yo‘naltirib tashhislash va davolash sifati yaxshilangan.
uchinchi ilmiy yangilik: Ilmiy yangilikning mohiyati: surunkali bosh miya ishemiyasi bo‘lgan bemorlarda koronavirus infeksiyasi o‘tkazgandan keyin SARS-CoV-2 virusining lipogenez faollashishuviga va trombotsitlar agregatsiyasi kuchayishiga olib kelishi tufayli lipid profilining va koagulogramma ko‘rsatkichlarining muvozanati buzilishi aniqlanganligi O‘zbekiston Respublikasi Administratsiyasi huzuridagi tibbiyot bosh boshqarmasining 1 – sonli Markaziy konsul`tativ-diagnostik poliklinikasi bo‘yicha 06.09.2022 yildagi 8-sonli dalolatnoma bilan va 2 - sonli Markaziy konsul`tativ-diagnostik poliklinikasi bo‘yicha 06.09.2022 yildagi 8-sonli dalolatnoma bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan surunkali miya ishemiyasi bo‘lgan bemorlarda lipid spektri hamda koagulogramma ko‘rsatkichlarining nomutanosibligini erta aniqlash qo‘pol asoratlar kuzatilishini oldini oladi; taklif etilgan ballik shkalasidan foydalanish o‘rtacha kognitiv buzilishlarning demensiyaga aylanishini oldini olgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) Bemorlarda statsionar davolash sharoitida qondagi lipid profili va koagulogramma ko‘rsatkichlarini erta tashxislash bemorlarda rivojlanishi mumkin bo‘lgan qo‘pol asoratlarni oldini olishga erishildi; 2) Qo‘pol kognitiv asoratlari mavjud bo‘lgan har bir bemorning stasionar davolanishi uchun o‘rta hisobda 3,6 mln so‘m sarflanadi, bu bemorlar yiliga ikki marotaba gospitalizatsiyaga muxtoj bo‘lib yiliga 6,2 mln so‘mga aylanadi. Lipid profil va koagulogramma ko‘rsatkichlarini aniqlash va mahsus yo‘naltirilgan davolashni tashkil qilish orqali COVID-19 o‘tkazgan bemorlarni yiliga 1 marotaba gospitalizatsiya qilinishiga erishilib, 3,6 mln so‘m tejashga erishilgan. Shifoxonada yiliga 1 marotaba gospitalizatsiya qilinishiga erishilgan, shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 8 kunga kamaytirilishiga erishilgan. Bemorlarning shifoxonadan tashqaridagi davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi uchun) davolanishi bir necha kunga qisqarishi hisobiga dori-darmon nisbatan kam talab etilgan. Xulosa: Lipogenez jarayonining buzilishi va koagulopatiya surunkali miya ishemiyasi bo‘lgan bemorlarda qon tomir demensiyasining rivojlanishiga sabab bo‘luvchi asosiy omil deb hisoblanadi. Surunkali miya ishemiyasi bo‘lgan bemorlarda COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgandan keyin lipid profilida va koagulogramma ko‘rsatkichlarining nomutanosibligini aniqlash orqali o‘rtacha kognitiv buzilishlarning qon-tomir demensiyasiga aylanishini oldini olishga erishildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor surunkali bosh miya ishemiyasi bo‘lgan bemorlarda koronavirus infeksiyasi o‘tkazgangandan keyin SARS-CoV-2 virusining neyrotransmitter tizimiga ta’sir etishi natijasida kognitiv buzilishlarning erta prediktorlari bo‘lgan neyrobiomarkerlar faollashuvi (serotonin va dofamin reseptorlariga bo‘lgan antitanachalar) aniqlanganligi O‘zbekiston Respublikasi Administratsiyasi huzuridagi tibbiyot bosh boshqarmasining 1 – sonli Markaziy konsul`tativ-diagnostik poliklinikasi bo‘yicha 06.09.2022 yildagi 8-sonli dalolatnoma bilan va 2 - sonli Markaziy konsul`tativ-diagnostik poliklinikasi bo‘yicha 06.09.2022 yildagi 8-sonli dalolatnoma bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 o‘tkazgan surunkali miya ishemiya bo‘lgan bemorlarda qondagi neyrobiomarkerlarni (serotonin va dofamin reseptorlariga bo‘lgan antitanachalar) aniqlash usuli kasallikning erta davrda tashxislash, kognitiv buzilishlarning og‘ir asoratlarini oldini olishga erishilgan; taklif qilingan ballik shkala orqali maxsus mutaxassislar ko‘rigi davomiyligi aniq belgilab berilgan. Serotonin va dofamin reseptorlarga bo‘lgan antitanachalarni aniqlash bemorlarda kognitiv etishmovchilikning emotsional foni nomutanosibligi bilan kechishi aniqlanib psixiatr maslahatiga o‘z vaqtida yuborilgan va og‘ir depressiv holatning yuzaga kelishi oldi olindi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) Surunkali miya ishemiyasi mavjud bo‘lgan har bir bemorning tashxisoti uchun o‘rta hisobda 1,2 million so‘m sarflanadi. Bemorlarni o‘z vaqtida tashhislash, kognitiv faoliyatini neyroimmunologik usul yordamida baholash kasallikning og‘ir asoratlarini oldini olish imkonini berdi. Bosh miya faoliyatini munatosibligini tashxislash maqsadida Eli-N testi ko‘rstkichlari (12 ta) orasida (360 ming so‘m) bosh miya zararlanishini aniqlovchi diagnostik ahamiyatga ega bo‘lgan 2 ta ko‘rsatkichlar aniqlanib (serotonin va dofamin reseptorlariga antitanachalar) bitta bemor uchun 75 ming so‘m sarflanib, 285 ming so‘m iqtisod qilishga erishilgan. Shifoxonada yiliga 1 marotaba gospitalizatsiya qilinishiga erishilgan, shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 8 kunga kamaytirilishiga erishilgan. Xulosa: surunkali miya ishemiyasi bo‘lgan bemorlarda COVID-19 infeksiyasi o‘tkazgandan keyin nerv tizimidagi neyroimmunologik jarayonlarning o‘zgarishlari neyrotransmitter tizimiga ta’siri bilan isbotlandi. Bu zamonaviy neyroimmunologik usul yordamida tekshirilib, qo‘pol kognitiv buzilishlari hamda og‘ir tashvish va depressiya sindromlari vujudga kelishi mumkin bo‘lgan bemorlar saralanib, ballik shkala yordamida maxsus mutaxassislar tomon yo‘naltirib tashxislash va davolash sifati yaxshilangan. Bemorlarning shifoxonadan tashqaridagi davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi uchun) davolanishi bir necha kunga qisqarishi hisobiga dori-darmon nisbatan kam talab etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish