Gafurdjanov Bobir Toxir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ikki parrakli ginkgo (Ginkgo biloba L.) bioekologiyasi va ko‘paytirish texnologiyasi”, 06.03.01 – O‘rmon ekinlari. Seleksiya, urug‘chilik va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish. O‘rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o‘rmonlarini barpo etish (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Qx686
Ilmiy rahbar: Berdiev Erkin Turdalievich qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04
Rasmiy opponentlar: Kayumov Abduxalil, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Temirov Eldor Ergashboevich , biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi agentligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent va Navoiy viloyatlari tuproq-iqlim sharoitlarida ikki parrakli ginkgo (Ginkgo biloba L.) relikt daraxt turini urug‘idan ko‘paytirish imkoniyatlarini tadqiq qilish hamda standart ko‘chatlarini etishtirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ginkgo meva va urug‘larini introduksiya sharoitlarida oktyabrning I dekadasida texnologik etilishi, o‘rtacha meva og‘irligi 6,88±0,12 g., 1000 ta urug‘larning og‘irligi – 2,274 kg, 1 kg tozalangan urug‘larida 550-600 dona urug‘lari mavjudligi aniqlangan;
ginkgo urug‘lari terilgandan so‘ng 3 oy quruq saqlash, keyin muzlatgichda +7°S gacha haroratda 1 oy stratifikatsiya qilish va aprel oyi boshida ochiq gruntga ekish, urug‘larini tuproqdan unish qobilyatini 78% bo‘lishi isbotlangan;
ginkgo urug‘ko‘chatlari donador qum bilan mul’chalash ularni unish qobiliyatini oshirishi va 1 pog. metr egatda 64 dona yoki 1 gektar ko‘chatzorda 588,65 ming dona 2 yillik standart ko‘chatlar etishtirish imkoniyatlari mavjudligi aniqlangan;
ginkgo urug‘larini ekishgacha quruq holda saqlangan, 48 soat suvda ivitib, 2 oy stratifikatsiya qilingan urug‘larni K-15 konteyneridagi unish darajasi 93%, K-6 konteynerida 95% ni tashkil etishi aniqlangan;
ginkgoning urug‘chi daraxt yashil barglarda S vitamini 35,8 mg%, sarg‘aygan barglarida 34,4 mg%, V6 vitamini mos ravishda changchi daraxtda 13,1 mg% va 25,6 mg%, urug‘chi daraxt barglarida 18,9 mg% va 28,3 mg% miqdorida mavjudligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ikki parrakli ginkgoni ko‘paytirish va standart ko‘chatlarini etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi o‘rmon xo‘jaliklari uchun «Ikki parrakli ginkgoni ko‘paytirish va urug‘ko‘chatlarini parvarishlash bo‘yicha tavsiyanoma» tasdiqlangan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 29 noyabrdagi 05/21-5719-son maʼlumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma dorivor o‘simliklar etishtirishga ixtisoslashgan o‘rmon va fermer xo‘jaliklarida xam qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
O‘rmon xo‘jaligi ilmiy tadqiqot institutining Darxon tajriba stantsiyasida ginkgoning urug‘idan ko‘paytirish ishlanmasi 0,2 gektar maydonga joriy etilgan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 29 noyabrdagi 05/21-5719-son maʼlumotnomasi). Buning natijasida ginkgo ko‘chatlarini etishtirish orqali gektariga 783099,85 ming so‘m iqtisodiy samaradorlik olishga erishilgan;
O‘rmon xo‘jaligi ilmiy tadqiqot instituti Navoiy cho‘l xududlarida o‘rmonchilikni rivojlantirish Ilmiy Markazi issiqxonasida ginkgoning konteynerlarda yopiq ildizli ko‘chatlari etishtirish texnologiyasi joriy etilgan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 29 noyabrdagi 05/21-5719-son maʼlumotnomasi). Natijada ginkgoning 5700 ta yopiq ildizli ko‘chatlari etishtirilgan, ona bog‘i tashkil etilgan va kelajakda cho‘l xududida ginkgoning urug‘ xom-ashyosini tayyorlash manbasi yaratilgan.