Iskandarova Dilnozaxon Ergashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surxondaryo viloyatida insultning klinik-epidemiologik xususiyatlari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.Phd/Tib2470.
Ilmiy rahbar: Usmanova Durdona Djurabaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Mirdjuraev Elbek Mirshavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raimova Malika Maxamedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bosh miya insultining klinik-epidemiologik xususiyatlarini hisobga olgan xolda asosiy xavf omilini kasallikka ta’sirini aniqlash va shu bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishemik insultni gemorragik insultga nisbatan anemiyaning ta’sirida rivojlangan tomirlar devorining endotelial disfunksiyasi, gemostatik zo‘riqish va qonning reologik xususiyatlarini o‘zgarishi hisobiga ayollarda erkaklarga nisbatan keng tarqalishi va avj olishi aniqlangan;
bosh miya qon aylanishi o‘tkir buzilishining kechishida anemiyasi bor bemorlarda simptomlarning sekin regressi (bir necha haftadan 1 necha oygacha), qaytalanishga tendensiyasi, o‘lim sonining ko‘pligi aniqlangan;
bosh miya insulti bilan kasallangan anemiyasi bor bemorlarda neyrovizualizatsion tashxis usullarida arteriya qon ta’minoti xavzasiga mos kelmaydigan infarkt o‘choqlari aniqlangan;
ilk bor anemiyasi bor bemorlarga serebral insultda turg‘un nevrologik defisitni oldini olishga qaratilgan davo temir preparati qo‘llash bilan takomillashtirilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 4 maydagi 03/884-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha sog‘liqni saqlash Vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil 9 sentabrdagi 03/1992-sonli xati yuborilgan).
birinchi ilmiy yangilik: ishemik insultni gemorragik insultga nisbatan anemiyaning ta’sirida rivojlangan tomirlar devorining endotelial disfunksiyasi, gemostatik zo‘riqish va qonning reologik xususiyatlarini o‘zgarishi hisobiga ayollarda erkaklarga nisbatan keng tarqalishi va avj olishi aniqlanib, kerakli muolajalarni ko‘rsata oladigan muassasalarga yuborilgan, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirilganligi 2022 yil 15 sentyabrdagi (2023-yil 4-iyunda qayta ro‘yxatga olingan) 99-sonli buyruqlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali va 2022 yil 10 sentyabrdagi 14-son buyruq bilan Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligida 2022 yil 16 noyabrda 8n-z/611-son bilan tasdiqlangan). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan algoritmlardan foydalanish ma’lum xududlarga xos bo‘lgan insultning xavf guruhlarini to‘g‘ri shakllantirish va profilaktika qilish hamda davolashga kompleks yondoshish orqali nogironlikni oldini olishda samaradorlikni oshirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) shakllangan insultning xavf guruhlarida anemiyani aniqlash oddiy va samarali tekshiruv usuli bo‘lib, istalgan birlmachi bo‘g‘in laboratoriyalarida aniqlanishi, ya’ni boshqa qo‘shimcha tekshiruvlardan foydalanmaslik hisobiga iqtisod qilingan; 2) taklif etilgan algoritmlar asosida insultning xavf omilini shakllantirish va aniqlash nafaqat nevrolog, balki umumiy amaliyot shifokori, terapevt va gematologlar tomonidan aniqlanadi, ya’ni unga maxsus malaka oshirgan shifokorlarning kerak bo‘lmasligi isbotlanib, ortiqcha sarf xarajatlar yangi kadr tayyorlashning shart emasligi hisobiga iqtisod qilinishiga erishilgan. Xulosa: insult rivojlanishini oldini olishda insultning xavf guruhidagi shaxslarda anemiya va uning turini tashxislash va boshqa xavf omillarini aniqlash ishlab chiqilib, kasallik rivojlanishi va uning oqibatlari bilan bog‘liq bo‘lgan 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 944 201 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: bosh miya qon aylanishi o‘tkir buzilishining kechishida anemiyasi bor bemorlarda simptomlarning sekin regressi (bir necha haftadan 1 necha oygacha), qaytalanishga tendensiyasi oshishi, o‘lim soni ko‘payishi aniqlanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali va Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligida 2022 yil 16 noyabrda 8n-z/611-son bilan tasdiqlangan). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi bilan hastalangan bemorlarda anemiyani aniqlash (arid zonalar ko‘p aniqlandi) va shunga ko‘ra davo muolajalariga kompleks yondoshish orqali 65 % (n=15753) falajlik, nutq buzilishi va boshqa nevrostatusdagi turg‘un hayot sifatini pasaytiruvchi noqisliklar kabi nogironlik bilan bog‘liq asoratlarni kamayishiga erishilgan; 2) insultning qaytalanish tendesiyasi 49,3 % ga pasaygan; 3) insultdan so‘ng o‘lim ko‘rsatkichlari 1,5 barobargacha kamayishiga erishiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi bilan xastalangan bemorlarni davolashda anemiya va uning turini aniqlash hamda insultni davolashda uni inobatga olgan xolda kompleks yondoshish kasalxonada davolanish o‘rtacha 10,5 kundan 7 kungacha kunga qisqartirilib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 3 304 703 so‘m 50 tiyinga kamaytirgan (RShTYoIMSF ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 944 201 so‘mni tashkil qiladi); 2) shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 77 764 so‘m tender orqali olingan dori vositalari, 1 kunga o‘rtacha 74 625 so‘m tendersiz dori vositalari sarflanadi). Xulosa: bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi bilan xastalangan bemorlarda anemiya mavjudligi kasallikni og‘ir kechishi va o‘limga sabab bo‘luvchi omillardan biri ekanligi isbotlanib, uning turini aniqlash hamda insultni davolashda hamrox kasalliklarni inobatga olish orqali davolash samaradorligi NIHSS, Glazgo shkalasi, Skandinaviya shkalasi, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shkalasi, Orgogozo va Original shkalalari orqali ko‘rsatib berildi; bunda nogironlikka olib keluvchi asoratlar va o‘lim ko‘rsatkichlari 1,5 barobar kamayishiga erishilgan; 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini kuniga 944 201 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi;
uchinchi ilmiy yangilik: bosh miya insulti bilan kasallangan anemiyasi bor bemorlarda neyrovizualizatsion tashxis usullarida arteriya qon ta’minot havzasiga mos kelmaydigan infarkt o‘choqlari aniqlanishi davoni erta va differensial boshlash ikonini berishi, asortalarni kamaytirib, shifo jarayonini tezlashtirishi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali va Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligida 2022 yil 16 noyabrda 8n-z/611-son bilan tasdiqlangan). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bosh miya insulti bilan xastalangan bemorlarda klinik belgilar har doim ham bosh miyaning zararlanish o‘chog‘i va tabiatiga mos kelmasligi, shu bois har bir xolatda neyrovizualizatsion tashxis usullaridan foydalanib individual yondoshish kasallikni erta va to‘g‘ri davolashni tashkil etishdagi ahamiyati ko‘rsatilgan, shu orqali nogironlikka olib keluvchi og‘ir asoratlarni kamaytirish, o‘lim ko‘rsatkichlarini qisqartirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) insultning o‘tkir davrida aniq ma’lumot beruvchi, samarali va bezarar tekshiruvlardan MSKT o‘zi kifoya hisoblanib, iqtisodiy jihatdan resurslarni tejashga xizmat qiladi; 2) kasallikning dastlabki kunidayoq MSKT (bosh miya) tekshiruvi o‘tkazilishi va tekshiruv xulosasiga asoslanib davoni differenesial va erta boshlash yuqori davo natijasini ta’minlaydi. Natijada iqtisodiyotga zarar keltiruvchi mehnat qobiliyatiga yaroqli aholi orasida nogironlik va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytiradi; 3) ortiqcha tekshiruv usullaridan foydalanish zarurati yo‘qligi xisobiga sarf xarajatlarni 61,9 % kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi bilan xastalangan bemorlar joylardagi tez tibbiy yordam muassasalarida kasallikning ilk davridayoq yuqoridagi tekshiruv usullaridan foydalanishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 190 000 so‘mga (Surxondaryo viloyatidagi shaxsiy klinikalardagi o‘rtacha aniqlangan preskurantga nisbatan) iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor anemiyasi bor bemorlarga serebral insultda turg‘un nevrologik defisitni oldini olishga qaratilgan davo temir preparati qo‘llash bilan takomillashtirilganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali va Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasida amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligida 2022 yil 16 noyabrda 8n-z/611-son bilan tasdiqlangan). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: insultni davolashning dastlabki kunlaridayoq bemorlarda anemiya va uning turini aniqlash (temir tanqisligi anemiyasi 75 %), shunga ko‘ra insultni davolash standartiga qo‘shimcha temir (III) gidrooksidining saxarozli kompleksidan foydalanish kasallikni nisbatan engil kechishi, og‘ir asoratlar va o‘lim sonini kamayishi, paydo bo‘lgan nevrologik defisitlarni yaxshiroq tiklanishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonadagi davri uchun bemorning shifoxonada qolish muddatini 10,5 kundan 7 kungacha kunga qisqartirilib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 3 304 703 so‘m 50 tiyinga kamaytirgan (RShTYoIMSF ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 944 201 so‘mni tashkil qiladi); 2) shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 77 764 so‘m tendersiz dori vositalari, 1 kunga o‘rtacha 74 625 so‘m tender orqali olingan dori vositalari sarflanadi), oziq-ovqatga bo‘lgan xarajatlar kamaygan (1 kunga 18 329 so‘m); 3) bemorning shifoxonadan tashqaridagi davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi, masalan neyro-reabilitatsiya bo‘limida) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi bilan xastalangan bemorlarni davolashda insultning xavf omillari va hamrox kasalliklari, jumladan, temir tanqisligi anemiyasini inobatga olib yondoshish kasallik og‘ir kechishining oldini oladi, turg‘un nevrologik asoratlarni kamaytiradi; ularni erta bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga o‘rtacha byudjet mablag‘larini 3 304 703 so‘m 50 tiyinga iqtisod qilish imkonini bergan.