Buriev Zavqiddin Toshpo‘lat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rossiya imperiyasi tomonidan Turkiston o‘lkasining Kaspiyorti viloyatiga aholini ko‘chirish siyosati va uning oqibatlari (XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlari)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tar1298.
Ilmiy rahbar: G‘offorov Shokir Safarovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.02.10.
Rasmiy opponentlar: Urakov Dilshod Jamoliddinovich, tarix fanlari doktori; Xoliqova Rahbar Ergashevna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Rossiya imperiyasining Kaspiyorti viloyatidagi aholini ko‘chirish siyosatining mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Kaspiyorti viloyatida Rossiya imperiyasi tomonidan tashkil qilingan harbiy ma’muriyat tomonidan mahalliy xususiyatlarni hisobga olib ushbu hududda zavodlar qurish, baliqchilikni rivojlantirish, erosti qazilmalarini izlab topish, kambag‘al qatlamni mehnat bilan band qilish va savdo-sotiqqa jalb qilish kabi vazifalarni belgilanishi markaziy hokimiyat organlarining aholini ko‘chirish siyosati bilan bog‘liq tadbirlarni ishlab chiqilishiga turtki bo‘lganligi asoslangan;
 Rossiya imperiyasi tomonidan Turkistonning Kaspiyorti, Ettisuv viloyatlarini kazaklar ishtirokida mustamlakaga aylantirish siyosatining amaliyotiga asoslanib dehqonlar, shahar kambag‘allarini Rossiyadan ommaviy ravishda ko‘chirib keltirilishi aholini uy-joy bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash hamda ta’lim bilan bog‘liq ijtimoiy muammolarning og‘irlashishiga olib kelganligi ochib berilgan;
Kaspiyorti viloyatiga aholini  ko‘chirib keltirilishda kazaklardan tashqari krestyanlar, xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan, o‘z oilalarini keltirib hamda garnizondan tashqarida yashash huquqiga ega bo‘lgan oddiy askarlar va hatto qalmoqlar ham ko‘chirilgan bo‘lsa-da, yangi hududlarga muayyan tabaqalardagi rus aholisini ko‘chirib keltirish yo‘li bilan ushbu hududdagi hukmronlikni mustahkamlash tamoyillari imperiyaning mustamlakachilik siyosatida muhim rol o‘ynaganligi ochib berilgan;
Kaspiyorti viloyatini mustamlakaga aylantirishda, tub aholining erini mustamlakachi ma’muriyat va ayniqsa, ko‘chirib keltirilgan rus krestyanlari va kazaklar uchun tortib olishi, er va suvdan foydalanishdagi an’anaviy tizimni jiddiy buzib yuborgan soliq – o‘lpon tizimining joriy qilinishi hamda ko‘chib kelganlarga suvdan foydalanishda katta imtiyozlar berilishi (asosan tub aholi hisobidan) kabi mustamlakachilik yondashuvi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolga katta salbiy ta’sir o‘tkazganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rossiya imperiyasi tomonidan Kaspiyorti viloyatida olib borilgan aholini ko‘chirish siyosati mavzusi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Kaspiyorti viloyatida Rossiya imperiyasi tomonidan tashkil qilingan harbiy ma’muriyat tomonidan mahalliy xususiyatlarni hisobga olib ushbu hududda zavodlar qurish, baliqchilikni rivojlantirish, erosti qazilmalarini izlab topish, kambag‘al qatlamni mehnat bilan band qilish va savdo-sotiqqa jalb qilish kabi vazifalarni belgilanishi markaziy hokimiyat organlarining aholini ko‘chirish siyosati bilan bog‘liq tadbirlarni ishlab chiqilishiga turtki bo‘lganligi, Rossiya imperiyasi tomonidan Turkistonning Kaspiyorti, Ettisuv viloyatlarini kazaklar ishtirokida mustamlakaga aylantirish siyosatining amaliyotiga asoslanib dehqonlar, shahar kambag‘allarini Rossiyadan ommaviy ravishda ko‘chirib keltirilishi aholini uy-joy bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash hamda ta’lim bilan bog‘liq ijtimoiy muammolarning og‘irlashishiga olib kelganligiga oid natijalardan “O‘zbekistonda ta’lim tizimi tarixi” nomli darslikning “Turkistonda rus ta’lim dargohlari tarixi” nomli mavzusini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 24 iyuldagi 571-sonli Qarori asosida Samarqand davlat universitetining 2022 yil 9 sentyabrdagi 10-3828-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi Rossiya imperiyasi davridagi ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarning tub aholiga ta’siri bo‘yicha obektiv qarashlarni shakllanishiga imkon bergan;
Kaspiyorti viloyatiga aholini  ko‘chirib keltirilishda kazaklardan tashqari krestyanlar, xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan, o‘z oilalarini keltirib hamda garnizondan tashqarida yashash huquqiga ega bo‘lgan oddiy askarlar va hatto qalmoqlar ham ko‘chirilgan bo‘lsa-da, yangi hududlarga muayyan tabaqalardagi rus aholisini ko‘chirib keltirish yo‘li bilan ushbu hududdagi hukmronlikni mustahkamlash tamoyillari imperiyaning mustamlakachilik siyosatida muhim rol o‘ynaganligi, Kaspiyorti viloyatini mustamlakaga aylantirishda, tub aholining erini mustamlakachi ma’muriyat va ayniqsa, ko‘chirib keltirilgan rus krestyanlari va kazaklar uchun tortib olishi, er va suvdan foydalanishdagi an’anaviy tizimni jiddiy buzib yuborgan soliq – o‘lpon tizimining joriy qilinishi hamda ko‘chib kelganlarga suvdan foydalanishda katta imtiyozlar berilishi (asosan tub aholi hisobidan) kabi mustamlakachilik yondashuvi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolga katta salbiy ta’sir o‘tkazganligiga oid natijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 2022-yil 28 iyuldagi 02-06-1193-son ma’lumotnomasi). Natijalar Rossiya imperiyasining Turkiston o‘lkasidagi mustamlakachilik siyosati bo‘yicha teletomoshabinlarning bilim va tasavvurlarini kengaytirish xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish