Vafoeva Dilafruz Ikromovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’loni.

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « Tikuv-trikotaj korxonalarini boshqarishda raqobat strategiyalaridan foydalanishni takomillashtirish», 08.00.13 – “Menejment” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2638
Ilmiy rahbar: Yusupova Dildora Turadjonovna, iqtisodiyot fanlari nomizodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti DSc.03/30.12.2020.I.16.02
    Rasmiy opponentlar: Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qosimov Saidaxror Magrupovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zgaruvchan bozor sharoitida tikuv-trikotaj buyumlari xalqaro bozorlarida O‘zbekiston korxonalari raqobat strategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra tikuv-trikotaj buyumlari xalqaro bozorlaridagi raqobat strategiyalarining nazariy-uslubiy asoslariga turli yondashuvlarni umumlashtirish orqali global miqyosda samarali raqobat qilish uchun kompaniyalar tomonidan barqaror rentabellikni ta’minlovchi omillar majmui asoslangan;
matoni bo‘yash va pardozlash texnologik jarayonlarining raqobat ustunligini hisobga olgan holda tikuvchilik sanoati uchun jahon andozalari talablariga muvofiq keluvchi sifatli sintetik, yarim jun tolalar, mahalliy kimyoviy moddalar, bo‘yoqlar va furniturani ishlab chiqaruvchi korxonalarni tashkil etish orqali yopiq zanjirini yaratish taklifi asoslangan;
ichki va tashqi bozor uchun sifatli va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beruvchi import tavsifidagi butlovchi materiallar, to‘qimachilik va engil sanoat korxonalarining dastgohlari uchun ehtiyot qismlarga nisbatan belgilanuvchi bojxona to‘lovlarining to‘qimachilik mahsulotlari bozori kon’yunkturasiga qisqa muddatli moslashuvchanlik darajasini oshirish orqali raqobatbardoshlikka ta’sir ko‘rsatish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi to‘qimachilik sanoati tarmog‘idagi korxonalar rivojlanishi dinamikasi ma’lumotlari asosida tuzilgan trend modellari yordamida 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tikuv-trikotaj korxonalarini boshqarishda raqobat strategiyalaridan foydalanishni takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy va amaliy takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra tikuv-trikotaj buyumlari xalqaro bozorlaridagi raqobat strategiyalarining nazariy-uslubiy asoslariga turli yondashuvlarni umumlashtirish orqali global miqyosda samarali raqobat qilish uchun kompaniyalar tomonidan barqaror rentabellikni ta’minlovchi omillar majmui asoslangan nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan “Biznes ijrosi va strategiya” nomli darslik tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 24 oktyabrdagi 328-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda tikuv-trikotaj buyumlari xalqaro bozorlaridagi raqobat strategiyalarining nazariy-uslubiy asoslariga turli yondashuvlarni umumlashtirish orqali global miqyosda samarali raqobat qilish uchun kompaniyalar tomonidan barqaror rentabellikni ta’minlovchi omillar to‘g‘risidagi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
matoni bo‘yash va pardozlash texnologik jarayonlarining raqobat ustunligini hisobga olgan holda tikuvchilik sanoati uchun jahon andozalari talablariga muvofiq keluvchi sifatli sintetik, yarim jun tolalar, mahalliy kimyoviy moddalar, bo‘yoqlar va furniturani ishlab chiqaruvchi korxonalarni tashkil etish orqali yopiq zanjirini yaratish taklifi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining Tayyor mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish boshqarmasi tomonidan korxonalarda mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturlarini shakllantirishda  foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023 yil 25 maydagi 12-12-03-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida, jumladan, “BEST COLOR TEXTILE” MChJ korxonasida ishlab chiqarish hajmini 5067 tonnaga oshirishga erishilgan;
ichki va tashqi bozor uchun sifatli va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beruvchi import tavsifidagi butlovchi materiallar, to‘qimachilik va engil sanoat korxonalarining dastgohlari uchun ehtiyot qismlarga nisbatan belgilanuvchi bojxona to‘lovlarining to‘qimachilik mahsulotlari bozori kon’yunkturasiga qisqa muddatli moslashuvchanlik darajasini oshirish orqali raqobatbardoshlikka ta’sir ko‘rsatish taklifi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining Tayyor mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish boshqarmasi tomonidan korxonalarda mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturlarini shakllantirishda foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023 yil 25 maydagi 12-12-03-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2021 yilda 2018 yilga nisbatan mos ravishda “BEST COLOR TEXTILE” MChJ korxonasida sotilgan mahsulot qiymatini 16,2 foizga,  “BETLIS TEXTILE” MChJ korxonasida 12,4 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekiston Respublikasi to‘qimachilik sanoati tarmog‘idagi korxonalar rivojlanishi dinamikasi ma’lumotlari asosida tuzilgan trend modellari yordamida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan mamlakat to‘qimachilik va tikuv trikotaj sanoatini rivojlantirishning istiqbolga mo‘ljallangan dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023 yil 25 maydagi 12-12-03-son ma'lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar iqtisodiy faoliyatining istiqboldagi asosiy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta'minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish