Masharipov Ma’sud Nu’monjonovichning
texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Tashish jarayonlari tortuv ta’minoti tizimini boshqarishning texnik-texnologik echimlarini rivojlantirish, 05.08.03 – Temir yo‘l transportini ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/T575.
Ilmiy maslahatchi: Suyunbaev Shinpolat Mansuralievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/31.08.2022.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Nazrilla Nabievich, texnika fanlari doktori, professor; Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor; Djumabaev Alijon Bakishevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi tashish jarayonlari tortuv ta’minoti tizimini boshqarishning texnik-texnologik echimlarini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuk poezdlari tarkibi harakatiga o‘rtacha og‘irlikdagi asosiy solishtirma qarshilikni vagonlarning texnik parametrlari va yuklanganligini hisobga olgan holda aniqlashning yangi yondashuvi ishlab chiqilgan;
harakat grafigida grafik davrini bo‘sh tarkibli yuk poezdlari ulushi asosida hisobga olishning bir va ikki yo‘llik temir yo‘l uchastkalarining mavjud o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ta’siri asoslangan;
poezd lokomotivlaridan unumli foydalanishni rejalashtirishning innovatsion usuli tortuv elkalarining chegaralarida harakatlanuvchi tarkiblarning turish vaqtlarini minimallashtirish asosida ishlab chiqilgan;
lokomotivlar aylanish uchastkasining optimal uzunligini aniqlash usuli poezdlar oqimi va tortuv birliklarini biriktirish shartlariga bog‘liq ravishda ekspluatatsiya xarajatlarini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
poezd lokomotivlarining uzaytirilgan aylanish uchastkasi bo‘yicha yuk poezdlarini jo‘natish vaqt intervallarini aniqlashning matematik modeli grafikda harakat to‘xtatilgan davrni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
xususiy transport korxonalari lokomotivlarining tashish jarayonlariga jalb etilishi sharoitida ekspluatatsiya xarajatlarini optimallashtirishning matematik modeli nochiziqli tarmoq masalasini echish asosida ishlab chiqilgan;
ekspluatatsiya qilinishi rejalashtirilayotgan poezd lokomotivlarini tarkiblarga biriktirishning texnik-texnologik echimlari poezdlarning stansiyaga kelishi va ulardan jo‘nash vaqtlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tashish jarayonlari tortuv ta’minoti tizimini boshqarishning texnik-texnologik echimlarini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuk poezdlari tarkibi harakatiga o‘rtacha og‘irlikdagi asosiy solishtirma qarshilikni vagonlarning texnik parametrlari va yuklanganligini hisobga olgan holda aniqlashning yangi yondashuvi, vagon raqami orqali uning tortish hisoblarida zarur bo‘lgan parametrlarini aniqlash, yuk vagonlari harakatiga bo‘g‘inli va bo‘g‘insiz temir yo‘lda asosiy solishtirma qarshilikni hisoblash algoritmlari va dasturiy majmualar ko‘rinishidagi instrumental vositalar “Tashishlarni tashkil etish” boshqarmasida joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023-yil 4-iyuldagi 01/1969-23-sonli ma’lumotnomasi). Natijada temir yo‘l uchastkasida yuk poezdlarining yurish tezligini o‘rtacha 3% ga oshirish va tortishdagi elektr energiyasi sarfini 9% ga kamaytirish mumkinligi isbotlangan, turli og‘irlikdagi poezdlarning harakatlanish vaqtlari asosida grafik davrining o‘zgarishi hisobiga bir va ikki yo‘llik temir yo‘l uchastkalarining mavjud  o‘tkazuvchanlik qobiliyatini mos ravishda 7% va 5% gacha oshirishga erishilgan va bundagi iqtisodiy samaradorlik bir yilda 340 mln. so‘mni tashkil etgan;
tortuv elkalarining chegaralarida harakatlanuvchi tarkiblarning turish vaqtlarini minimallashtirish asosida poezd lokomotivlaridan unumli foydalanishni rejalashtirishning innovatsion usuli, poezdlar oqimi va tortuv birliklarini biriktirish shartlariga bog‘liq ravishda ekspluatatsiya xarajatlarni hisobga olgan holda lokomotivlar aylanish uchastkasining ratsional uzunligini aniqlash usuli, yuk poezdlari orasidagi to‘xtashi mumkin bo‘lgan xavfsiz masofani aniqlash algoritmi va dasturiy majmualar ko‘rinishidagi instrumental vositasi, ikkinchi texnik ko‘rik hajmida tortuv birliklarini ko‘rikdan o‘tkazishning tarmoq grafigini hisobga olgan holda lokomotivlarining foydalanish parkini ekspluatatsiya qilish va poezd ishlarini tashkil etish texnologiyasi “Yagona dispetcherlik markazi”da joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023-yil 4-iyuldagi 01/1969-23-sonli ma’lumotnomasi). Natijada poezd lokomotivlari parkidan samarali foydalanish va harakatlanuvchi tarkiblarni ishlatish sharoitlaridan kelib chiqqan holda poezd ishlarini tartibga solish bo‘yicha tezkor qaror qabul qilish, Sariyog‘och – Maroqand va Maroqand – Buxoro poezd lokomotivlari aylanish uchastkalarini yagona Sariyog‘och – Buxoro tortuv elkasiga birlashtirish orqali foydalanish xarajatlarini 5% ga qisqartirish imkonini bergan va bundagi iqtisodiy samaradorlik bir yilda 176 mln. so‘mni tashkil etgan;
poezd lokomotivlarning uzaytirilgan aylanish uchastkasi bo‘yicha yuk poezdlarini jo‘natish vaqt intervallarini grafikda harakat to‘xtatilgan davrni hisobga olgan holda aniqlashning matematik modeli, poezdlarning stansiyaga kelishi va ulardan jo‘nash vaqtlarini hisobga olgan holda ekspluatatsiya qilinishi rejalashtirilayotgan poezd lokomotivlarini tarkiblarga biriktirishning texnik-texnologik echimlari, xususiy tortuv birliklarining temir yo‘l uchastkalari bo‘ylab belgilangan grafik davrlarida harakatini tashkil etish talablaridan kelib chiqqan holda lokomotivlarning uzaytirilgan tortuv elkasi bo‘yicha yuk poezdlarini stansiyadan jo‘natish grafik vaqtlarini tanlashning avtomatlashtirilgan tizimi “Toshtemiryo‘lloyiha” OAJda joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023-yil 4-iyuldagi 01/1969-23-sonli ma’lumotnomasi). Natijada temir yo‘l infratuzilmasiga qo‘yiladigan cheklovlardan kelib chiqqan holda tashilishi kutilayotgan yuk oqimiga bog‘liq ravishda poezd lokomotivlarining ekspluatatsiya parkini aniqlsh va Enter Engineering korxonasi tomonidan xarid qilinishi ko‘rib chiqilayotgan tortuv birliklarining maqbul turini tanlash asosida foydalanish parkini 11% tejash imkoniyati yaratilgan,  bundagi iqtisodiy samaradorlik bir yilda 885 mln. so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish