Lesov Altinbek Talgat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Asinxron tortuv elektrodvigatellariga ega elektrovozlarni boshqarish rejimlarini optimallashtirish, 05.08.05 – Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3756
Ilmiy rahbar: Ivaschenko Valeriy Olegovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti va Peterburg davlat temir yo‘l universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.07 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Otabek Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor; Tursunov Xurshid Maxmudjanovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: elektrovozlarning boshqarish rejimlarini optimallashtirish orqali poezdlarni tortishda elektr energiya sarfini minimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
asinxron tortuv elektrodvigatellariga ega elektrovozlarning tortuv va tormozlash tavsiflarining o‘ziga xosligini hisobga olgan holda poezdning peregon bo‘ylab harakatlanishining matematik modeli ishlab chiqilgan;
poezdning elektr energiyasi sarfini minimallashtirish mezoniga muvofiq
turli xil boshqaruv rejimlarini ketma-ket almashtirish orqali yuk elektrovozlarining harakatini boshqarishning energiya-optimal rejimlarini tanlash metodikasi
ishlab chiqilgan;
poezdni rekuperativ tormozlash natijasida kontakt tarmog‘iga qaytariladigan elektr energiyasi miqdorini aniqlash usuli takomillashtirilgan;
asinxron tortuv elektrodvigatellariga ega elektrovozlarning elektr energiya samaradorligini harakatning turli yo‘nalishlari uchun tashish ishlarining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash metodikasi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Asinxron tortuv elektrodvigatellariga ega elektrovozlarni boshqarish rejimlarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turli xil poezd rejimlarini ketma-ket almashtirish orqali yuk elektrovozlari harakatining energiya-optimal egri chiziqlarini tanlash usuli “O‘TY” AJning “O‘zbekiston” lokomotiv deposiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023-yil 16-iyundagi 4/4097-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu usuldan foydalanish iste’mol qilingan elektr energiyasining 2 % dan 12 % gacha miqdorini kontakt tarmog‘iga qaytarish, tanlangan energiya-optimal poezd traektoriyasi asosida asinxron tortuv elektrodvigatellariga ega elektrovozlardan foydalanish samaradorligini asoslash imkoni yaratilgan;
asinxron tortuv elektrodvigatellariga ega elektrovozlarning tortuv va tormozlash tavsiflarining o‘ziga xosligini hisobga olgan holda poezdning peregon bo‘ylab harakatlanishining matematik modeli “O‘TY” AJning lokomotivlarni ekspluatatsiya qilish boshqarmasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023-yil 16-iyundagi 4/4097-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tortish uchun elektr energiyasini iste’mol qilishni o‘rtacha 7,7-23,3% gacha kamaytirish, asosida asinxron tortuv elektrodvigatellariga ega elektrovozlarning energiya samaradorligini baholash, temir yo‘l tashishini tashkil etishning turli foydalanish ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda har xil massali tarkibdagi yuk poezdlari harakatining asosiy kinematik parametrlarini asoslash imkonini bergan.