Paramonov Vladimir Vladimirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Markaziy Osiyo mamlakatlarining Rossiya va Xitoy bilan o‘zaro munosabatlari», 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Ss69.
Ilmiy maslahatchi: Rahimov Mirzohid Akramovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi metodik markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/29.04.2022.Ss.27.02.
Rasmiy opponentlar: Xaydarov Abdusamat Axatovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Karimova Natal`ya Ermanovna, tarix fanlari doktori, professor; Muminov Alisher Gaffarovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1991-2021 yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlari Rossiya va Xitoy bilan siyosat, iqtisodiyot va xavfsizlik sohalaridagi munosabatlarining ustuvor yo‘nalishlari, asosiy tendensiyalari, davrlari va bosqichlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Rossiya va Xitoy siyosiy, xavfsizlik va iqtisodiyot sohalarida ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarning tayanch asoslari sifatida Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi yuqori darajadagi muntazam siyosiy muloqot va o‘zaro tushunish, umumiy tahdidlarning mavjudligi, chuqur iqtisodiy va kommunikatsion bog‘liqlik kabi geosiyosiy va geoiqtisodiy omillar aniqlangan;
XXR, RF va Markaziy Osiyo davlatlarining siyosiy irodasi, konstruktiv va pragmatik maqsadli, yaxshi qushnichilik, o‘zaro manfaatli, uzoq istiqbolli sa’y-harakatlari tufayli ShHTning xuquqiy, institusional, tizimli va kompleks rivojlanish jarayonida nufuzli xalqaro tuzilmaga aylangani, davlatlararo mavjud murakkab masalalarni (chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish, harbiy-strategik ishonchni mustahkamlash) o‘zaro samarali hal etishga hissa qo‘shgani va shunga ko‘ra sanoat korxonalari soni, savdo va investisiyalar hajmining sezilarli o‘sishi natijasida strategik sheriklik va mintaqaviy barqarorlikka asos solingani isbotlangan;
«Bir makon, bir yo‘l» XXR loyihasining Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan o‘zaro hamkorligi, xalqaro transport koridorlarining ajralmas qismi sifatida «Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temir yo‘li Markaziy Osiyo davlatlarining tranzit va logistika imkoniyatlari hamda xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga egaligi asoslab berilgan;
Markaziy Osiyoni geosiyosiy va geoiqtisodiy o‘ziga xos makon sifatidagi mexanizmlarini ishlab chiqishda Xitoy va Rossiya texnologik va innovatsion rivojlanish tarjibasi va strategik sheriklik an’anasi hamda «Markaziy Osiyo + Rossiya», «Markaziy Osiyo + Xitoy» formatlarining mintaqalararo hamkorligi va iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish maqsadida diversifikatsiya qilish zarurati asoslangan;
transevroosiyo multimodal transport-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish bilan birga mintaqaviy xavfsizlik majmualarini parallel ravishda amalga oshirish hamda Markaziy Evroosiyo «lokomotiv» innovatsion-sanoat loyihalarni (yangi avtomobil, temir, suv yo‘llari va davlatlararo ahamiyatga ega energiya quvvatlari) ishga tushirishi mintaqaviy va mintaqalararo kommunikatsiya, shuningdek, iqtisodiy integratsiya jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Markaziy Osiyo davlatlarining Rossiya va Xitoy bilan munosabatlarini o‘rganishga oid tadqiqot natijalariga ko‘ra:
RF va XXR siyosiy, xavfsizlik va iqtisodiyot sohalarida ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarning tayanch asoslari sifatida Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi yuqori darajadagi muntazam siyosiy muloqot va o‘zaro tushunish, umumiy tahdidlarning mavjudligi, chuqur iqtisodiy va kommunikatsion bog‘liqlik kabi geosiyosiy va geoiqtisodiy omillar bo‘yicha xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabining «O‘zbekiston Respublikasining hayotiy manfaatlari va Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik tizimini shakllantirish masalasiga doir» mavzudagi loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabining 2021 yil 24 apreldagi 29/3189-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi O‘zbekiston Respublikasi tashqi startegiyasining asosiy yo‘nalishlarini chukurlashtirishga global va mintaqaviy nuqtai nazardan tadqiq etishga hamda Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik tizimini shakllantirishga doir jarayonlarni ochib berishga xizmat qilgan;
XXR, RF va Markaziy Osiyo davlatlarining siyosiy irodasi, konstruktiv va pragmatik maqsadli, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro manfaatli, istiqbolli sa’y-harakatlari tufayli ShHTning huquqiy, institusional, tizimli va kompleks rivojlanish jarayonida nufuzli xalqaro tuzilmaga aylangani, davlatlararo mavjud murakkab masalalarni o‘zaro samarali hal etishga hissa qo‘shgani va shunga ko‘ra sanoat, savdo va investisiyalar hajmining sezilarli o‘sishi natijasida strategik sheriklik va mintaqaviy barqarorlikka asos solgani isbotlanganligi bo‘yicha xulosolar Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida bajarilgan «Markaziy Osiyodagi siyosiy jarayonlar» mavzusidagi ilmiy loyihada foydalanilgan (Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining 2021 yil 2 iyundagi 14106/5114-347-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi Markaziy Osiyoda siyosiy jarayonlar va istiqbollarini yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli maqsadlar kabilarga ko‘ra tahlil qilish sifatini oshirishga hamda «Markaziy Osiyoda siyosiy jarayonlar: natijalar, muammolar va istiqbollar» nomli axborot-tahliliy monografiya tarkibini takomillashtirishga xizmat qilgan;
«Bir makon, bir yo‘l» XXR loyihasining Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan o‘zaro hamkorligi, xalqaro transport koridorlarining ajralmas qismi sifatida «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘li Markaziy Osiyo davlatlarining tranzit va logistika imkoniyatlari hamda xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga egaligi bo‘yicha ilmiy xulosalardan E.M. Primakov nomidagi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar milliy tadqiqot instituti, Boshqirdiston davlat universitetining «Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari bilan energiya resurslari yo‘nalishida ikki tomonlama munosabatlarning zamonaviy holati», «Markaziy Osiyo mintaqasida milliy moliya tizimining holati va rivojlanish tendensiyalari», «Markaziy Osiyoda transport va aloqa sohasining zamonaviy holati va taraqqiyot istiqbollari» kabi ilmiy loyihalari hamda «Primakov o‘qishlari» (Primakovskie chteniya (2019): «Vozvrashhenie k konfrontatsii: est` li al`ternativi?») ma’ruzalarida foydalanilgan (Rossiya Fanlar akademiyasi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar milliy ilmiy tadqiqot institutining 2021 yil 1 oktyabrdagi 14504/ 21151-272- hamda Boshqirdiston davlat universitetining Tarix va davlat boshqaruvi institutining 2021 yil 24 maydagi 564-sonli ma’lumotnomalari). Ilmiy natijalar Rossiya ilmiy-tadqiqot doiralarida mintaka davlatlarining RF bilan integrasiyasini chuqurlashtirish xamda jaxon bozorlarida raqbatbardoshlik va taxditbardoshlik darajasini oshirishning qushimcha imqoniyatlarini ochib berishka xizmat qilgan;
Markaziy Osiyoni geosiyosiy va geoiqtisodiy o‘ziga xos makon sifatidagi mexanizmlarini ishlab chiqishda Xitoy va Rossiya texnologik va innovatsion rivojlanish tarjibasi va strategik sheriklik an’anasi hamda «Markaziy Osiyo + Rossiya», «Markaziy Osiyo + Xitoy» formatlarining mintaqalararo hamkorligi va iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish maqsadida diversifikatsiya qilish zarurati asoslangan xulosalardan BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi va Afg‘on strategik tadqiqotlar institutining «Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikdan kutilayotgan asosiy muammolar», «Afg‘oniston – Markaziy Osiyo» va «Hirot muloqoti» loyihalarida foydalanilgan (BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazining 2021 yil 25 maydagi 013/2021-sonli va Afg‘on strategik tadqiqotlar institutining 2021 yil 5 iyundagi AISS-OGL-30-21-sonli ma’lumotnomalari). Natijalarning joriy etilishi «Mintaqaviy hamkorlik Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlik omili sifatida», «Afg‘oniston – Markaziy Osiyo» va «Hirot muloqoti» singari yirik xalqaro konferensiyalar doirasida zarur materiallarni tayyorlashda asosiy manbalardan biri bo‘lib, Markaziy Osiyo va mintaqa atrofida, jumladan ShHT doirasida yanada barqaror mintaqaviy xavfsizlik tizimini shakllantirish ustuvorligini ochib berish imkonini bergan;
transevroosiyo multimodal transport-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish bilan birga mintaqaviy xavfsizlik majmualarini parallel ravishda amalga oshirish hamda Markaziy Evroosiyo «lokomotiv» innovatsion-sanoat loyihalarni ishga tushirishi mintaqaviy va mintaqalararo kommunikatsiya, shuningdek, iqtisodiy integratsiya jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqilishi dalillangan xulosalardan Qozoq-Nemis universiteti va «Al`ternativa» Qozog‘iston dolzarb talqiqotlar markazining «Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari munosabatlari», «Evropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha 2007-2013 yillarga oid strategiyasi. Dastlabki natijalar» loyihalarini bajarishda foydalanilgan (Qozoq-Nemis universitetining 2021 yil 2 iyundagi, «Al`ternativa» Qozog‘iston dolzarb talqiqotlar markazining 2021 yil 23 apreldagi A-9/21-sonli ma’lumotnomasi). Natijada «"Bir makon, bir yo‘l" tashabbusi: Marakaziy Osiyo mamlakatlarining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqiyoti» (Qozoq-Nemis universitet), «Markaziy Osiyoda xavfsizlikning dolzarb masalalari» (Qozog‘iston strategik tadqiqotlar instituti), «Markaziy Osiyo taraqqiyoti Evropa va Xitoyning transport-komunkatsiya ko‘prigi sifatida» (QSTI) nomli monografiyalar bobida mintaqa davlatlarining RF iqtisodiy integratsiyani, XXR bilan transport sohasida hamkorlikni amalga oshirishning ayrim murakkab jihatlarini ko‘rsatib berish imkoniyatini bergan.