Karimova Zebiniso Xakimjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Daun sindromi bo‘lgan bolalarda eshituv a’zosining holati va undagi buzilishlarni korreksiya qilish usullarini optimallashtirish», 14.00.04- Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1640.
Ilmiy rahbar: Kosimov Kobil Kosimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Karabaev Xurram Esankulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Daliev Adxam G‘ulomovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sankt-Peterburg kulok, tomok, burun va nutk ilmiy- tekshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Daun sindromi bo‘lgan bolalarda eshitish a’zolari kasalliklarini aniklash va ularni davolash usullarini takomillashtirish xamda asoratlarni oldini olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, O‘zbekistonda Daun sindromi bo‘lgan bolalarda eshitish a’zolari kasalliklari kelib chiqishi asoslangan;
Daun sindromi bo‘lgan bolalarda eshitish nuqsonlarining borligi, ularda ikkilamchi nutqning orqada qolishiga ta’siri asoslangan;
Daun sindromi bo‘lgan bolalarda eshituv nayining disfunksiyasi borligi, bu esa o‘z navbatida eksudativ urta otitning turg‘un shakllariga olib kelishi isbotlangan;
Daun sindromi bo‘lgan bolalarda, ob’ektiv audiologik testlar (KSVP, CHIRP stimulyasiyasi va timpanometriya) tekshiruvi natijalariga asoslanib, eshitish disfunksiyasini davolashning  ustuvor usuli timpanal bo‘shliqni zudlik bilan shuntlash ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil 31 maydagi 06/10-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: Daun sindromi bo‘lgan bolalarda eshitish zaifligi rivojlanishini oldini olish maqsadida bolaning yoshi, jinsi va psixologik xolatidan kat’iy nazar audiologik skrining tekshiruvi o‘tkazildi va bu orqali eshitish zaifligi va uning turg‘un shakllari rivojlanishining oldi olindi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Andijon viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi 11.11.2022 yildagi 334-sonli buyruq hamda Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazida 11.11.2022 yildagi 336- buyruq asosida amaliyotga tadbiq etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • Daun sindromi bo‘lgan bolalarda eshitish a’zosining xolatini o‘rganish maqsadida  skrining tekshirish usuli bilan erta aniqlash, Daun sindromi bo‘lgan insonlarining ishga moslashuvchanligini oshirish, bolalarning hayot sifatini yaxshilash, umr ko‘rish davomiyligini oshirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Iqtisodiy samaradorlik Daun sindromi bo‘lgan bolalarda eshitish zaifligini erta aniqlash natijasida, keyinchalik eshitish zaifliklarining turg‘un shakllari rivojlanib nogironlik darajasiga olib kelishini oldini olish xisobiga 1 nafar bemor uchun xar oy 535 000 (1 yilda 6 420 000) so‘m iqtisod qilindi (tekshiruvlarga ko‘ra 43,4% bemorda (106 nafardan 46 tasida) eshitish disfunksiyasi aniqlandi, ulardan 18,8% (20 nafar bemor) da kasallik erta aniqlandi va gospitalizatsiyasini xamda davolash xarajatlarini kamaytiradi va bemorlar umumiy xarajatlarini 12 000 000 (8 nafar bemor uchun) sumga iqtisod qiladi. Xulosa: Daun sindromi bo‘lgan bolalarda eshitish a’zolarning xolatini va undagi buzilishlarni oldini olishga qaratilgan chora tadbirlarni joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 6 420 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni          1 500 000so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Karimova Zebiniso Xakimjon qizining «Daun sindromi bo‘lgan bolalarda eshituv a’zosining holati va undagi buzilishlarni korreksiya qilish usullarini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2022 yil 22 sentyabrdagi  №02 son xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: Daun sindromi bo‘lgan bolalarda albatta turli darajadagi psixo-nutq rivojlanishidan ortda qolishi xolatlari mavjud bo‘ladi. Bu xromosom abberatsiya bo‘lgan bolalarda yuz-jag‘ soxasidagi o‘ziga xos anatomik tuzilishi, mushaklardagi gipotonus xolati, eshituv nayining spesifik gorizontal joylashganligi eshitish a’zolarida turli xil darajadagi eshitishdagi muammolar paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu xolat esa ikkilamchi nutq rivojlanishidan orqada qolishga sabab bo‘ladi va nutqda ortda qolgan bolada jarayonni yanada chuqurlashtiradi. Bu xolatlarni erta aniqlash, o‘z vaqtida to‘g‘ri algoritm orqali bemorlarni olib borish natijasida kasallikni zo‘rayib borishini, aralash va ikkilamchi sensonevral eshitish zaifligini oldi olindi. Olib borilgan diagnostik tekshiruvlar va audiologik monitoring o‘tkazilishi bilan uzoq va murakkab rebilitatsiya jarayonini oldini olishga erishiladi.Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Andijon viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi 11.11.2022 yildagi 334-sonli buyruq hamda Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazida 11.11.2022 yildagi 336- buyruq asosida amaliyotga tadbiq etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • Daun sindromi bo‘lgan 106 (100%) bolalarda audiologik skrining tekshiruvi otoakustik emissiya usulida o‘tkazildi va ulardan 46 tasi (43%) da “test o‘tmadi” ya’ni manfiy natijani ko‘rsatdi. Nazorat guruxidagi 50 nafar bolalarda, ya’ni ushbu sindrom bo‘lmagan  50 nafar bolalarda esa bu xolat 22% ni tashkil qildi. Bu esa asosiy guruxda nazorat guruxiga nisbatan 3 barobar u yoki bu darajadagi eshitish a’zolarida disfunksiya borligini ko‘rsatdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Birlamchi LOR ko‘ruvi va audiologik skrining tekshiruvi  oddiy va samarali tekshiruv usuli bo‘lgan otoakustik emissiya tekshiruvi orqali erta aniqlandi va xar bir bemor uchun 45 000 so‘mni tashkil qildi. Daun sindromi bo‘lgan bolalarda 3 oylikdan boshlab 1 yoshgacha xar 3 oyda, 1 yoshdan 3 yoshgacha xar 6 oyda va 3 yoshdan katta bolalarda esa 1 yilda 1 marotaba LOR ko‘rigidan o‘tib, audiologik skrining tekshiruvidan o‘tish tavsiya etilgan. Bu esa maxsus tekshiruvlarga qaraganda oson va noinvaziv tekshiruv xisoblanadi. Shuningdek kaksallikka tashxis ko‘yish uchun maxsus audiologik tekshiruvlar uchun  xar bir bemordan 420 000 so‘m va radiologik tekshiruvlar uchun xar bir bemor uchun 400 000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: Barcha Daun sindromi bo‘lgan bolalarda skrining tekshiruvi o‘tkazishni joriy qilish bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 420 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 400 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Karimova Zebiniso Xakimjon qizining «Daun sindromi bo‘lgan bolalarda eshituv a’zosining holati va undagi buzilishlarni korreksiya qilish usullarini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2022 yil 22 sentyabrdagi  №02 son xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: Daun sindromi bo‘lgan bolalarda LOR a’zolarida o‘ziga xos anatomik tuzilishiga ega (burun yo‘llari torligi, burun shakli kichik va o‘ziga xosligi, adenoid bezlari kattaligi, eshituv nayining  burun-xalqumga ochilgan qismi pastroqda joylashishi va tor bo‘lishi va gorizontal joylashuvi) bo‘lganligi sababli, bu bolalarda ekssudativ o‘rta otit kelib chiqish extimoli yuqori bo‘ladi. DS bo‘lgan bolalarda eshitish qobiliyatining buzilishi rivojlanish patogenezida asosiy mexanizm bu genetik patologiya bilan bog‘liq   LOR organlarining o‘ziga xos tuzilishi va bu endoskopik vizualizatsiya bilan tasdiqlangan multifaktorial anatomik va patologik sharoitlar tufayli eshitish naychasining disfunksiyasi hisoblanadi. Ekssudativ o‘rta otit xolatlarini aniqlashda impedansometriya (timpanometriya va akustik reflekslarni aniqlash), chaqirilgan qisqa latentli eshituv patensiallari (KSVP) va Mul`ti ASSR tekshiruvi o‘tkazildi va eshituv zaifligining o‘tkazuvchi tipdaligi (80%) aniqlangan. O‘rta quloqda to‘plangan ekssudat drenaj faoliyati sust bo‘lgan eshituv nayi orqali chiqib ketish extimoli juda pastligi sababli keyinchalik ushbu patologik xolatni turg‘un shakllar (adgeziv otit)ga o‘tganligi aniqlandi. Bu xolatlarni oldini olish maqsadida o‘tkazilgan diagnostik va davolash choralari ekssudativ o‘rta otitni bartaraf etishga va konduktiv eshituv zaifligining turg‘un shakliga o‘tishi oldi olindi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Andijon viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi 11.11.2022 yildagi 334-sonli buyruq hamda Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazida 11.11.2022 yildagi 336- buyruq asosida amaliyotga tadbiq etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Daun sindromi bo‘lgan bolalarda eshitish disfunkiyasi xolatlarini ob’ektiv audiologik tekshiruvlar yordamida erta davrda to‘g‘ri  tashxislash 53 nafar bemorda (47%) asoratlarni kamayishiga erishildi; • Shunday qilib, Daun sindromi bo‘lgan bolalarda eshitish a’zosini har tomonlama o‘rganish biz uchun ushbu patologiyaga ega bolalarda eshitish disfunksiyasining turli shakllarida bemorlarni olib borish algoritmini ishlab chiqishda yordam bo‘ldi. Eshitish qobiliyatining buzilishi tafsilotlari, uning turi, darajasi, LOR organlarining komorbid patologiyasi bilan bog‘liqligi, shuningdek konservativ davolashning samarasizligi, Daun sindromi bo‘lgan bolalarda uchraydigan eshitish zaifligi xolatlarida bemorlarni samarali olib borish, davolash, reabilitatsiya chora-tadbirlarini ishlab chiqish va eshitish zaiflini oldini olish uchun mezonlar ishlab chiqildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun nog‘ora bo‘shliqni paratsentez amaliyotidan farqli o‘laroq uzoq muddatga shuntlash amaliyoti Daun sindromli bolalarning eshituv nayining anatomo-fiziologik o‘ziga xosliklari bilan chambarchas bog‘liq bulib, o‘z vaqtida qilingan ushbu amaliyot bemorlarning amaliyotdan keyingi kasalxonadan tashqari reabilitatsiyasi va davlolash xarajatlarining kuyidagicha iqtisod bulishiga olib keldi, kuydagicha: qayta kurik – 45 000 so‘m; qayta audiologik tekshiruv – 320 000 sum;  dori- darmonlar xarajati – 50 000 sum (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 bemor uchun 415 000 sum tashkil qildi, yillik qaytalangan bemorlar soni 14 ta, umumiy iqtisodiy samaradolik esa 5 810 000 so‘mni tashkil qildi). Xulosa: O‘tkazilgan jarroxlik amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 11 620 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 5 810  000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Karimova Zebiniso Xakimjon qizining «Daun sindromi bo‘lgan bolalarda eshituv a’zosining holati va undagi buzilishlarni korreksiya qilish usullarini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2022 yil 22 sentyabrdagi  №02 son xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘tkazilgan ob’ektiv tekshiruvlar natijasiga ko‘ra qo‘yilgan tashxislarga asoslanib olib borilgan davo choralaridan oldingi va keyingi dinamikadagi olib borilgan audiologik monitoring ekssudativ o‘rta otit olatida nog‘ora bo‘shliqni darxol shuntlash amaliyoti samarali ekanini, uning asoratlariga olib keladigan omillarni erta bartaraf etishga, shifo jarayonini tezlashtirishga va ikkilamchi sensonevral eshituv zaifligi kelib chiqish xavfini kamaytirishga va bu bilan eng asosiysi Daun sindromi bo‘lgan bolalarda xayot sifatini yaxshilashga olib keldi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Andijon viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi 11.11.2022 yildagi 334-sonli buyruq hamda Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazida 11.11.2022 yildagi 336- buyruq asosida amaliyotga tadbiq etildi.Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Nog‘ora bo‘shliqni shuntlash operatsiyasi qaytalanuvchi EO‘O tufayli DS bo‘lgan bolalarda o‘tkazuvchi tipdagi eshitish qobiliyatini pasayishini oldini olish algoritmi doirasida ishlab chiqilgan eng samarali va shoshilinch usul bo‘lib, bolalarda eshitish qobiliyatini yo‘qotishning yanada og‘ir shakllarini oldini olish chorasi xisoblanadi. ushbu guruh. 226 Gs va 1000 Gs chastotalarda timpanogramma ma’lumotlarini qiyosiy tahlil qilganimiz natijasida, o‘z tadqiqotimiz natijalari ikkala ko‘rsatkichning sezgirligi va informativligini ko‘rsatadi 1000 Gs chastota esa ko‘proq o‘ziga xosliklarga ega ekanini aniqladik.Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy kursatkich: • shifoxonada bo‘lish davrining 5 kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etiladi va xarajatlarni (1 kunga o‘rtacha 150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi) 750 000 so‘mga kamaytirdi  • qayta tekshirish uchun sarflashni kamaytirish xisobiga  365 000 so‘m kam talab etiladi (LOR  konsul`tatsiyasi 45 000 so‘m, audiologik tekshiruv 320 000 so‘m); • reabilitatsiya xarajatlarini yiliga 18 250 000 so‘mga kamaytiradi (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan 50.000 so‘m  sarflanadi); Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 19 365 000 so‘mni tashkil etadi (43 ta tekshiruv bo‘yicha 19 365 000*43= 832 695 000 so‘mni tashkil etadi. Bemorning shifoxonadan tashqaridagi davri uchun sarflari (eshitishni protezlovchi vositalardan foydalanishi (16 ta bemor xisobida) xar bir bemor uchun o‘rtacha 11 000 000 so‘m) 176 000 000 so‘mga qisqartirildi  va uzoq va murakkab reabilitatsiya jarayonini talab etmadi. Xulosa: Daun sindromi bo‘lgan bolalarda eshitish zaifligi kelib chiqishini oldini oluvchii omillarni erta aniqlash va bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llanilishi joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 832 695 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 176 000 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Karimova Zebiniso Xakimjon qizining «Daun sindromi bo‘lgan bolalarda eshituv a’zosining holati va undagi buzilishlarni korreksiya qilish usullarini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2022 yil 22 sentyabrdagi  №02 son xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish