Mirzaaxmedov Kamoliddin Mansurjon o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat boshqaruvi tizimini demokratlashtirishda siyosiy hokimiyat legitimligini takomillashtirish mexanizmlari», 23.00.02-Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Ss50.
Ilmiy maslahatchi: Paxrutdinov Shukritdin Ilyasovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Yakubov Baxtiyor Sultonnazirovich, siyosiy fanlar doktori (DSc); Muxamedov O‘tkirbek Xazratqulovich, yuridik fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda faol demokratik ijtimoiy-siyosiy islohotlar jarayonida siyosiy hokimiyatning legitimligi dinamikasini aniqlash hamda aholining siyosiy hokimiyatga bo‘lgan samarali ishonch darajasini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyat tomonidan siyosiy hokimiyatni tan olish hamda bo‘ysunish motivlari prizmasini siyosiy hokimiyatning institutsional va funksional maqomi, rahbar kadrlarning kompetentlik darajasi, milliy manfaatlar va extiyojlarga mos keladigan siyosiy tizimning shakllanganligi bilan baholanishi inson-jamiyat-davlat o‘rtasidagi samarali legitimlik darajasiga xizmat qilishi ochib berilgan;
siyosiy hokimiyatning legitimlik darjasini salbiylashuviga: aholining turmush darjasini pasayishi; inson manfaatlarini himoya qilishning aniq mexanizmi va kafolatlarining yo‘qolishi; davlat-jamiyat xavfsizligini himoya qila olmasligi; davlat boshqaruvi tizimining yaqqol byurokratiyasi va korrupsiyalashuvi; davlat organlari tarmoqlari o‘rtasidagi qarma-qarshi ziddiyatlarning kuchayishi destruktiv omilllar ekanligi aniqlangan;
siyosiy tizim barqarorligini ta’minlash hamda aholiga sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatishda fuqarolar, turli ijtimoiy guruhlar, siyosiy institutlar o‘rtasidagi extiyoj va manfaatlarning mutanosibligiga erishish hamda o‘zaro ishonch darajasini oshirishning jamoatchilik konsensusi, institusonal legitimlik, samaradorlikni xolisona baholash siyosiy texnologiyalari ochib berilgan;
legitimlik siyosiy hokimiyatning majburiy belgisi sifatida uning ob’ektiv amaliyoti fuqarolik jamiyatining demokratik rivoji, fuqarolik jamiyati institutlarining intensiv faollashuvi, aholini siyosiy jarayonlardagi ishtiroki samarasini idrok etish tuyg‘ularining shakllanganligiga tizimli bog‘liq bo‘lishi isbotlab berilgan;
siyosiy hokimiyat sub’ektlarining natijaga erishish qobiliyati hamda faoliyatining samaradorligini shaffof baholashda fuqarolarning “ishonch indeksi” ni joriy etish davlat va jamiyatning siyosiy barqarorligiga xizmat qiluvchi ijtimoiy integratsiya mezoni ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Davlat boshqaruvi tizimini demokratlashtirishda siyosiy hokimiyat legitimligini takomillashtirish mexanizmlari yuzasidan olingan ilmiy natijalar:
jamiyat tomonidan siyosiy hokimiyatni tan olish hamda bo‘ysunish motivlari prizmasini siyosiy hokimiyatning institutsional va funksional maqomi, rahbar kadrlarning kompetentlik darajasi, milliy manfaatlar va extiyojlarga mos keladigan siyosiy tizimning shakllanganligi bilan baholanishi inson-jamiyat-davlat o‘rtasidagi samarali legitimlik darajasiga xizmat qilishi borasida ilgari surilgan amaliy taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, shuningdek, 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining I-yo‘nalishida belgilangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini targ‘ib qilish, ushbu yo‘nalishdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli va samarali tashkil etish” 1-bandi “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”da belgilangan vazifalar ijrosini tizimli ta’minlash va samarali muvofiqlashtirib borish bo‘yicha barcha kengashlar, davlat va jamoat tashkilotlarining bu boradagi ish dasturlarini davr talablari asosida yangidan tuzish va uni amalga oshirishni ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 22 fevraldagi 03-22/136-son dalolatnomasi). Natijada, markazning respublika va hududiy miqyosda olib borayotgan ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarida fuqarolarimizning davlat hokimiyati organlari va davlat xizmatchilari faoliyatiga bo‘lgan ishonch darajasini oshirish, mamlakatdagi siyosiy jarayonlarga bo‘lgan mas’uliyat, siyosiy madaniyat, daxldorlik, xulq-atvor kabi milliy o‘zlikni anglashga qaratilgan ma’naviy qiyofasini yuksaltirishga hamda jamiyatda xalq birdamligini ommalashtirishga qaratilgan ilmiy seminarlarni tashkil etishga xizmat qilgan;
siyosiy hokimiyatning legitimlik darjasini salbiylashuviga: aholining turmush darjasini pasayishi; inson manfaatlarini himoya qilishning aniq mexanizmi va kafolatlarining yo‘qolishi; davlat-jamiyat xavfsizligini himoya qila olmasligi; davlat boshqaruvi tizimining yaqqol byurokratiyasi va korrupsiyalashuvi; davlat organlari tarmoqlari o‘rtasidagi qarma-qarshi ziddiyatlarning kuchayishi destruktiv omilllar ekanligi yuzasidan bildirilgan amaliy takliflaridan O‘zbekiston “Milliy tiklanish demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturi I-bandida keltirilgan “Davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, ma’naviy barkamol fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” sohasidagi vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy tiklanshi demokratik partiyasi Mrakaziy kengashining 2023 yil 21 fevraldagi 02/05-08-son dalolatnomasi). Natijada, partiya elektorati bilan davlat hokimiyati organlari jumladan, parlament fraksiya deputatlari o‘rtasidagi muloqotning rasional legitimligiga erishish hamda mahalliy hokimiyat va vakillik organlarining ijrochilik faoliyatida “fuqarolarga xizmat qilishga yo‘naltirish” tamoyili asosida ijtimoiy muammolarning tizimli hal etishning innovasion usullarini samarali joriy etishga erishilgan;
siyosiy tizim barqarorligini ta’minlash hamda aholiga sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatishda fuqarolar, turli ijtimoiy guruhlar, siyosiy institutlar o‘rtasidagi extiyoj va manfaatlarning mutanosibligiga erishish hamda o‘zaro ishonch darajasini oshirishning jamoatchilik konsensusi, institusonal legitimlik, samaradorlikni xolisona baholash siyosiy texnologiyalari borasida bildirilgan amaliy takliflaridan O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” doirasidagi dasturiy hujjatlarini ishlab chiqishda, partiya va deputatlik korpusi oldida turgan saylovoldi dasturlarining 2.1-bandi “partiyaning Qonunchilik palatasidagi fraksiya deputatlari tomonidan jamiyatda jamoatchilik nazorati amaliyotini takomillashtirishdagi vazifalari” ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining 2023 yil 6 fevraldagi 01-27/26-son dalolatnomasi). Natijada, institutsional legitimlik jarayonlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi fuqarolik jamiyati institutlarining funksional vakolatlarini aniq belgilash, ularning davlat hokimiyati organlari bilan ijtimoiy hamkorligi, jamoatchilik konsensusi munosabatlarini huquqiy tartibga solishda me’yoriy asoslardan biri sifatida xizmat qilgan;
legitimlik siyosiy hokimiyatning majburiy belgisi sifatida uning ob’ektiv amaliyoti fuqarolik jamiyatining demokratik rivoji, fuqarolik jamiyati institutlarining intensiv faollashuvi, aholini siyosiy jarayonlardagi ishtiroki samarasini idrok etish tuyg‘ularining shakllanganligiga tizimli bog‘liq bo‘lishi yuzasidan bildirilgan taklif hamda tavsiyalar, shuningdek, amaliy xulosalardan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi respublika oliy ta’lim muassasalarining “60310700-Siyosatshunoslik” ta’lim yo‘nalishi malaka talabi mazmunini shakllantirish hamda “Davlat boshqaruvi asoslari”, “Siyosatshunoslik” fanlaridan darslik tayyorlash va o‘qitishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023 yil 9 martdagi 02/01-01-33-son ma’lumotnomasi). Natijada, vazirlik tizimidagi respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalar va tinglovchilar uchun inson huquqlari bo‘yicha siyosiy-huquqiy bilim, ko‘nikma va dunyoqarashni takomillashtirishga qaratilgan tegishli fanlardan o‘quv adabiyotlarini, uslubiy-metodik ishlanmalarni hamda fan dasturlarini ishlab chiqilishi yoshlarning siyosiy, huquqiy ongi va madaniyatini oshishiga xizmat qilgan;
siyosiy hokimiyat sub’ektlarining natijaga erishish qobiliyati hamda faoliyatining samaradorligini shaffof baholashda fuqarolarning “ishonch indeksi” ni joriy etish davlat va jamiyatning siyosiy barqarorligiga xizmat qiluvchi ijtimoiy integratsiya mezoni ekanligi borasidagi ilmiy takliflari hamda xulosalaridan 2022 yil 8 avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ-788-son Qonuni 1-bob, 4-moddasi ikkinchi xatboshisi, 3-bob, 11-moddasi birinchi qism o‘n to‘rtinchi xatboshisi, 3-bob, 12-moddasi birinchi qism ettinchi xatboshisida keltirilgan normalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari Qo‘mitasining 2023 yil 15 fevraldagi 04/10-10-18-son dalolatnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 8 avgustda qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ-788-son Qonuni 4, 11, 12-moddalaridagi normalar mazmunini yanada takomillashtirish, aholining davlat xizmatlari ko‘rsatish samaradorligiga bo‘lgan ishonch darajasini saqlab qolish hamda davlat organlarining funksional vazifalarini sifat jihatdan qonuniy rivojlanishiga xizmat qilgan.