Oqnazarov To‘lqin Jalilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘qituvchilarning virtual texnologiyalar sohasidagi informatsion kompetentliligini rivojlantirish (malaka oshirish markazi barcha fan o‘qituvchilari misolida)” mavzusidagi 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4PhD/Ped2814.
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ibraimov Xolboy, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Mustafoev Shomurod Normuminovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘qituvchilar malakasini oshirishni masofaviy tashkil etishda virtual texnologiyalar sohasidagi informatsion kompetentliligini rivojlantirishga oid amaliy-didaktik usullarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘qituvchilarning virtual texnologiyalar sohasidagi informatsion kompetentliligini rivojlantirishda masofaviy ta’lim imkoniyatlari ta’lim resurslari hamda o‘quv materiallarini taqdim etishning tarmoq hamkorligiga asoslangan shakllariga ko‘ra didaktik shartlarga yo‘naltirilgan tayanch kompetensiyalari matrisasini (mazmun komponentlari, tashhislanadigan ko‘rsatgichlar) tuzish asosida aniqlashtirilgan;
virtual-integratsiyalashgan ta’lim muhitida o‘qituvchilar kasbiy malakasini oshirishning didaktik modeli ta’limni faol axborotlashtirish sharoitida pedagogik faoliyatga oid kompetensiyalarning keng spektrga ega ekanligi sababli o‘qituvchilarning samarali kasbiy rivojlanishiga imkon beruvchi shakl, usul va vositalardan iborat metodik tizimning tashkiliy komponentlarini (texnologik ta’minot, o‘quv faoliyati shakllari, kontent mazmuni, web-portfolioni kuzatish) belgilash asosida asosida ishlab chiqilgan;
xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazining integratsiyalashgan axborot ta’lim muhiti tuzilmasi virtual metodik birlashma ishining kasbiy muhokama, maslahat, jamoaviy yordamlar, birgalikda ta’lim faoliyati, qo‘llab-quvvatlash, ta’lim monitoringi kabi asosiy funksiyalari asosida takomillashtirilgan;
integratsiya sharoitida metodik tayyorgarlikni modernizatsiyalash yo‘nalishlari mazmuni tajribalarini o‘rganish, o‘zlashtirish, tashkil etish, natijalarni taqdim etish, pedagogik echim va tahlil komponentlariga ko‘ra ta’limiy maqsad, metodik tayyorgarlik bosqichlari, axborot almashinuv jarayoni ishtirokchilari, foydalaniladigan texnologiyalar va axborot resurslari, axborot almashinuv shakllariga ko‘ra bosqichlashtirish asosida didaktik tizimi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘qituvchilar faoliyatida virtual texnologiyalar sohasidagi informasion kompetentliligini shakllantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
o‘qituvchilarning virtual texnologiyalar sohasidagi informatsion kompetentliligini rivojlantirishda masofaviy ta’lim imkoniyatlari ta’lim resurslari hamda o‘quv materiallarini taqdim etishning tarmoq hamkorligiga asoslangan shakllariga ko‘ra didaktik shartlarga yo‘naltirilgan tayanch kompetensiyalari matrisasini (mazmun komponentlari, tashhislanadigan ko‘rsatgichlar) tuzish asosida kengaytirilgan takliflardan O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti, Qoraqalpog‘ison filialining I-XT-0-19929-“Ta’lim qoraqalpoq tilida o‘qitiladigan maktablarning 8-9 sinflari uchun aniq fanlar bo‘yicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish (matematika, informatika)” mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 7 apreldagi 02-07-962/04-son ma’lumotnomasi). Natijada virtual texnologiyalar sohasidagi informatsion kompetentlikning tavsifiy mohiyatini aniqlashtirish imkoni yaratilgan;
virtual-integratsiyalashgan ta’lim muhitida o‘qituvchilar kasbiy malakasini oshirishning didaktik modeli ta’limni faol axborotlashtirish sharoitida pedagogik faoliyatga oid kompetensiyalarning keng spektrga ega ekanligi sababli o‘qituvchilarning samarali kasbiy rivojlanishiga imkon beruvchi shakl, usul va vositalardan iborat metodik tizimning tashkiliy komponentlarini (texnologik ta’minot, o‘quv faoliyati shakllari, kontent mazmuni, web-portfolioni kuzatish) belgilash asosida takomillashtirilgan takliflar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 7 apreldagi 02-07-962/04-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘qituvchilarda virtual texnologiyalar sohasidagi informatsion kompetentliligining komponentlarimazmunini va ularning shakllanish darajalarini tavsiflashga erishilgan;
xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazining integratsiyalashgan axborot ta’lim muhiti tuzilmasi virtual metodik birlashma ishining asosiy funksiyalarini (kasbiy muhokama, maslahat, jamoaviy yordamlar, birgalikda ta’lim faoliyati, qo‘llab-quvvatlash, ta’lim monitoringi) tasniflash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti, Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan I-XT-0-19929–“Ta’lim qoraqalpoq tilida o‘qitiladigan maktablarning 8-9 sinflari uchun aniq fanlar bo‘yicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish (matematika, informatika)” mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 7 apreldagi 02-07-962/04-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘qituvchilarda virtual texnologiyalar sohasidagi informatsion kompetentliligini rivojlantirishda masofaviy ta’lim imkoniyatlarini ochib berishga erishilgan;
integratsiya sharoitida metodik tayyorgarlikni modernizatsiyalash yo‘nalishlari mazmuni tajribalarini o‘rganish, o‘zlashtirish, tashkil etish, natijalarini taqdim etish, pedagogik echim va tahlil kompoentlariga ko‘ra ta’limiy maqsad, metodik tayyorgarlik bosqichlari, axborot almashinuv jarayoni ishtirokchilari, foydalaniladigan texnologiyalar va axborot resurslari, axborot almashinuv shakllariga ko‘ra bosqichlashtirish asosida ochib berishga oid tavsiyalar Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan OT-Atex-2018-519 raqamli “Kompyuter immitatsion modellar asosidagi virtual resurslarni web-ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish” nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 7 apreldagi 02-07-962/04-son ma’lumotnomasi). Natijada masofaviy ta’lim jarayonida o‘qituvchilarda virtual texnologiyalar sohasidagi informatsion kompetentliligini rivojlantirishning didaktik tizimini takomillashtirishga sharoit yaratilgan.