Daminova Nigora Kudratovnaning falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Globallashuv sharoitida talabalar kasbiy ijtimoiylashuvining pedagogik mazmunini takomillashtirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped4755.
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Begmatova Dilnoza Muxtarovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Egamberdieva Nodira Melibaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Narzikulova Dilnoza Xoshimjonovna pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi globallashuv sharoitida talabalar kasbiy ijtimoiylashuvining pedagogik mazmunini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasbiy ijtimoiylashuv jarayonida bevosita ishtirok etuvchi ijtimoiy guruh sifatida talabalar kasbiy ijtimoiylashuvining asosiy xususiyatlari ijtimoiylashtirish mexanizmining darajalariga muvofiq keluvchi elementlar funksional imkoniyatlarining yoshlar kasbiy o‘zini-o‘zi belgilash pozisiyalariga ijobiy ta’sirini belgilash asosida aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim tashkilotlarining o‘quv-tarbiya ishlari doirasida kasbiy ijtimoiylashuv jarayonining pedagogik mazmuni, mehnat bozori talablari va bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi hamda ijtimoiylashuvi o‘rtasidagi bog‘liqlik xususiyatlariga asoslangan holda, ijtimoiy-madaniy kompetentlikni shakllantirishning texnologik va metodik ta’minotini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
globallashuv sharoitida talabalar kasbiy ijtimoiylashuvini tashkil etish modeli oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining kasbiy-funksional va ijtimoiy-kasbiy fazilatlarini mehnat bozorining asosiy talablariga muvofiqlashtirish maqsadiga ko‘ra ijtimoiy munosabatlarni shakllantiruvchi perseptiv muloqot mexanizmlarining ijtimoiylashtirish imkoniyatlarini belgilash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tashkiloti talabalarining uzlyuksiz ta’lim tizimida samarali kasbiy ijtimoiylashuvini ta’minlash va keyinchalik ijtimoiylashuv faoliyati jarayoniga qo‘shilishini optimallashtirishning asosiy yo‘nalishlari “talaba – OTT” tizimidagi o‘zaro munosabatlarga oid muammoli-situatsion komponentlarning adaptativ imkoniyatlariga bog‘liqlikda aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya ishida ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida:
kasbiy ijtimoiylashuv jarayonida bevosita ishtirok etuvchi ijtimoiy guruh sifatida talabalar kasbiy ijtimoiylashuvining asosiy xususiyatlari ijtimoiylashtirish mexanizmining darajalariga muvofiq keluvchi elementlar funksional imkoniyatlarining talabalarning kasbiy o‘zini-o‘zi belgilash pozisiyalariga ijobiy ta’sirini belgilash asosida aniqlashtirishga oid ma’lumotlardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasidagi 2023-yil 20-mart kuni efirga uzatilgan “Assalom, Samarqand” ko‘rsatuvining navbatdagi ssenariysini tayyorlashda hamda O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika institutida bajarilgan JHBL-22-sonli “Oiladagi jinoyatlar va zo‘ravonliklar, oiladagi kriogen muhit, kelib chiqish sabablarini tadbiq etish” mavzusidagi qisqa muddatli ilmiy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 30-martdagi 01-07-101-son ma’lumot¬nomasi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 15-iyundagi 02-07-2327/04-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarga globallashuv sharoitida oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy ijtimoiylashuvi bo‘yicha ilmiy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan tavsiyalar haqida kerakli ma’lumotlar berish, talabalar kasbiy ijtimoiylashuvining asosiy elementlarini ajratib ko‘rsatishga sharoit yaratilgan;
oliy ta’lim tashkilotlarining o‘quv-tarbiya ishlari doirasida kasbiy ijtimoiylashuv jarayonining pedagogik mazmuni va uning mexanizmlari mehnat bozori talablari va bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi hamda ijtimoiylashuvi o‘rtasidagi bog‘liqlik xususiyatlariga asoslanib, ijtimoiy-madaniy kompetentlikni shakllantirishning texnologik va metodik ta’minotini aniqlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika institutida bajarilgan JHBL-22-sonli “Oiladagi jinoyatlar va zo‘ravonliklar, oiladagi kriogen muhit, kelib chiqish sabablarini tadbiq etish” mavzusidagi ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 15-iyundagi 02-07-2327/04-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim tashkilotlari o‘quv jarayoni doirasida kasbiy ijtimoiylashuv jarayonining mazmuni va mexanizmlarini aniqlash imkoni kengaytirilgan;
globallashuv sharoitida talabalar kasbiy ijtimoiylashuvini tashkil etish modeli oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining kasbiy-funksional va ijtimoiy-kasbiy fazilatlarini mehnat bozorining asosiy talablariga muvofiqlashtirish maqsadiga ko‘ra ijtimoiy munosabatlarni shakllantiruvchi perseptiv muloqot mexanizmlarini ijtimoiylashtirish imkoniyatlarini belgilash asosida takomillashtirishga oid takliflar Samarqand davlat chet tillar institutida Yevropa Ittifokining Erazmus+ dasturi 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational Linguistics at Central Asian universities” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 22-maydagi 1323/30.02.01-son ma’lumot-nomasi). Natijada bitiruvchilarning kasbiy-funksional va ijtimoiy-kasbiy fazilatlariga xududiy mehnat bozorining asosiy talablarini aniqlash imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim tashkiloti talabalarini uzlyuksiz ta’lim tizimida samarali kasbiy ijtimoiylashuvini ta’minlash va keyinchalik ijtimoiylashuv faoliyati jarayoniga qo‘shilishini optimallashtirishning asosiy yo‘nalishlari “talaba – OTT” tizimidagi o‘zaro munosabatlarga oid muammoli-situatsion komponentlarning adaptativ imkoniyatlariga bog‘liqlikda aniqlashtirishga oid xulosalar O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika institutida bajarilgan JHBL-22-sonli “Oiladagi jinoyatlar va zo‘ravonliklar, oiladagi kriogen muhit, kelib chiqish sabablarini tadbiq etish” mavzusidagi qisqa muddatli ilmiy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 15-iyundagi 02-07-2327/04-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim tashkiloti talabalarini uzlyuksiz ta’lim tizimida samarali kasbiy ijtimoiylashuvini ta’minlash samaradorligi oshgan.