Marupova Dilfuza Davronovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarning adabiyotshunoslikka oid kompetensiyalarini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3001.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mavlonova Klara Maxmutovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarning adabiyotshunoslikka oid kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning adabiyotshunoslikka oid kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari so‘zning estetik xossalarini tahlil qilish darajalari, lug‘at-frazeologik, grammatik, ritmik-intonatsion xususiyatlarning didaktik mazmunini yoritishga qaratilgan kommunikativ-integrativ, kreativ-faoliyatli, adabiy-nutqiy bilim va ko‘nikmalarni oddiydan murakkabga qarab hosil qilish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning adabiyotshunoslikka oid kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi so‘zning estetik xususiyatlarini tashkiliy-mazmunli izohlash hamda ularni alohida til, adabiy va kommunikativ hodisalar va jarayonlarning mavjud ilmiy konsepsiyalariga ko‘ra rus, ingliz tillarida tahlil qilishga barqaror ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning adabiyotshunoslikka oid kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi badiiy matnni adabiy tahlil qilish va talqin qilishning kasbiy kompetensiyalarning shakllantirishiga to‘g‘ri proporsional bog‘liqligini aniqlashga ko‘ra rivojlantirish hamda og‘zaki nutq, sharh, annotatsiya, publisistik va reklama matnlarining integrativ xususiyatlarini ta’lim maqsadlariga mos tasniflash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning adabiyotshunoslikka oid kompetensiyalarini rivojlantirish modeli badiiy matnni chuqur tushunish va talqin qilishga qaratilgan ijodiy-faol muhitni yaratish uchun so‘zning estetik xususiyatlarining ahamiyatli jihatlarini tahliliy aniqlash hamda nostandart echimlarni taklif qilishning konseptual mazmunini intensiv kengaytirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning adabiyotshunoslikka oid kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida: 
bo‘lajak o‘qituvchilarning adabiyotshunoslikka oid kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari so‘zning estetik xossalarini tahlil qilish darajalari, lug‘at-frazeologik, grammatik, ritmik-intonatsion xususiyatlarning didaktik mazmunini yoritishga qaratilgan kommunikativ-integrativ, kreativ-faoliyatli, adabiy-nutqiy bilim va ko‘nikmalarni oddiydan murakkabga qarab hosil qilish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 11-avgustdagi 02-07-2975/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning adabiyotshunoslikka oid kompetensiyalarini rivojlantirishda pedagogik imkoniyatlarini aniqlashtirish imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning adabiyotshunoslikka oid kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi so‘zning estetik xususiyatlarini tashkiliy-mazmunli izohlash hamda ularni alohida til, adabiy va kommunikativ hodisalar va jarayonlarning mavjud ilmiy konsepsiyalariga ko‘ra rus, ingliz tillarida tahlil qilishga barqaror ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 11-avgustdagi 02-07-2975/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada badiiy matnni tahlil qilish va talqin qilish bo‘yicha adabiyotshunoslikka oid kompetensiyani rivojlantirishda fanlararo integrativ asosda so‘zning estetik xususiyatlarining algoritminini ishlab chiqishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning adabiyotshunoslikka oid kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi badiiy matnni adabiy tahlil qilish va talqin qilishning kasbiy kompetensiyalarining shakllantirishiga to‘g‘ri proporsional bog‘liqligini aniqlashga ko‘ra rivojlantirish hamda og‘zaki nutq, sharh, annotatsiya, publisistik va reklama matnlarining integrativ xususiyatlarini ta’lim maqsadlariga mos tasniflash asosida takomillashtirishga oid xulosalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 11-avgustdagi 02-07-2975/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning adabiyotshunoslikka oid kompetensiyalarini rivojlantirish modelini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning adabiyotshunoslikka oid kompetensiyalarini rivojlantirish modeli badiiy matnni chuqur tushunish va talqin qilishga qaratilgan ijodiy-faol muhitni yaratish uchun so‘zning estetik xususiyatlarining ahamiyatli jihatlarini tahliliy aniqlash hamda nostandart echimlarni taklif qilishning konseptual mazmunini intensiv kengaytirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 11-avgustdagi 02-07-2975/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning adabiyotshunoslikka oid kompetensiyalarini rivojlantirish mezonlarini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish