Qulboeva Dilnoza Abdug‘ofurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativlik qobiliyatini rivojlantirish (texnologiya fani misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped4794. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti. 
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori; Zaripov Lochin Rustamovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativlik qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativlik qobiliyatini rivojlantirish imkoniyatlari ijodiy faoliyatni maqsadli tashkil etish, obektlar, vaziyatlar va hodisalarni ta’lim mazmuniga mos illyustrativ tasniflash echimlarni qidirish maydonini tizimli qisqartirish hamda nostandart fikrlash va harakatlardagi umumiy integrativ xususiyatlarga ko‘ra moslashganligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativlik qobiliyatini rivojlantirish jarayoni sabab-oqibat prinsipiga ko‘ra vujudga keladigan munosabatlarni dinamik shakllantirish, fazoviy obektlarni abstrakt ifodalash, butunlikni ko‘rishga yo‘naltirish hamda alternativlarni tanlash va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini intensiv qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativlik qobiliyatini rivojlantirish texnologiyalari individuallik, majoziy fikrlash, fantaziya va ma’naviy estetik salohiyatini ichki va tashqi ta’sir omillarini e’tiborga olishga ko‘ra uyg‘unlashtirish hamda amaliy harakatlarni hissiy bilish imkoniyatlariga integrativ moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativlik qobiliyatini rivojlantirish samaradorligi fanlarga oid yangi tushunchalarini puxta o‘zlashtirish, amaliyotga tadbiq qilishda o‘zini nomoyon etish, ijodiy-o‘yinli topshiriqlarga moslasha olish imkoniyatlarini belgilash hamda xatoliklarni tez tuzatish, jismoniy mehnatga kira olish, mehnat operatsiyalarini rejalashtirish qobiliyatini pedagogik jarayonning an’anaviy tuzilmasiga proporsional mosligini qiyosiy aniqlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativlik qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativlik qobiliyatini rivojlantirish imkoniyatlari ijodiy faoliyatni maqsadli tashkil etish, obektlar, vaziyatlar va hodisalarni ta’lim mazmuniga mos illyustrativ tasniflash echimlarni qidirish maydonini tizimli qisqartirish hamda nostandart fikrlash va harakatlardagi umumiy integrativ xususiyatlarga ko‘ra moslashganligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar OT-F1-094 raqamli “Talabalarda assertiv xulqi shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” nomli amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi 02-07-2058 raqamli dalolatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlashga sharoit yaratilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativlik qobiliyatini rivojlantirish jarayoni sabab-oqibat prinsipiga ko‘ra vujudga keladigan munosabatlarni dinamik shakllantirish, fazoviy obektlarni abstrakt ifodalash, butunlikni ko‘rishga yo‘naltirish hamda alternativlarni tanlash va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini intensiv qo‘llash asosida takomillashtirishga oid takliflar A-1-23 raqamli “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun multimediali dars ishlanmalar majmuasini yaratish” nomli amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi 02-07-2058 raqamli dalolatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativlik qobiliyatini rivojlantirish texnologiyalari individuallik, majoziy fikrlash, fantaziya va ma’naviy estetik salohiyatini ichki va tashqi ta’sir omillarini e’tiborga olishga ko‘ra uyg‘unlashtirish hamda amaliy harakatlarni hissiy bilish imkoniyatlariga integrativ moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar OT-F1-094 raqamli “Talabalarda assertiv xulqi shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” nomli amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi 02-07-2058 raqamli dalolatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining texnologiya darslarini tashkil etishda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning modelini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativlik qobiliyatini rivojlantirish samaradorligi fanlarga oid yangi tushunchalarini puxta o‘zlashtirish, amaliyotga tadbiq qilishda o‘zini nomoyon etish, ijodiy-o‘yinli topshiriqlarga moslasha olish imkoniyatlarini belgilash hamda xatoliklarni tez tuzatish, jismoniy mehnatga kira olish, mehnat operatsiyalarini rejalashtirish qobiliyatini pedagogik jarayonning an’anaviy tuzilmasiga proporsional mosligini qiyosiy aniqlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar A-1-23 raqamli “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun multimediali dars ishlanmalar majmuasini yaratish” nomli amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi 02-07-2058 raqamli dalolatnomasi). Natijada texnologiya fanini integratsiyalab o‘qitishda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativlik qobiliyatini rivojlanlanganlik darajasini aniqlash imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish