Musabekov Ulugbek Djorobekovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning investision strategiyasini takomillashtirish”, 08.00.02 – “Makroiqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1647
Ilmiy rahbar: Axmedieva Aliya Toxtarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor v.v.b. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti xuzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asolari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: M.L. Tursunxodjaev, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; K.K. Mambetjanov, iqtisodiyot fanlari doktori, professor v.v.b.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning investision strategiyani takomillashtirishga qaratilgan takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra jahon bozorlarida davom etayotgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda mikro-mezo va makro darajalarda sodir bo‘layotgan ko‘plab jarayonlar ta’siri ostida shakllanuvchi “davlatning investisiya strategiyasi”ning samaradorligi davlat, mahalliy hokimiyat organlari, xususiy sektor o‘rtasida yangi daromad manbalarini yaratish va bandlikni oshirish, mamlakatning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash uchun o‘zaro manfaatli hamkorlik va sheriklik mexanizmlarini yaratish orqali mamlakatning investision muhiti jozibadorligi va imidjini (reputation) shakllantirish bilan bog‘liqligi asoslangan;
iqtisodiyotga jalb etilayotgan investisiyalar hajmining investorlar xususiy manfaatdorligining o‘zgaruvchanligi sharoitida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tebranishlari oqibatida rivojlanish jarayonlari barqarorligiga ta’sirining yuqori chegaraviy darajasi (Kb=0,3) ni hisobga olish orqali investisiya dasturlarini takomillashtirish taklifi asoslangan;
investisiya dasturlariga kiritilgan yirik investision loyihalarni amalga oshirishda investisiya muhitining makro yoki mikrodarajadagi o‘zgarishi sharoitida qisqa yoki uzoq muddatli to‘xtalishlarning turli makroiqtisodiy parametrlarga ta’sirini muvozanatlashtiruvchi ±5 foiz chegarasidagi investisiya resurslari zaxirasini shakllantirish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda makroiqtisodiy parametrlarga ta’sir etuvchi omillarni baholash orqali o‘rta muddatli istiqbolda milliy iqtisodiyotga investisiyalarni jalb qilish bo‘yicha 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning investision strategiyasini takomillashtirish mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra jahon bozorlarida davom etayotgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda mikro-mezo va makro darajalarda sodir bo‘layotgan ko‘plab jarayonlar ta’siri ostida shakllanuvchi “davlatning investisiya strategiyasi”ning samaradorligi davlat, mahalliy hokimiyat organlari, xususiy sektor o‘rtasida yangi daromad manbalarini yaratish va bandlikni oshirish, mamlakatning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash uchun o‘zaro manfaatli hamkorlik va sheriklik mexanizmlarini yaratish orqali mamlakatning investision muhiti jozibadorligi va imidjini (reputation) shakllantirish muammolari oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan “Mintaqaviy  rivojlanish strategiysi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʻlim vazirligining 2021-yil 
18-avgustdagi 365-sonli buyrug‘i). Mazkur investision muhiti jozibadorligi va imidjini (reputation) shakllantirishni davlat tomonidan tartibga solishning takomillashtirilgan strategiysini oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun takomillashtirilgan holda darslikga kiritilishi natijasida talaba va mutaxassislarning investisiya jarayonlarini samarali tashkil etish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish imkoni yaratilgan;
iqtisodiyotga jalb etilayotgan investisiyalar hajmining investorlar xususiy manfaatdorligining o‘zgaruvchanligi sharoitida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tebranishlari oqibatida rivojlanish jarayonlari barqarorligiga ta’sirining yuqori chegaraviy darajasi (Kb=0,3)ni hisobga olish orqali investisiya dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” dasturiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 2023 yil 08 fevraldagi 
35-23/214 sonli va 2023-yil 11 avgustdagi 35-23/844 sonli dalolatnomalari). Natijada investisiya dasturlarida taklif etilayotgan chora-tadbirlarni kompleks tarzda amalga oshirish risklarni kamaytirishga, barqaror investisiya portfelini shakllantirishga va maksimal samaradorlikni ta’minlashga yordam beradi. Investisiya dasturlarini shakllantirishga ta'sirning yuqori chegaraviy darajasini (Kb=0,3) hisobga olgan holda takomillashtirish iqtisodiy muhitni barqarorlashtirish va xususiy sektordagi o'zgaruvchanlik ta'sirini nazorat qilish asosida investisiyalarni jalb qilishni kengaytirish imkonini berdi;
investisiya dasturlariga kiritilgan yirik investision loyihalarni amalga oshirishda investisiya muhitining makro yoki mikrodarajadagi o‘zgarishi sharoitida qisqa yoki uzoq muddatli to‘xtalishlarning turli makroiqtisodiy parametlarga ta’sirini muvozanatlashtiruvchi 
±5 foiz chegarasidagi investisiya resurslari zaxirasini shakllantirish taklifi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” dasturiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 2023 yil 08 fevraldagi 35-23/214 sonli va 2023-yil 
11 avgustdagi 35-23/844 sonli dalolatnomalari). Tahliliy ishlanmalar va ekspert xulosalariga ko‘ra, yirik investisiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida ±5 foiz miqdorida investisiya resurslari zaxirasini shakllantirish nafaqat korxonalar mavqeini mustahkamlaydi, balki milliy va mintaqaviy miqyosda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning barqarorligini ta’minlaydi; 
O‘zbekistonda makroiqtisodiy parametrlarga ta’sir etuvchi omillarni baholash orqali o‘rta muddatli istiqbolda milliy iqtisodiyotga investisiyalarni jalb qilish bo‘yicha 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” dasturiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 2023 yil 08 fevraldagi 35-23/214 sonli va 2023-yil 11 avgustdagi 35-23/844 sonli dalolatnomalari). Investisiyalarni jalb qilish bo‘yicha prognoz parametrlaridan iqtisodiyotning real sektorini modernizatsiya qilish dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, investisiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini kengaytirishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish