Musaeva Ziyoda Allayarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida kambag‘allikni qisqartirishga ta’sir etuvchi omillarni ekonometrik tadqiq qilish», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1788.
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Alimov Raimjon Xakimovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Abdug‘aniev Otabek Allajonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Utanov Bunyod Quvondiqovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbekiston Respublikasida kambag‘allikni qisqartirishga ta’sir etuvchi omillarni ekonometrik tadqiq qilish va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishlarini aniqlash bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
-Uslubiy yondashuvga ko‘ra milliy iqtisodiy ko‘rsatkichlarning asosiy o‘lchovi aholi turmush darajasining rivojlanishidagi yutuqlarning tan olinishiga asoslanuvchi yondashuv bo‘yicha kambag‘allikni kamaytirish va turmush darajasini oshirishga qaratilgan omillardan samarali foydalanish mexanizmi takomillashtirilgan;
-Daromadlarning aholi guruhlari bo‘yicha notekis taqsimoti tamoyili asosida aholining 20 foizli guruhlari bo‘yicha “kambag‘al aholi”, “daromadi o‘rtacha darajadan past aholi”, “o‘rtacha daromadli aholi”, “daromadi o‘rtacha darajadan yuqori aholi” va “boy aholi” guruhlari bo‘yicha notekis taqsimlanishi asoslangan;
-Mamlakat hududlari bo‘yicha kambag‘allik darajasini “a’lo” [8,55 -11,38], “yaxshi” [11,38 - 14,26], “o‘rta” [14,26 -17,14], “qoniqarli” [17,14 -20,02], “qoniqarsiz” [20,02 -22,90] chegaralari bilan tavsiflanuvchi sifat mezonlari asosida baholash taklif etilgan;
-O‘zbekiston Respublikasi va Andijon viloyati bo‘yicha kambag‘allik darajasi o‘zgarishining 2027 yilga qadar ko‘p omilli solishtirma prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasida kambag‘allikni qisqartirishga ta’sir etuvchi omillarni ekonometrik tadqiq qilish va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishlarini aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif hamda tavsiyalar asosida:
Uslubiy yondashuvga ko‘ra milliy iqtisodiy ko‘rsatkichlarning asosiy o‘lchovi aholi turmush darajasining rivojlanishidagi yutuqlarning tan olinishiga asoslanuvchi yondashuv bo‘yicha kambag‘allikni kamaytirish va turmush darajasini oshirishga qaratilgan omillardan samarali foydalanish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan “Aholi turmush darajasini modellashtirish” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Akademik mustaqillik vakolatiga ko‘ra Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 2022 yil 24-oktyabridagi 328-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda kambag‘allikni kamaytirish va turmush darajasini oshirishga qaratilgan omillardan samarali foydalanish mexanizmi to‘g‘risidagi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
Daromadlarning aholi guruhlari bo‘yicha notekis taqsimoti tamoyili asosida aholining 20 foizli guruhlari bo‘yicha “kambag‘al aholi”, “daromadi o‘rtacha darajadan past aholi”, “o‘rtacha daromadli aholi”, “daromadi o‘rtacha darajadan yuqori aholi” va “boy aholi” guruhlari bo‘yicha notekis taqsimlanishini hisobga olish taklifi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan aholi daromadlarini hisoblash uslubiyotini takomillashtirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 9-avgustidagi 1-01-03-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatda aholi o‘rtasida o‘rtacha daromadli va undan yuqori aholi qatlami 2015 yilga nisbatan 2021 yilda mos ravishda 0,4% va 2,0%ga oshganligi aniqlanib, mamlakatda o‘rta qatlamni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
Mamlakat hududlari bo‘yicha kambag‘allik darajasini “a’lo” [8,55 -11,38], “yaxshi” [11,38 - 14,26], “o‘rta” [14,26 -17,14], “qoniqarli” [17,14 -20,02], “qoniqarsiz” [20,02 -22,90] chegaralari bilan tavsiflanuvchi sifat mezonlari asosida baholash taklifi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan aholi daromadlarini hisoblash uslubiyotini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 9-avgustidagi 1-01-03-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakat viloyatlari bo‘yicha kambag‘allik darajasini sifat mezonlari asosida baholash orqali aholi turmush darajasini oshirishga manzilli yondashish imkoni yaratilgan;
O‘zbekiston Respublikasi va Andijon viloyati bo‘yicha kambag‘allik darajasi o‘zgarishining 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan ko‘p omilli solishtirma prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Andijon viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi tomonidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 9-avgustidagi 1-01-03-sonli hamda Andijon viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasining 2023 yil 21 fevraldagi 03-13/08-650-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2027 yilga qadar O‘zbekistonda, shu jumladan, Andijon viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish dasturining istiqboldagi ko‘rsatkichlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.