Sadikov Shoxrux Shuxratovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim faoliyati monitoringini tashkil etishda raqamli texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirish” mavzusidagi, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” ixtisosligi bo‘yicha (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt572
Ilmiy rahbar: Akbarov Nodir Gafurovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc. 03/30.07.2022.I.16.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Bahodir Boltaevich, texnika fanlari doktori, professor; Odilov Shoxrux G‘ayratovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa  doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim muassasalari monitoringini tashkil etishda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
uslubiy yondashuvga ko‘ra tashqi va ichki parametrlarining o‘zgaruvchanligiga yuqori moslashuvchan hamda tashqi omillarni baholashga imkon beradigan standartlashtirishning statistik usullari orqali oliy ta’lim muassasalarining ta’lim xizmatlari bozoridagi raqobatbardoshligini baholash algoritmi takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasasi raqobatbardoshligini uning sifat belgilari tarkibidagi har bir faoliyat va harakatni asoslantiruvchi me’yorlar guruhi (Q-Mark-Ar), tashkiliy-pedagogik bosqichlarni amalga oshish darajasini ifodalovchi muayyan jarayonlar guruhi (Q-Mark-Pr), o‘quv-tashkiliy faoliyat maqsadiga erishilganlikning yakuniy darajasini ifodalovchi natijalar guruhi (Q-Mark-Na)ni raqamlashtirilganlik darajasi orqali aniqlash taklifi asoslangan;
raqamli texnologiyalar negizida o‘quv jarayonini monitoring qilish hamda ta’lim jarayonini boshqarishga mo‘ljallangan ko‘p funksiyali onlayn platforma (avtomatlashtirilgan ta’lim va monitoring tizimi)ni ishlab chiqish asosida professor-o‘qituvchilar, talabalar va ularning ta’lim jarayonidan manfaatdor shaxslar hamda ta’limni boshqarish tizimlari o‘rtasida tezkor muloqotni yo‘lga qo‘yish orqali an’anaviy boshqaruv xarajatlarini qisqartirish asosida iqtisodiy samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
oliy ta’lim faoliyati monitoringini tashkil etishda raqamli texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirish asosida oliy ta’lim muassasalarida ro‘yxatdan o‘tish samaradorligining 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim muassasalari monitoringini tashkil etishda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra tashqi va ichki parametrlarining o‘zgaruvchanligiga yuqori moslashuvchan hamda tashqi omillarni baholashga imkon beradigan standartlashtirishning statistik usullari orqali oliy ta’lim muassasalarining ta’lim xizmatlari bozoridagi raqobatbardoshligini baholash algoritmining takomillashtirilgan variantini bayon etuvchi ilmiy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari 60310500 – Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), 60610200 – Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Raqamli biznes transformatsiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023 yil 14 iyuldagi 228-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda tashqi va ichki parametrlarining o‘zgaruvchanligiga yuqori moslashuvchan hamda tashqi omillarni baholashga imkon beradigan standartlashtirishning statistik usullari orqali oliy ta’lim muassasalarining ta’lim xizmatlari bozoridagi raqobatbardoshligini baholash algoritmi yuzasidan nazariy-uslubiy bilim va ko‘nikmalarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim muassasasi raqobatbardoshligini uning sifat belgilari tarkibidagi har bir faoliyat va harakatni asoslantiruvchi me’yorlar guruhi (Q-Mark-Ar), tashkiliy-pedagogik bosqichlarni amalga oshish darajasini ifodalovchi muayyan jarayonlar guruhi (Q-Mark-Pr), o‘quv-tashkiliy faoliyat maqsadiga erishilganlikning yakuniy darajasini ifodalovchi natijalar guruhi (Q-Mark-Na)ni raqamlashtirilganlik darajasi orqali aniqlash taklifi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining ko‘rsatilayotgan ta’lim xizmatlari sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish, qayta ishlash, saqlash, tahlil qilish, sharhlash va baholash mezonlari hamda mexanizmlarini ishlab chiqish jarayonida tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazining 2023 yil 7 apreldagi 01/28-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida ma’lumotlarni olish, qayta ishlash, saqlash, tahlil qilish, sharhlash va baholashdagi samaradorlikni o‘tgan davrga nisbatan 15 barobar oshirish imkonini yaratgan;
raqamli texnologiyalar negizida o‘quv jarayonini monitoring qilish hamda ta’lim jarayonini boshqarishga mo‘ljallangan ko‘p funksiyali onlayn platforma (avtomatlashtirilgan ta’lim va monitoring tizimi)ni ishlab chiqish asosida professor-o‘qituvchilar, talabalar va ularning ta’lim jarayonidan manfaatdor shaxslar hamda ta’limni boshqarish tizimlari o‘rtasida tezkor muloqotni yo‘lga qo‘yish orqali an’anaviy boshqaruv xarajatlarini qisqartirish asosida iqtisodiy samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazining 2023 yil 7 apreldagi 01/28-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi avtomatlashtirilgan ta’lim va monitoring tizimining soha mutaxassislari tomonidan amaliyotda qo‘llanilishi natijasida abiturientlarni o‘quv jarayoniga qamrov darajasini yiliga 75 %ga oshirish imkonini yaratgan;
oliy ta’lim faoliyati monitoringini tashkil etishda raqamli texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirish asosida oliy ta’lim muassasalarida ro‘yxatdan o‘tish samaradorligining 2026 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazining 2023 yil 7 apreldagi 01/28-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi oliy ta’lim faoliyati monitoringini tashkil etishda raqamli texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirish asosida oliy ta’lim muassasalarida ro‘yxatdan o‘tish samaradorligini o‘rta muddatli istiqbolda boshqa asosiy faoliyat ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro muvofiqlashtirish imkonini yaratgan.

  

Yangiliklarga obuna bo‘lish