Isabaeva Asida Yusufjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha yoshdagi bolalarni muloqotga o‘rgatish texnologiyalarini takomillashtirish”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped.2372.
Ilmiy rahbar: Yusupova Shohidaxon Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Najmiddinova Hilola Yoqubjonovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Axmedova Maloxat Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarni muloqotga o‘rgatishning samarali omillarini aniqlash va texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalarni muloqotga o‘rgatishning pedagogik-psixologik xususiyatlari ijtimoiy sheriklik va nutqiy idrok omillariga asoslangan o‘quv muhitiga aniq talaffuz va ifodali nutq ustuvorligi tamoyillarini “savol-javobdan – bog‘langan nutqqa” munosabatida joriy etish asosida aniqlashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni muloqotga o‘rgatishning pedagogik shart-sharoitlari bolalarda nutqiy zaxirani intensiv rivojlantiruvchi variativ yondashuvlarni pedagoglarning metodik kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan axborotli-hamkorlik muhitida sifat va miqdor mutanosibligida qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni muloqotga o‘rgatish modeli “Til va nutq”, “Sahnalashtirish” markazlarida bolalarning akademik-ijodiy, nutqiy-motivatsion harakat traektoriyasini faol tashkil etishga mo‘ljallangan tinglash, tushunish, ifodalash o‘quv topshiriqlarini teskari ta’lim elementlariga adaptivlashtirish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni muloqotga o‘rgatishning verbal va noverbal vositalariga asoslangan hamkorlik texnologiyalari mnemotexnika elementlarini dialogik muhitda ritmik-emotsional qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni muloqotga o‘rgatish texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha yoshdagi bolalarni muloqotga o‘rgatishning pedagogik-psixologik xususiyatlari ijtimoiy sheriklik va nutqiy idrok omillariga asoslangan o‘quv muhitiga aniq talaffuz va ifodali nutq ustuvorligi tamoyillarini savol-javobdan bog‘langan nutqqa o‘tish munosabatida joriy etishga oid takliflari “Bolalar nutqini o‘stirish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-son buyruq guvohnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim va oliy ta’lim mazmunining integratsiyalashuvi asosida bolalar nutqini tizimli o‘stirish jarayonini didaktik ta’minlashga erishilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni muloqotga o‘rgatishning pedagogik shart-sharoitlari bolalarda nutqiy zaxirani intensiv rivojlantiruvchi variativ yondashuvlarni pedagoglarning metodik kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan axborotli-hamkorlik muhitida sifat va miqdor mutanosibligida qo‘llashga doir tavsiyalaridan “Bolalar nutqini o‘stirish” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 25-dekabrdagi 538-sonli guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak tarbiyachilarni bolalarda muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga tayyorlashning pedagogik, axborotli imkoniyatlari kengaytirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni muloqotga o‘rgatishning verbal va noverbal vositalariga asoslangan hamkorlik texnologiyalari mnemotexnika elementlarini dialogik muhitda ritmik-emotsional qo‘llash asosida takomillashtirilgan takliflari “Bolalar nutqini o‘stirish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-son buyruq guvohnomasi). Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarda ham ko‘rib, ham eshitish orqali qabul qilingan axborotning bir yoqlama qabul qilingan axborotga nisbatan foydali koefisenti aniqlashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni muloqotga o‘rgatish modeli “Til va nutq”, “Sahnalashtirish” markazlarida bolalarning akademik-ijodiy, nutqiy-motivatsion harakat traektoriyasini faol tashkil etishga mo‘ljallangan tinglash, tushunish, ifodalash o‘quv topshiriqlarini teskari ta’lim elementlariga adaptivlashtirish haqida atroflicha yoritib berish maqsadida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” radioeshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2022-yil 10-noyabrdagi 04-36-1699-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, radiotinglovchilar maktabgacha yoshdagi bolalarni muloqotga o‘rgatishda tinglash, tushunish, ifodalash, o‘quv topshiriqlarini teskari ta’lim elementlariga adaptivlashtirish haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan.