Bahromova Muhayyo Mansurjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kompyuter o‘yinlari orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida raqamli tafakkur elementlarini shakllantirish metodikasi”, 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped1336.
Ilmiy rahbar: Najmiddinova Xilola Yokubjanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Ozoda Safibullaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida raqamli tafakkur elementlarini shakllantirishga mo‘ljallangan kompyuter o‘yinlari majmui va undan foydalanish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Raqamli tafakkur” tushunchasi va uning o‘xshashlikni aniqlash (Pattern recognation), obrazli tafakkur, algoritmik tafakkur, mantiqiy tafakkur, abstraksiyalash va umumlashtirish, axborotni tizimli qayta ishlash, avtomatlashtirish kabi elementlari individual, texnologik, fasilitativ va adaptiv yondashuvlarga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida raqamli tafakkur elementlarini shakllantirish va rivojlantirishning muammoli ta’lim, o‘yinga asoslangan ta’lim, loyihalashtirish, kollaborativ ta’lim va kooperativ ta’lim yondashuvlari asosida raqamli va kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan innovatsion model takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida raqamli tafakkur elementlarini shakllantirishning multimediya texnologiyalariga asoslangan metodikasi raqamli vositalardan foydalanishning pedagogik, psixologik, fiziologik, erganomik va texnik talablarini inobatga oluvchi algoritm hamda pedagogik va axborot texnologiyalarining uyg‘unligini ta’minlovchi “Raqamli tafakkur sari” nomli intellektual milliy raqamli o‘yin dasturlari majmui asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida raqamli tafakkur elementlarining shakllanganlik darajasini aniqlashning tez va atroflicha fikrlash, qonuniyatni topish, obrazlardagi o‘xshashlik va farqli jixatlarni aniqlash, muammoni abstraksiya, dekompozisiya, umumlashtirish, parallel fikrlash va ketma-ketlik orqali hal qilish kabi ko‘rsatkichlarga asoslangan mezoni hamda uni o‘quvchilarning intellektual rivojlanish indikatorlari (xotira tezligi, tafakkur tezligi, diqqatning barqarorligi, reaksiyaning tezligi, optimal echim tanlash) bilan muvofiqlashtiruvchi avtomatlashtirilgan tizim ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kompyuter o‘yinlari orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida raqamli tafakkur elementlarini shakllantirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Raqamli tafakkur” tushunchasi va uning o‘xshashlikni aniqlash (Pattern recognation), obrazli tafakkur, algoritmik tafakkur, mantiqiy tafakkur, abstraksiyalash va umumlashtirish, axborotni tizimli qayta ishlash, avtomatlashtirish kabi elementlari individual, texnologik, fasilitativ va adaptiv yondashuvlarga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir tavsiyalar “Algoritmik tillar va dasturlash” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-buyrug‘i asosidagi 233-0802-son guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning ta’lim jarayoni maqsadini amalga oshirishlari uchun zarur bilimlarga ega bo‘lishlariga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida raqamli tafakkur elementlarini shakllantirish va rivojlantirishning muammoli ta’lim, o‘yinga asoslangan ta’lim, loyihalashtirish, kollaborativ ta’lim va kooperativ ta’lim yondashuvlari asosida raqamli va kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan innovatsion modelidan “Algoritmik tillar va dasturlash” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-buyrug‘i asosidagi 233-0802-son guvohnomasi). Natijada, o‘quvchilarda fanlarga doir bilimlarni geymifikatsiya yordamida shakllantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida raqamli tafakkur elementlarini shakllantirishning multimediya texnologiyalariga asoslangan metodikasi raqamli vositalardan foydalanishning pedagogik, psixologik, fiziologik, erganomik va texnik talablarini inobatga oluvchi algoritm hamda pedagogik va axborot texnologiyalarining uyg‘unligini ta’minlovchi “Raqamli tafakkur sari” nomli intellektual milliy raqamli o‘yin dasturlari majmui asosida takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan milliy o‘quv dasturi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023 yil 17 iyuldagi 01/11-01/9-632-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida raqamli tafakkur elementlarini shakllantirish jarayonining takomillashishiga erishilgan;
tez va atroflicha fikrlash, qonuniyatni topish, obrazlardagi o‘xshashlik va farqli jixatlarni aniqlash, muammoni abstraksiya, dekompozisiya, umumlashtirish, parallel fikrlash va ketma-ketlik orqali hal qilish kabi ko‘rsatkichlarga asoslangan mezoni hamda uni o‘quvchilarning intellektual rivojlanish indikatorlari (xotira tezligi, tafakkur tezligi, diqqatning barqarorligi, reaksiyaning tezligi, optimal echim tanlash) “Algoritmik tillar va dasturlash” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-buyrug‘i asosidagi 233-0802-son guvohnomasi). Natijada, o‘quvchilarning intellektual rivojlanganlik darajasini aniqlash mezonining takomillashishiga erishilgan.