Buzrukov To‘lqin Omonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i) “Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarida fizikadan masalalar echish asosida fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2235.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xujanov Erkin Berdievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Yusuf G‘anievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Sultonova O‘g‘iloy Nabievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarida fizikadan masalalar echish asosida fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
fizikadan masalalar echish asosida o‘quvchilarning fanga oid kompetensiyalarini shakllantirishning tashkiliy-metodik aspektlari dars va laboratoriya mashg‘ulotlari integratsiyasiga asoslangan eksperimental masalalarni qayta aloqali muhitda produktivlik darajalarda qo‘llash asosida ochib berilgan;
o‘quvchilarda fizikadan fanga oid kompetensilarni shakllantirishning metodik modeli masalani tushunish, echish, natijalarni tahlil qilishga tizimli tayyorlovchi grafikli, geometrik, analitik-sintetik metodlarni o‘qituvchilarning innovatsion faoliyatiga algoritmik munosabatda kiritish asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarida ko‘p funksiuali fizik masalalarni oson echish va hayotda moddiy dunyoning umumiy qonuniyatlaridan foydalanish ko‘nikmalarini hamda induktiv va deduktiv xulosalar chiqarish qobiliyatlarini ijobiy dinamikada rivojlantirishga qaratilgan nostandart muammoli vaziuatlarni individual yo‘naltirilgan o‘quv muhitida differensial adaptatsiyada qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda amaliy va ilmiy xabardorlik kompetensiyalarining shakllanganligini baholash mezonlari amaliy va kognitiv yo‘naltirilgan o‘quv topshiriqlarini mustaqil ish va nazorat darslarida shaxsiy monitoringli munosabatda qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarida masala echish asosida fizikadan ilmiy xabardorlik kompetensiyasini shakllantirish bo‘yicha keltirilgan ilmiy metodik va amaliy takliflar asosida:
o‘quvchilarda fizikadan fanga oid kompetensilarni shakllantirishning metodik modeli masalani tushunish, echish, natijalarni tahlil qilishga tizimli tayyorlovchi grafikli, geometrik, analitik-sintetik metodlarni o‘qituvchilarning innovatsion faoliyatiga algoritmik munosabatda kiritishga oid tavsiyalardan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining F-OT-2021-497 “Fotoelektrik issiqlik batareyalari asosida kogeneratsion qurilmalarini yaratishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish” (2019-2022 y.y.) mavzusidagi grant loyihasini “Fotoelektrik issiqlik batareyalarini fizik parametrlarini hisoblash” qismini bajarishda foydalanilgan (Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining 2023-yil 1-martdagi 01/9-14-666-son dalolatnomasi). Natijada, fizikadan masala echish mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning Quyosh energiyasi manbalarining fizik parametrlarini o‘rganish, fizik-texnik bilimlarga bo‘lgan motivatsiyalarini oshirish hamda mustaqil fikrlash qobiliyatlari rivojlantirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarida ko‘p funksiuali fizik masalalarni oson echish va hayotda moddiy dunyoning umumiy qonuniyatlaridan foydalanish ko‘nikmalarini hamda induktiv va deduktiv xulosalar chiqarish qobiliyatlarini ijobiy dinamikada rivojlantirishga qaratilgan nostandart muammoli vaziuatlarni individual yo‘naltirilgan o‘quv muhitida differensial adaptatsiyada qo‘llashga doir tavsiyalari Toshkent shahri Yangihayot tumani 8-; Mirzo Ulug‘bek tumani 256-; Uchtepa tumani 296-; Surxondaryo viloyatining Termiz shahridan 3-,9-; Qiziriq tumanidagi 6-; Farg‘ona viloyatidagi Uchko‘prik tumani 14-, 28-, 30-; umumta’lim maktablarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023-yil 10-maydagi 01/11-01/9-331-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika fani dars mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishga erishilgan;
fizikadan masalalar echish asosida o‘quvchilarning fanga oid kompetensiyalarini shakllantirishning tashkiliy-metodik aspektlari dars va laboratoriya mashg‘ulotlari integratsiyasiga asoslangan eksperimental masalalarni qayta aloqali muhitda produktivlik darajalarda qo‘llashga oid tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli teleko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK Toshkent shahri teleradiokompaniyasining 2023-yil 3-maydagi 04-36-383-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning kreativligi, hamda masalalar echish asosida fanga oid kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan.