To‘raev Shuxratjon Farmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Kredit-modul tizimida mustaqil ta’limni innovatsion texnologiyalardan foydalanib takomillashtirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3897.
Ilmiy rahbar: Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Bazarova Saodat Jamolovna, pedagogika fanlari doktori, professor, Chorshanbiev Zafar Esanpulatovich, pedogogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yoʻnalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kredit-modul tizimida innovatsion texnologiyalardan foydalanib, talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kredit-modul tizimida oliy ta’lim muassasalarida mustaqil ta’lim samaradorligini oshirishning mavjud muammolarini bartaraf qilish va kasb buyurtmachisining zamonaviy talablaridan kelib chiqib, talabaning individual ta’lim traektoriyasini belgilash imkoniyatlarining o‘zaro ta’siri aniqlashtirilgan;
kredit-modul tizimida mustaqil ta’limni tashkil etish modeli talabalarga onlayn shaklda o‘zaro faol muloqot qilish hamda axborot ta’lim resurslaridan qulay foydalanishga xizmat qiluvchi web ilovalar ishlab chiqish, yakka va hamkorlikda o‘qitish metodlariga ko‘ra takomillashtirilgan;
auditoriyadan tashqaridagi mustaqil ta’limga tayyorlash metodikasi talabaning o‘z-o‘zini nazorat qilish imkoniyatlarini kengaytirish bilan motivatsion muhit yaratish, umumiy mantiqiy usullar yordamida tahliliy va tanqidiy fikrlash, ma’lumotlarni tezkor filtrlash ko‘nikmalariga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida talabalarning modul bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni egallaganlik darajasi, fanning umumiy qonuniyatlarini yaxlit tushuna olish, kognitiv bilish, kompetensiyaviy yondashish qobiliyatlari integratsiyasiga ko‘ra baholash mezonlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning o‘zlashtirish samaradorligini mustaqil ta’lim vositalari yordamida rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
kredit-modul tizimida oliy ta’lim muassasalarida mustaqil ta’lim samaradorligini oshirishning mavjud muammolarini bartaraf qilish va kasb buyurtmachisining zamonaviy talablaridan kelib chiqib, talabaning individual ta’lim traektoriyasini belgilash imkoniyatlarining o‘zaro ta’sirini aniqlashtirishga oid ma’lumotlardan Samarqand davlat chet tillar institutining I-OT-2017-4-2-raqamli “Metodik tizimda kompyuter imitatsion modellari asosidagi virtual resurslarni yaratish va imkoniyati cheklangan yoshlar ta’limida joriy etish” (2019-2022 y.y.) mavzusidagi grant loyihasining “Ta’limda muammoli vaziyatlardan foydalanish metodikasi” qismini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 24-maydagi 1366/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning tahliliy tafakkurini rivojlantirish orqali ta’lim samaradorligiga erishilgan;
auditoriyadan tashqaridagi mustaqil ta’limga tayyorlash metodikasi talabaning o‘z-o‘zini nazorat qilish imkoniyatlarini kengaytirish bilan motivatsion muhit yaratish, umumiy mantiqiy usullar yordamida tahliliy va tanqidiy fikrlash, ma’lumotlarni tezkor filtrlash ko‘nikmalariga ustivorlik berish asosida takomillashtirishga hamda kredit-modul tizimida mustaqil ta’limni tashkil etish modeli talabalarga onlayn shaklda o‘zaro faol muloqot qilish hamda axborot ta’lim resurslaridan qulay foydalanishga xizmat qiluvchi web ilovalar ishlab chiqish, yakka va hamkorlikda o‘qitish metodlari asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlardan Samarqand davlat chet tillar institutining I-OT-2017-4-2-raqamli “Metodik tizimda kompyuter imitatsion modellari asosidagi virtual resurslarni yaratish va imkoniyati cheklangan yoshlar ta’limida joriy etish” (2019-2022 y.y.) mavzusidagi grant loyihasining “Ta’lim jarayonini individuallashtirish metodikasi” qismini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 24-maydagi 1366/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda innovatsion texgologiyalardan foydalanib talabalar mustaqil ta’limini tashkil qilish imkoniyatlari oshirilgan.