Xamidova Barno Maxmudovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetentligini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3850. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.  
Ilmiy rahbar: Olimov Qaxramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01. 
Rasmiy opponentlar: Matchanov Sapa Murodovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Muxsieva Aziza Shamsiddinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika nazariyasi va amaliyotida ijtimoiy kompetensiyaning tarkibiy qismi sifatida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida o‘quvchilarning oilalari bilan hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish kompetensiyasini shakllantirishning strukturaviy - mazmuniy xususiyatlari aniqlashtirilib, ushbu yo‘nalishda maktabning asosiy va tarkibiy-mazmun xususiyatlari asoslab berilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarning oilalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlantirish modeli maqsadli, tashkiliy-protsessual,  funksional-mazmunli va natijaviy – monitoring komponentlarining o‘zaro aloqadorligini ta’minlash hamda “Working together, Teambuilding, Cooperative learning” kabi interfaol metodlarni mazmuniga singdirish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarning oilalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi funksional – faoliyatli, shaxsiy – faoliyatli, madaniy, kognitiv – kreativ va aksiologik yondashuvlarga ko‘ra takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetensiyasining rivojlanganligi hamda ota-onalar bilan ishlashga kasbiy tayyorgarligining yakuniy natijasi sifatida o‘quvchilarning oilalari bilan hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha malaka darajasining mezonlari (kognitiv, xulqiy, shaxsiy shakllangan) va ko‘rsatkichlari (qiyosiy qaytaruvchi, konstruktiv rivojlantiruvchi, tashabbuskor o‘zgartiruvchi) ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Zamonaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarning oilalari bilan hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
pedagogika nazariyasi va amaliyotida ijtimoiy kompetensiyaning tarkibiy qismi sifatida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida o‘quvchilarning oilalari bilan hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish kompetensiyasini shakllantirishning strukturaviy - mazmuniy xususiyatlari aniqlashtirilib, ushbu yo‘nalishda maktabning asosiy va tarkibiy-mazmun xususiyatlari asoslab berilganligiga oid takliflar “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 9 fevraldagi 1-son buyrug‘I, 1-19/2021 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarning ota onalari bilan ishlashda kompetensiyasini rivojlantirish imkonini bergan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarning oilalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha kompetensiyalarini shakllantirish modeli takomillashtirish va “Working together, Teambuilding, Cooperative lear” kabi interfaol metodlaridan samarali foydalanishga  doir tavsiyalardan Jizzax politexnika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining OT-F1-049 raqamli “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” (2017-2021) mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2023 yil 15 iyundagi 02-1646/1-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetentligini rivojlantirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarning oilalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi funksional – faoliyatli, shaxsiy – faoliyatli, madaniy, kognitiv – kreativ va aksiologik yondashuvlarga ko‘ra takomillashtirilganligi, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetensiyasining rivojlanganligi hamda ota-onalar bilan ishlashga kasbiy tayyorgarligining yakuniy natijasi sifatida o‘quvchilarning oilalari bilan hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha malaka darajasining mezonlari (kognitiv, xulqiy, shaxsiy shakllangan) va ko‘rsatkichlari (qiyosiy qaytaruvchi, konstruktiv rivojlantiruvchi, tashabbuskor o‘zgartiruvchi) ishlab chiqilganligiga oid takliflar “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 9 fevraldagi 1-son buyrug‘I, 1-19/2021 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada mazkur ishlanmalar bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish