Rixsieva Nazira Taxirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda birlamchi giperparatireozda paratireoidektomiyadan keyingi uzoq muddatlarda hayot sifatini baholash» 14.00.03–Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1820.
Ilmiy rahbar: [Ismailov Saydiganixodja Ibragimovich], tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Shagazatova Barno Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raximova Gul`nara Nishanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda birlamchi giperparatireozda paratireoidektomiyaning yaqin va uzoq muddatlardagi natijalarini va hayot sifatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda birlamchi giperparatireozning manifest shaklida ilk bor paratireoidektomiyadan keyingi natijalar yaqin (1, 3, 6 oy) va uzoq (1, 5, 10 yil) muddatlarda klinik, biokimyoviy, gormonal ko‘rsatkichlarni hayot sifati ko‘rsatkichlari bilan solishtirish orqali olingan natijalar asosida kasallikni erta tashxislash va nazoratga olish yo‘llari asoslangan;
bolalarda birlamchi giperparatireozni davolashning “oltin standarti” hisoblangan paratireoidektomiya natijasiga ta’sir etuvchi salbiy omillar, jumladan, kasallik davomiyligining 4-5 yildan ortishi, operatsiyadan oldin surunkali buyrak etishmasligi mavjudligi (43%); kal`siy (Sa>2,93mmol/l) hamda paratireoid gormonining yuqori darajasi (PTG>88,9pg/ml) aniqlangan;
bolalarda birlamchi giperparatireozni davolash natijalarini hayot sifatiga ta’siri ilk bor so‘rovnomalar asosida o‘rganilgan, paratireoid metabolizm darajasini me’yorlashtirish bilan birga muvaffaqiyatli jarrohlik davolash, kasallikning shaklidan qat’iy nazar, bemorlar hayot sifatiga ijobiy ta’sir etishi SF-36 (Health Status Questionnaire) hamda PAS (Parathyroid assessment of symptoms) so‘rovnomalari asosida olingan natijalar orqali isbotlangan;
birlamchi giperparatireozni erta tashxislanmasligi va davolanmasligi - o‘lim va nogironlik xavfi ortishiga olib keluvchi sabablar ekanligi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 23 iyundagi 03/51 son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy- amaliy tibbiyot markazi Jizzax filialining 16.11.2022 yildagi 99-sonli buyrug‘i bilan hamda Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialining 30.12.2022 yildagi 85-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: birlamchi giperparatireoz kuzatilgan bemorlarda o‘z vaqtida jarrohlik davolash muolajasini o‘tkazilishi orqali bemorlar salomatligining qayta tiklanishiga (88%) erishilgan; klinik belgilarning sezilarli ijobiy o‘zgarishlari negizida fosfor-kal`siy almashinuvini 84% (3-6 oy) va gormonal statusning 76% (1-3 oy) hollarda ijobiy dinamikasiga erishilgan; birlamchi giperparatireoz kasalligini ishlab chiqilgan erta tashxislash yo‘llari orqali og‘ir asoratlarni kamayishiga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarni tavsiya etilgan chora tadbirlarga amal qilingan holda erta tashxislash, davolash tamoyillarini o‘z vaqtida to‘g‘ri tanlash birlamchi giperparatireoz tufayli kelib chiquvchi asoratlarni hamda bolalarda orasida erta o‘lim hamda nogironlik holatlarini kamaytirish orqali uzoq muddatli iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Xulosa: birlamchi giperparatireozni davolashda paratireoidektomiya o‘tkazish uchun 4 million 358 ming so‘m mablag‘ talab qilinsa, uning buyrak va suyak asoratlarini davolashda kasalxonaga yotqizishni hisobga olgan holda, 7 million 853 ming so‘mga yaqin mablag‘ talab qilinadi. 1 nafar bemor hisobiga birlamchi giperparatireozning asoratlarini kamaytirish va oldini olish davlat mablag‘laridan 3 million 495 ming so‘m atrofida iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Bolalarda birlamchi giperparatireozda paratireoidektomiyadan keyingi uzoq muddatlarda hayot sifatini baholash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil 29 noyabrdagi 03/2515-sonli xati yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy- amaliy tibbiyot markazi Jizzax filialining 16.11.2022 yildagi 99-sonli buyrug‘i bilan hamda Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialining 30.12.2022 yildagi 85-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: birlamchi giperparatireozni o‘sayotgan organizmning postnatal rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatish darajasini erta tashxislash, kal`siy va paratireoid gormon darajasini nazorat qilish hamda paratireoidektomiya o‘tkazilishi tufayli bartaraf etilishiga erishilgan; Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorning shifoxonadagi davri uchun: bemorning shifoxonada qolish muddatini 15,5 kundan 11,5 kungacha kunga qisqartirib, to‘lov miqdorini 240 ming so‘mga kamaytirgan, shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 138 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirgan (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun 72.000 so‘m dori vositalari sarflanadi); Xulosa: birlamchi giperparatireozga chalingan bolalarda operatsiyadan oldingi va keyingi davrlarda nogironlik va o‘limga olib keluvchi omillarni erta bartaraf etish chora tadbirlarini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 89 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 48 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Bolalarda birlamchi giperparatireozda paratireoidektomiyadan keyingi uzoq muddatlarda hayot sifatini baholash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil 29 noyabrdagi 03/2515-sonli xati yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy- amaliy tibbiyot markazi Jizzax filialining 16.11.2022 yildagi 99-sonli buyrug‘i bilan hamda Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialining 30.12.2022 yildagi 85-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: birlamchi giperparatireoz bilan kasallangan bolalarni davolashdan keyin dinamikada kuzatib borish: jismoniy faolligini, ruhiy va ijtimoiy holatini, mehnatga layoqatini, ularning salomatligi bilan bog‘liq bo‘lgan hayot sifatini mukammal o‘rganish orqali bemorlar salomatligini sog‘lom aholi darajasiga etkazishga erishilgan. PAS so‘rovnomasi birlamchi giperparatireoz haqiqiy belgilarini oddiy va tez tahlil qilishga imkon berganligi sababli, ishonchli vosita sifatida birlamchi giperparatireoz bilan kasallangan bemorlarni davolashdan keyingi o‘zgarishlarini baholashga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: birlamchi giperparatireoz kasalligiga shubha qilingan yoki xavf guruhiga kiruvchi bemorlarda PAS so‘rovnomasini qo‘llash sog‘liqni saqlashni birlamchi bo‘g‘inida ushbu kasallikka erta tashxis qo‘yish va o‘z vaqtida kerakli tibbiy muassasalarga yuborish imkonini bergan va uni amalga oshirish uchun, maxsus malaka oshirgan shifokorlarga ehtiyoj yo‘qligi isbotlanib, ortiqcha sarf xarajatlar bilan maxsus tayyorgarlik ko‘rishi shart emasligi hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Xulosa: PAS so‘rovnomasiga ko‘ra, birlamchi giperparatireoz haqiqiy belgilarini tahlil qilish yo‘llari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 62000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: «Bolalarda birlamchi giperparatireozda paratireoidektomiyadan keyingi uzoq muddatlarda hayot sifatini baholash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil 29 noyabrdagi 03/2515-sonli xati yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy- amaliy tibbiyot markazi Jizzax filialining 16.11.2022 yildagi 99-sonli buyrug‘i bilan hamda Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialining 30.12.2022 yildagi 85-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: birlamchi giperparatireoz kuzatilgan bemorlarda jarrohlik amaliyotini o‘tkazilishi orqali bemorlar orasida nogironlikni 88% hamda o‘lim holatlarini 8,89% dan 2% ga kamayishiga erishilgan; Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: birlamchi giperparatireozni yagona davolash usuli - paratireoidektomiya ekanligini hisobga olsak, davolanmagan bemorlarni asoratlarini davolash juda ko‘p mablag‘ talab qiladi. Masalan, birlamchi giperparatireozni buyrak shaklida operatsiya qilinmagan bemorlarning yillik gemodializ muolajasi uchun sarflanadigan mablag‘ miqdoriga nisbatan bir martalik paratireoidektomiya amaliyoti 1,8 marta arzonroq. Xulosa: birlamchi giperparatireozni suyak asoratlarini (22,5%), tos va oyoq-qo‘l suyaklaridagi kistoz o‘zgarishlar (15%), qo‘pol deformatsiyalarini bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 87000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Bolalarda birlamchi giperparatireozda paratireoidektomiyadan keyingi uzoq muddatlarda hayot sifatini baholash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil 29 noyabrdagi 03/2515-sonli xati yuborilgan.