Matyakubov Hakimboy Hamidjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“O‘zbek va ingliz toponimlari antropotsentrik tadqiqi qiyosi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2112.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: O‘razboev Abdulla Durdiboevich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Raufjon Bahodirovich, filologiya fanlari doktori; Kalandarov Aybek Ruzimbaevich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz toponimlarining yuzaga kelish tamoyillari hamda ularning o‘zaro o‘xshash va farqli jihatlarini antropotsentrik paradigma orqali ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qarindosh bo‘lmagan tillar toponimiyasini antropotsentrik paradigma asosida har ikkala til materiallarining o‘zaro chog‘ishtirish samarali bo‘lgani uchun o‘zbek va ingliz toponimlarining yuzaga kelish tamoyillari, umumiylik hamda xususiylikni vujudga keltiruvchi omillar, o‘xshash va farqli jihatlar belgilab berilgan;
toponimiya uzoq davrlar davomida muayyan hududda millat va elatlar tajrijiy taraqqiyotiga bog‘liq ravishda tarkib topib kelgan o‘zida millat tafakkur tarzini aks etttirish imkoniyatlari yuqori til birligi sanalgani sababli antropotsentrik paradigma uchun muhim manba ekani ochib berilgan;
olamning lisoniy manzarasi tushunchasi va toponimiya, shuningdek, o‘zbek va ingliz obrazli tafakkurida toponimiyaning asrlar davomida shakllangan va vujudga kelgan o‘zgarishlarni tadrijiy ravishda aks ettirib boruvchi birliklar majmui sifatida muhim o‘ringa egaligi dalillangan;
o‘zbek va ingliz toponimiyasi shakllanishida inson va hayvonot munosabatlari, antropotsentrik paradigmada mikrotoponim va makrotoponim tushunchalari talqinining farq qilish sabablari, omillari hamda o‘ziga xosliklari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz toponimiyasi antropotsentrik tadqiqi qiyosi yuzasidan olingan natijalar asosida:
qarindosh bo‘lmagan tillar toponimiyasini antropotsentrik paradigma asosida har ikkala til materiallari o‘ziga xoslik bilan birga qator umumiylikka egaligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2015-2017-yillarda bajarilgan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” ilmiy loyihalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston Gumanitar fanlar institutining 2023-yil 11-apreldagi 176/1-son ma’lumotnomasi). Shu tarzda qarindosh bo‘lmagan tillar toponimiyasini antropotsentrik paradigma asosida chog‘ishtirma o‘rganish asnosida aniqlangan ingliz va tirkiy xalqlar toponimik materiallaridagi umumiy va xususiyliklarning muayyan omillari borligi dalillangan;
toponimiya uzoq davrlar davomida muayyan hududdagi millat va elatlar tajrijiy taraqqiyotiga bog‘liq ravishda tarkib topib kelgan, o‘zida millat tafakkur tarzini aks etttirish imkoniyatlari yuqori til birligi sanalgani haqidagi xulosalardan Xorazm Ma’mun akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-martdagi “Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash hamda Xiva shahrida Ogahiy ijod maktabini tashkil etish to‘g‘risida”gi 238-sonli qarori 3-bandiga muvofiq amalga oshirilgan Ogahiy “Asarlar” silsilasining 6-, 8-, 9-jildlarini nashrga tayyorlash va chop etishda foydalanilgan (Xorazm Ma’mun akademiyasining 2023-yil 18-apreldagi 61/223-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur nashrlardagi tarixiy asarlardan joy olgan toponimlarning to‘g‘ri o‘qilishi, talqin qilinishi, mumtoz matn onomastikasining o‘ziga xosliklarini yana-da chuqur anglanishiga, joy nomlarining millat tafakkur tarzini aks etttirish imkoniyatlari yuqori til birligi ekani isbotini topishiga erishilgan;
olamning lisoniy manzarasi tushunchasi va toponimiya, shuningdek, o‘zbek va ingliz obrazli tafakkurida toponimiyaning asrlar davomida shakllangan va vujudga kelgan o‘zgarishlarni tadrijiy ravishda aks ettirib boruvchi birliklar majmui ekaniga oid tahlillardan “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi xodimlariga ilmiy ma’ruzalar o‘qishda foydalanilgan (Xiva “Ichan-Qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasining 2023-yil 23-apreldagi 0101/212-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada Xiva “Ichan-Qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasida gid-yoʻlboshlovchilarning katta qismini ingliz tili mutaxassislari tashkil etgani uchun gid-yoʻlboshlarning nutqi rivojlanib, sayyohlarni o‘ziga tortish imkoniyati yana ham kengayishi, ma’lumotlarni joy nomlari bilan bog‘liq ravishda uzviylikda berish qobiliyatlari oshishiga xizmat qilgan;
o‘zbek va ingliz toponimiyasi shakllanishida inson va hayvonot munosabatlari, antropotsentrik paradigmada mikrotoponim va makrotoponim tushunchalari shu kungacha qadar talqin qilinib kelinganidan ko‘ra farq qilishi sabablari va omillari hamda o‘ziga xosliklari haqidagi amaliy tavsiyalardan Xorazm teleradiokompaniyasining “Assalom, Xorazm” dasturining “Suhbatdosh” ruknidagi eshittirishlarning ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm teleradiokompaniyasining 2023-yil 29-martdagi 4-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va ingliz toponimiyasi shakllanishida insonning borliq bilan munosabati, o‘zbek va ingliz toponimik tizimini shakllanishining o‘ziga xosliklari, til markazida inson g‘oyasiga oid tushunchalar talqini orqali teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarning yangi materiallar, ilmiy asoslangan dalillar bilan boyishiga xizmat qilgan.