Inatov Abror Ismatovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning informatika fanlari doirasida kasbiy kompetentligini shakllantirishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped789.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Normurodov Chori Begalievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03. 
Rasmiy opponentlar: Najmiddinova Xilola Yoqubjanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Allakov Ismoil, fizika-matematika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning informatika fanlari doirasida kasbiy kompetentligini shakllantirishda innovatsion texnologiyalarni ta’lim traektoriyasi asosida qo‘llash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning informatika fanlari doirasida kasbiy kompetenligini shakllantirishda ta’lim traektoriyasidan foydalanish modeli loyihalash, izchillik, ko‘rgazmalilik, faollik tamoyillariga ustuvorlik berish hamda maqsadli-mazmunli, tashkiliy-metodik jarayonlarning integratsiyalashuvi asosida takomillashtirilgan;
talabalarning informatika fanlariga oid kasbiy kompetensiyasi tamoyillari ta’lim traektoriyasini yaratishga qo‘yiladigan talablar, materiallar mazmuni, ularni tanlash hamda didaktik, metodik, psixologik, texnik, estetik, maxsus, ergonomik shart-sharoitlarga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning informatika fanlari doirasida ta’lim traektoriyalaridan foydalanish mexanizmi didaktik konsepsiyalarni (o‘quv motivi, kasbiy qadriyatlar, shaxsiy qiziqish, muhim ehtiyojlar, kasbiy faoliyatning individualligi, individual o‘quv muvaffaqiyati) qo‘llash, AKT va elektron axborot-ta’lim muhitidan foydalanish, o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z ustida ishlash, izlanuvchanlik, kreativlik, prognozlash qobiliyatlarini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
ta’lim traektoriyasiga asoslangan o‘quv jarayonini tashkil qilishning dasturiy-metodik ta’minoti asisment, xulosalash metodlari va kreativ, kognitiv fikrlashga oid amaliy topshiriqlar, online va offline testlar, nostandart testlarni o‘z ichiga olgan interaktiv dasturiy-pedagogik vositalarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning informatika fanlari doirasida kasbiy kompetentligini shakllantirishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash metodikasini takomillashtirish mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
talabalarning informatika fanlari doirasida kasbiy kompetenligini shakllantirishda ta’lim traektoriyasidan foydalanish modeli loyihalash, izchillik, ko‘rgazmalilik, faollik tamoyillariga ustuvorlik berish hamda maqsadli-mazmunli, tashkiliy-metodik jarayonlarning integratsiyalashuvi asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan OT-Atex-2018-519 “Kompyuter imitatsion modellar asosida virtual resurslar Web-ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish” (2018-2020-yy.) amaliy tadqiqotlari ilmiy loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 19-apreldagi 1018/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning informatika fanlarida kasbiy kompetentligini innovatsion texnologiyalar asosida tadqiq etish metodikasini takomillashtirishga erishilgan.
talabalarning informatika fanlari doirasida ta’lim traektoriyalaridan foydalanish mexanizmi didaktik konsepsiyalarni (o‘quv motivi, kasbiy qadriyatlar, shaxsiy qiziqish, muhim ehtiyojlar, kasbiy faoliyatning individualligi, individual o‘quv muvaffaqiyati) qo‘llash, AKT va elektron axborot-ta’lim muhitidan foydalanish, o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z ustida ishlash, izlanuvchanlik, kreativlik, prognozlash qobiliyatlarini rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan OT-Atex-2018-519 “Kompyuter imitatsion modellar asosida virtual resurslar Web-ilovasini  dasturiy ta’minotini yaratish” (2018-2020-yy.) amaliy tadqiqotlari ilmiy loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 19-apreldagi 1018/30.02.01-son ma’lumotnomasi)  . Natijada, talabalarning informatika fanlari doirasida kasbiy kompetenligini shakllantirishda ta’lim traektoriyasidan foydalanish modeli yaratilgan;
ta’lim traektoriyasiga asoslangan o‘quv jarayonini tashkil qilishning dasturiy-metodik ta’minoti asisment, xulosalash metodlari va kreativ, kognitiv fikrlashga oid amaliy topshiriqlar, online va offline testlar, nostandart testlarni o‘z ichiga olgan interaktiv dasturiy-pedagogik vositalarni ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan OT-Atex-2018-519  “Kompyuter imitatsion modellar asosida virtual resurslar Web-ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish” (2018-2020-yy.) amaliy tadqiqotlari ilmiy loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 19-apreldagi 1018/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda informatika fanlari doirasida kasbiy kompetentligini shakllantirishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash metodikasini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish