Qo‘ldoshev Rustambek Avezmurodovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
    

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda boshlang‘ich sinf darsliklari yaratilishining metodik asoslari”, 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Ped358.
Ilmiy maslahatchi: Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04 raqamli Bir martalik ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Safarova Rohatoy Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Nurullaeva Shahlo Uktamovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Hamroev G‘ofur Hasanovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi  tashkilot: Termiz davlat universiteti.
        Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda boshlang‘ich sinf darsliklarini yaratish tarixini o‘rganish, ilmiy-nazariy asoslash, yangi avlod darsliklari zamonaviy tendensiyalarini ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llash metodikasini takomillashtirishdan iborat.  
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf darsliklarda foydalanilgan didaktik tamoyillar mazmun-mohiyatini tahliliy o‘rganish natijalarini yangi avlod darsliklarini shakllantirish va yaratish xususiyatlari o‘quvchi va o‘quv materiali orasidagi bog‘lanishlarning mazmunli, maqsadli, funksional va vositaviy aloqalarning shakllanganlik darajasi aniqlashlashtirilgan; 
boshlang‘ich sinf darsliklarida tayanch va fanga oid kompetensiyalarga ta’sir etuvchi omillarni tasniflashning shakl va mazmun-mohiyatidan kelib chiqib refleksiv, ma’rifiy, kommunikativlik va kognitiv-pragmatik kompetensiyalari o‘quvchilarning psixolingvistik qobiliyatlarini hamda nutq va tafakkurning o‘zaro dialektik bog‘liqligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan; 
boshlang‘ich sinf darsliklarida o‘quvchilarning dunyoqarashi va tafakkurini rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga doir tasavvurlarni uyg‘otish, evristik qobiliyatlarni rivojlantirish, ijodiy topshiriqlar zamonaviy texnologiyalarga tayanib darslar mazmuni nazariy va amaliy jihatlarga ko‘ra takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim mazmuni va darslik yaratish sohasidagi tajribalarni o‘rganish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining komponentlari o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi kommunikativlik kolloborativ yondashuvga ko‘ra ergonomik loyihalash asosida umumlashtirilgan; 
boshlang‘ich sinflarda darsliklar yaratilishida grammatik tushunchalarni modellashtirish va algoritmik mashqlarning metodik imkoniyatlari shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar asosida o‘qitishni takomillashtirish “Ona tili” va  “O‘qish savodxonligi” o‘quv predmetlaridan foydalanish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda boshlang‘ich sinf darsliklari yaratilishining metodik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf darsliklarda foydalanilgan didaktik tamoyillar mazmun-mohiyatini tahliliy o‘rganish natijalarini yangi avlod darsliklarini shakllantirish va yaratish xususiyatlari o‘quvchi va o‘quv materiali orasidagi bog‘lanishlarning mazmunli, maqsadli, funksional va vositaviy aloqalarning shakllanganlik darajasini aniqlashga doir ilmiy asoslangan tahliliy materiallardan “F1-XT-1-31247. O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish strategiyasi” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27 apreldagi 02/02-01-63-son ma’lumotnomasi). Natijada ona tili va o‘qish savodxonligi darslarining mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
boshlang‘ich ta’lim mazmuni va darslik yaratish sohasidagi tajribalarni o‘rganish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining komponentlari o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi kommunikativlik kolloborativ yondashuv vositasida ergonomik loyihalashga doir tavsiyalarni amaliyotda qo‘llash malakasi hamda kreativ faollik rivojlantirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27 apreldagi 02/02-01-63-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilar grammatik bilimlarining oshishiga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf darsliklarida tayanch va fanga oid kompetensiyalarga ta’sir etuvchi omillarni tasniflashning shakl va mazmun-mohiyatidan kelib chiqib refleksiv, ma’rifiy, kommunikativlik va kognitiv-pragmatik kompetensiyalari o‘quvchilarning psixolingvistik qobiliyatlarini hamda nutq va tafakkurning o‘zaro dialektik bog‘liqligiga oid ishlab chiqilgan takliflar “Ona tili o‘qitish metodikasi”, “Husnixatga o‘rgatishning amaliy asoslari”, “Metodika fanlari o‘qitish texnologiyasi” (Buxoro, “Fan va ta’lim”. 2022-2023-y.y.) darsliklarining mazmunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27 apreldagi 02/02-01-63-son ma’lumotnomasi). Natijada 5111700-boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun “Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darsliklarining yangi avlodini yaratish” tanlov fani joriy etilgan;
boshlang‘ich sinf darsliklarida o‘quvchilarning dunyoqarashi va tafakkurini rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga doir tasavvurlarni uyg‘otish, evristik qobiliyatlarni rivojlantirish, ijodiy topshiriqlar zamonaviy texnologiyalarga oid taklif hamda tavsiyalardan “A1-XT-19701 O‘quvchilarning o‘quv-biluv imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladigan vaziyatlarni loyihalash mexanizmlari” amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27 apreldagi 02/02-01-63-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fanga oid va tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishning integrallashgan metodik ta’minoti o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish