Saidov Madilxon Azizxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ohangaron havzasi quruqlik mollyuskalarining (Gastropoda, Pulmonata) faunasi va ekologik-biologik hususiyatlari», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/B399.
Ilmiy rahbar: Pazilov Abduvait Pazilovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.91.01.
Rasmiy opponentlar: Boymurodov Xusniddin Toshbultaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Dadaev Saydulla, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ohangaron havzasi quruqlik mollyuskalari faunistik tarkibini aniqlash va ularning ekologo-biologik xususiyatlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ohangaron havzasi quruqlik mollyuskalarining taksonomik tarkibi kompleks tarzda asoslangan hamda hudud uchun 21 ta avlod va 13 ta oilaga mansub 63 ta tur shundan mollyuskalarining 8 ta turi (T. sallicratis P. sterrii, Ps. chodschendicus, Ps. sogdianus, Ps. submucronatus, F. dichrozona, F. rerlucens, X. krynickii) xudud va G‘arbiy Tyan`-Shan` uchun yangi tur ekanligi aniqlangan;
ilk bor, quruqlik mollyuskalarining biotoplar bo‘yicha taqsimlanganligi aniqlangan;
Ohangaron havzasi janubiy va shimoliy yonbag‘irliklari malakofaunasining mezobiontlar, kserobiontlar, mezokserobiontlar, gigrofillar va kriomezokserobiont ekologik guruhlari aniqlangan; Leucozonella mesoleucaning biologik xususiyatlari  va ko‘payish jarayonining  havo harorati va namlikga bog‘liqligi xamda hayot sikli uchun optimal xarorat +18,5oS ekanligi aniqlangan; 
ilk bor, endemizim darajasi, Ohangaron havzasida tarqalgan 63 turdagi quruqlik mollyuskalaridan 35 ta turi O‘rta Osiyo endemiklari ekanligi aniqlangan;
Ohangaron havzasi quruqlik mollyuskalari populyasiyasining holati: 63 turdan 5 tasi P. entoptyx T. inversa,,F. sinistrorosa, L. Ferghanica, L. ujfalvyanus turlar himoyaga muxtoj ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ohangaron havzasi quruqlik mollyuskalarining (Gastropoda, Pulmonata) faunasi va ekologik-biologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
quruqlik mollyuskalarining kamyob va himoyaga muhtoj turlarini faunistik komplekslardagi yashash muhitlariga antropogen omillar ta’sirini baholash asosida turlarni muhofaza qilish va saqlab qolish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” davlat Qo‘mitasining Toshkent viloyati Ohangaron bo‘limi faoliyati  amaliyotiga  joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 2 fevraldagi 04-02/8-214-son ma’lumotnomasi). Natijada, havzadagi himoyaga muhtoj P.entoptyx, T.inversa, T.sinistrorosa, L.ferghanica, L.ujfalvyanus turlar lokalitetlarini aniqlash, yashash muhitlarini muhofaza qilish va populyasiyalarini saqlab qolish imkonini bergan;
quruqlik mollyuskalarining ekologik xususiyatlari va populyasiya holati, ularning ayrim turlari qoramollarda uchraydigan parazit gel`mintlarning oraliq xo‘jayini №A-8-4 “Chorva mollarining nasldorlik sifatini yaxshilashda biotexnologik usullardan foydalanishni joriy etish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 iyuldagi 89-03-2421-son ma’lumotnomasi). Natijada, chorva mollarida Varestrongylus pneumonicus, Brachylaemus aequan, Protostrongylus raillieti, Protostrongylus davtiani, Protostrongylus rufescens, Hasstilesia ovis kabi parazit gel`mintlarning tarqalishini oldini olish va qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish