Allamova Shohista Shavkat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni samaradorligini aralash ta’lim asosida takomillashtirish metodikasi (Informatikaning nazariy asoslari fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped4969.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chiqchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Ilxom Qudratovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Djumabaev Davlatboy Xalillaevich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Yuldashev Ismoil Abrievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aralash ta’lim asosida oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni samaradorligini takomillashtirish metodikasini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini aralash ta’lim asosida tashkil etishning didaktik imkoniyatlari o‘quv muhitini faollashtiruvchi institutsional, texnologik va interfoal metodlarni an’anaviy va masofaviy ta’lim integratsiyasi muhitiga intensiv joriy etish asosida aniqlashtirilgan;
aralash ta’lim muhitida o‘quv jarayonini tashkil etish mexanizmi o‘quv faoliyatini rejalashtirish (backward design), tashkil etish, materiallarni to‘plash va tayyorlash, natijalarni baholash (formative assisment) kabi operatsion-texnologik bosqichlarda talabalarning akademik faoliyati traektoriyasiga qayta aloqali munosabatda ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni samaradorligini aralash ta’lim asosida takomillashtirish modeli visual dizaynli ta’lim resurslarini axborotni qayta ishlash jarayonida differensial adaptatsiyada qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
“Informatikaning nazariy asoslari” fanini o‘qitishning didaktik tizimi individuallashtirish, shaxsiylashtirish, differensiallashtirish tamoyillari asosida ta’lim olish imkonini taqdim etuvchi va ta’lim jarayoni sub’ektlari faoliyatini integratsiyalovchi “blended learining” texnologiyasining “Flipped classroom” va “Station rotation” modellarini o‘zaro transformatsiyasini muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni samaradorligini aralash ta’lim asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini aralash ta’lim asosida tashkil etishning didaktik imkoniyatlari o‘quv muhitini faollashtiruvchi institutsional, texnologik va interfoal metodlarni an’anaviy va masofaviy ta’lim integratsiyasi muhitiga intensiv joriy etishga oid takliflari “Informatikaning nazariy asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 429-son buyrug‘i bilan berilgan 429-95-son guvohnoma). Natijada, ta’lim jarayonlarining portal texnologiyalariga asoslangan axborot-metodik ta’minoti va milliy o‘quv-ilmiy resurslarni ishlab chiqish sifati oshirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni samaradorligini aralash ta’lim asosida takomillashtirish modeli visual dizaynli ta’lim resurslarini axborotni qayta ishlash jarayonida differensial adaptatsiyada qo‘llashga oid takliflari asosida “Web texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘i bilan berilgan 232-176-son guvohnoma). Mazkur o‘quv qo‘llanmaning yaratilishi va joriy etilishi “Web texnologiyalari” fanining ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlari tashkiliy-pedagogik bosqichi samaradorligini oshirishga, sohaga doir zamonaviy o‘quv adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyoj qondirilishiga xizmat qilgan;
aralash ta’lim muhitida o‘quv jarayonini tashkil etish mexanizmi o‘quv faoliyatini rejalashtirish (backward design), tashkil etish, materiallarni to‘plash va tayyorlash, natijalarni baholash (formative assisment) kabi operatsion-texnologik bosqichlarda talabalarning akademik faoliyati traektoriyasiga qayta aloqali munosabatda ustuvorlik berishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradio kompaniyasining 2023-yil 10-iyuldagi 04/36-1071-son ma’lumotnomasi). Natijada, mulohazalar “Informatikaning nazariy asoslari” fanining didaktik imkoniyatlarini kengaytirishga shuningdek, o‘quv jarayonini aralash ta’lim asosida tashkil etish talabaning motivatsiyasini, mustaqilligini, ijtimoiy faolligini oshirish, talabaning faol pozisiyasini shakllantirishni rag‘batlantirish, oliy ta’lim muassasalarida “Informatikaning nazariy asoslari” fanini o‘qitishda, o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishda muayyan darajada xizmat qilgan.