Ishkobilov Farrux Xayrilloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning bilim va malakalarini virtual laboratoriyalar asosida shakllantirish texnologiyasi (7-sinf zoologiya darsligi misolida)”, 13.00.06-Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3271.
Ilmiy rahbar: Lutfillaev Mahmud Xasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03 asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kayumova Nasiba Ashurovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Fayziev Mirzaali Asfandiyorovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarida 7-sinf “Zoologiya” darsligi asosida virtual laboratoriyalar yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablarida 7-sinf “Zoologiya” darsligi bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlarini mazmuni ichki va tashqi xossalarini ochib berish maqsadida yaratilgan virtual laboratoriyalarning nazariy va amaliy jihatlariga o‘quvchilarning mustaqil faoliyatida refleksiv munosabatda ustivorlik berish asosida aniqlashtirilgan.
umumta’lim maktablarida 7-sinf “Zoologiya” darsligi bo‘yicha yaratilgan virtual laboratoriyalarni veb ilova dasturi yordamida motivatsion (refleksiya, rivojlantirilgan o‘qitish, antiegalitarizm, dalton-plan) texnologiyalarga integrativ muhitda ustivorlik berish asosida o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan.
umumta’lim maktablarida 7-sinf “Zoologiya” darsligiga doir yaratilgan virtual laboratoriyalardan foydalanib laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etishning kasbga yo‘naltirilgan metodikasi o‘quvchilarda tajribani tushunish, ma’lumotlarni qiyoslash ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi vizual tarkibli topshiriqlarni adaptiv o‘qitish jarayonida  differensial qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning bilim va malakalarini virtual laboratoriyalar asosida shakllantirishning didaktik ta’minoti  7-sinf “Zoologiya” darsligi mavzulari bo‘yicha ishlab chiqilgan nazorat topshiriqlarini fanlar integratsiyasiga asoslangan didaktik jarayonga individual ta’sirda singdirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 7-sinf “Zoologiya” o‘quv fani bo‘yicha ishlab chiqilgan virtual laboratoriyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish natijalari asosida:
umumta’lim maktablarida 7-sinf “Zoologiya” darsligi bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlarini mazmuni ichki va tashqi xossalarini ochib berish maqsadida yaratilgan virtual laboratoriyalarning nazariy va amaliy jihatlariga o‘quvchilarning mustaqil faoliyatida refleksiv munosabatda ustivorlik berishga oid takliflardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan “OT – Atex -2018-519” “Kompyuter imitatsion modellar asosida virtual resurslar Web - ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish” mavzusidagi loyihaning amaliy topshiriqlarini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 30 yanvardagi 175/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, zoologiya fanidan yaratilgan virtual laboratoriyalardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari aniqlangan va ishlab chiqilgan virtual laboratoriyalarni amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida tadbiq etish sifati va samaradorligi oshgan;
umumta’lim maktablarida 7-sinf “Zoologiya” darsligi bo‘yicha yaratilgan virtual laboratoriyalarni veb ilova dasturi yordamida motivatsion (refleksiya, rivojlantirilgan o‘qitish, antiegalitarizm, dalton-plan) texnologiyalarga integrativ muhitda ustivorlik berishga oid ilmiy tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan “OT – Atex -2018-519” “Kompyuter imitatsion modellar asosida virtual resurslar Web - ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish” mavzusidagi loyihaning amaliy topshiriqlarini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 30 yanvardagi 175/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim muassalarining barcha fanlaridan virtual laboratoriyalar yaratish va ulardan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida foydalanishni keng yo‘lga qo‘yish borasida tavsiyalar ishlab chiqilgan;
umumta’lim maktablarida 7-sinf “Zoologiya” darsligiga doir yaratilgan virtual laboratoriyalardan foydalanib laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etishning kasbga yo‘naltirilgan metodikasi o‘quvchilarda tajribani tushunish, ma’lumotlarni qiyoslash ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi vizual tarkibli topshiriqlarni adaptiv o‘qitish jarayonida  differensial qo‘llashga doir tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan  “I-2016-4-15” “Kutubxona resurslaridan mobil aloqa asosida tarmoqdan foydalanishning dasturiy ta’minotini yaratish va tadbiq etish (oliy ta’lim muassasalar misolida)” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 30 yanvardagi 175/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, virtual laboratoriyalarni o‘quv jarayoniga tadbiq qilish imkoniyatlari kengaygan va o‘quvchilarda motivatsion-qiziqish rivojlantirilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish