Bekmuratova Shoxidaoy Ne’matjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tasviriy san’at) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2095.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubjanova Dilobar Batirovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Xayrov Rasim Zolimxon o‘g‘li, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish imkoniyatlari ko‘rgazmalilik, ilmiylik, onglilik, faollik, munozaralik kabi shaxsiy prinsiplar integrativ uyg‘unligini izchil ta’minlash hamda hayotiy obrazlarni yaratish iqtidorini nomoyon qilish mazmunini estetik va ma’naviy ruhiyatni idrok etish mutanosibligiga maqsadli yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish samaradorligi badiiy intellektdan faollik asosida ob’ektiv borliqning fazoviy holatini obrazli tasvirlash, mantiqiy fikrlash amaliyligini ta’minlash, pedagogik jarayonni reproduksiyalash va abstraksiyalash hamda idrok etishni blok-modulli ta’lim texnologiyalari bilan uzviy moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisining kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyasi kognitivlik ko‘nikmalarini muqobil baholash, so‘zlarni tasvirlash ijodkorlik fantaziyalardan yangi g‘oyalar va tasavvurlarni yaratish imkoniyatini oshirish hamda kuzatuvchanlikni o‘stirish, borliqni ko‘rish, xotiraga e’tiborli bo‘lish fazilatlarini bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish modeli kompozisiya tuzish qobiliyati, fazoviy tasavvurlarni intensiv shakllantirish, samaradorlik darajasini belgilash hamda dekorativ tasvirlash kompetensiyalarining shakllanganlik darajasini bosqichma-bosqich aniqlash, borliqni idrok etish konstruktivligini rivojlantirish traektoriyasini proektiv qurish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish imkoniyatlari ko‘rgazmalilik, ilmiylik, onglilik, faollik, munozaralik kabi shaxsiy prinsiplar integrativ uyg‘unligini izchil ta’minlash hamda hayotiy obrazlarni yaratish iqtidorini nomoyon qilish mazmunini estetik va ma’naviy ruhiyatni idrok etish mutanosibligiga maqsadli yo‘naltirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Rangtasvir (Natyurmort)” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 25-dekabrdagi 538-sonli buyrug‘i asosida berilgan 538-352 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning tasviriy san’at sohasida kasbiy-metodik tayyorgarlikka oid o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajalarini xalqaro standartlar asosida aniqlash imkoni yaratilgan;
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish samaradorligi badiiy intellektdan faollik asosida ob’ektiv borliqning fazoviy holatini obrazli tasvirlash, mantiqiy fikrlash amaliyligini ta’minlash, pedagogik jarayonni reproduksiyalash va abstraksiyalash hamda idrok etishni blok-modulli ta’lim texnologiyalari bilan uzviy moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Kompozisiya” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 25-dekabrdagi 538-sonli buyrug‘i asosida berilgan 538-351 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning fanni o‘zlashtirish imkoniyatlari oshirilgan;
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisining kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyasi kognitivlik ko‘nikmalarini muqobil baholash, so‘zlarni tasvirlash ijodkorlik fantaziyalardan yangi g‘oyalar va tasavvurlarni yaratish imkoniyatini oshirish hamda kuzatuvchanlikni o‘stirish, borliqni ko‘rish, xotiraga e’tiborli bo‘lish fazilatlarini bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Rangtasvir (Natyurmort)” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 25-dekabrdagi 538-sonli buyrug‘i asosida berilgan 538-352 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada «Rangtasvir» fanini o‘qitishning zamonaviy o‘quv-metodik ta’minoti va didaktik imkoniyatlari takomillashtirilgan;
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish modeli kompozisiya tuzish qobiliyati, fazoviy tasavvurlarni intensiv shakllantirish, samaradorlik darajasini belgilash hamda dekorativ tasvirlash kompetensiyalarining shakllanganlik darajasini bosqichma-bosqich aniqlash, borliqni idrok etish konstruktivligini rivojlantirish traektoriyasini proektiv qurish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Kompozisiya” nomli o‘quv qo‘llanmasi yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 25-dekabrdagi 538-sonli buyrug‘i asosida berilgan 538-351 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning fanni o‘zlashtirishga oid didaktik tavsiyalarni kengaytirish imkoni yaratilgan.