Saytdjanov Shovkat Nigmatjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumta’lim maktablarida atom va yadro tuzilishini fanlararo oʻqitishni axborot texnologiyalari asosida takomillashtirish (fizika va kimyo misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2022.2PhD/Ped3631.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
Ilmiy rahbar: Mahmudov Yusup Ganievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Ikromjon Gulamjonovich, fizika-matematika fanlari doktori professor; Sultonova Oʻgʻiloy Nabievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nukus davat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarida atom va yadro tuzilishini fanlararo oʻqitishni axborot texnologiyalari asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fizikani kimyo bilan bog‘lab atom va yadro tuzilishini fanlararo o‘qitishni axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘quvchi tafakkurini rivojlantirishda tabiat va jamiyat aloqadorligini dialektikaning bilish nazariyasi asosida uyg‘unlashtirish, fanlararo integrasiyalash mediatsiya metodlari (induksiya, deduksiya, reproduktiv, produktiv, evristik)ga barqaror didaktik jarayonda integral ahamiyatliligiga ko‘ra ustuvorlik berish asosida rivojlantirilgan;
umumta’lim maktablarida atom va yadro tuzilishini fanlararo oʻqitishning didaktik imkoniyatlari o‘quvchilarda ta’lim motivatsiyasini jadallashtiruvchi grafikli fizik masalalarni faol integratsiya muhitida tarkiblilik darajalarda qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
atom va yadro tuzilishini fanlararo o‘qitishni axborot texnologiyalari asosida takomillashtirishning metodik modeli integrativ o‘quv muhitiga moslashtirilgan interfaol ta’lim resurslarini differensial o‘qitish jarayoniga adaptivlikda kiritish orqali takomillashtirilgan;
atom va yadro tuzilishini fanlararo o‘qitish asosida o‘quvchilarda fanga oid kompetensiyalarning rivojlanganligini baholash mezonlari fizik topshriqlarni tushunish, tezkor bajarilishini ta’minlovchi ish turlarini o‘quvchilarning axborotli faoliyatida takroriy intervalda qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Atom va yadro tuzilishini fanlararo o‘qitishni axborot texnologiyalari asosida takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan xulosa, taklif va tavsiyalar asosida:
fizikani kimyo bilan bog‘lab atom va yadro tuzilishini fanlararo o‘qitishni axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘quvchi tafakkurini rivojlantirishda tabiat va jamiyat aloqadorligini dialektikaning bilish nazariyasi asosida uyg‘unlashtirish, fanlararo integrasiyalash mediatsiya metodlari (induksiya, deduksiya, reproduktiv, produktiv, evristik)ga barqaror didaktik jarayonda integral ahamiyatliligiga ko‘ra ustuvorlik berishga oid taklif va tavsiyalardan Toshkent davlat transport universitetining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi asosida 2018-2020-yillarda bajarilgan “Umumta’lim maktablarida atom va yadro tuzilishini fanlararo o‘qitishni axborot texnologiyalari asosida takomillashtirish” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022-yil 11-noyabrdagi 01/11-01/9-1737-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu o‘quvchilarning “Atom va yadro fizikasi” bo‘limini o‘qitishga oid nazariy bilimi, amaliy ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini takomilashtirishga xizmat qilgan;
umumta’lim maktablarida atom va yadro tuzilishini fanlararo oʻqitishning didaktik imkoniyatlari o‘quvchilarda ta’lim motivatsiyasini jadallashtiruvchi grafikli fizik masalalarni faol integratsiya muhitida tarkiblilik darajalarda qo‘llashga oid taklif va tavsiyalardan Toshkent shahri, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarining jami 10 ta umumta’lim maktablari amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022-yil 11-noyabrdagi 01/11-01/9-1737-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchining nazariy bilimi, amaliy ko‘nikma, malaka va komptensiyalarini Maple dasturidan foydalanish muhiti orqali takomillashtirishga erishilgan;
atom va yadro tuzilishini fanlararo o‘qitishni axborot texnologiyalari asosida takomillashtirishning metodik modeli integrativ o‘quv muhitiga moslashtirilgan interfaol ta’lim resurslarini differensial o‘qitish jarayoniga adaptivlikda kiritishga oid takliflaridan Toshkent shahri, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarining jami 10 ta umumta’lim maktablarida fan oyligi mashg‘ulotlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022-yil 11-noyabrdagi 01/11-01/9-1737-son ma’lumotnomasi). Natijada, fanlararo aloqadorlikni yangi sifat bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladigan “Atom va yadro fizikasini kimyo bilan bog‘lab o‘qitish” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan.