Tolipova Dildora Gapirjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va rus tillarida leksik lakunalar”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2 PhD/Fil2616.
Ilmiy rahbar: Xolmanova Zulxumor Turdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik kengash).
    Rasmiy opponentlar: Sobirov Abdulxay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor; Usmonova Shoira Rustamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va rus tillaridagi leksik lakunalarni aniqlash, yuzaga kelish omillarini yoritish, til egalari lisoniy ongidagi ijtimoiy-iqtisodiy, milliy-madaniy belgilar, qadriyatlarga aloqadorlikda aniqlash, lakunar birliklar misolida rus va o‘zbek xalqlarining voqelikni to‘liq nomlash xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va rus tillari chog‘ishtirma aspektda monografik planda tekshirilib, shaxs va shaxs faoliyatiga doir oila, qarindoshlik, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik faoliyatiga doir lakunar birliklar aniqlangan;
o‘zbek va rus tillaridagi umumiy belgilarning ijtimoiy-iqtisodiy muhitga, o‘zbek va rus xalqi turmush tarzi, faoliyatiga oid sabablari izohlangan, lakunar birliklar shakllanishidagi farqli belgilarning til sohibi lisoniy ongi, idroki bilan bog‘liq omillari asoslangan;
o‘zbek va rus tillaridagi lakuna hodisasi tizimli ravishda tekshirilib, lakunar birliklarning semantikasi ochib berilib, milliy-madaniy semalari aniqlangan hamda yondosh tushunchalardan farqli belgilari asoslangan;
o‘zbek va rus tillaridagi leksik lakunalarning tasnifi amalga oshirilib, semantikasi, struktur-grammatik xususiyatlari, etimologiyasi va milliy madaniy belgilari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va rus tillaridagi leksik lakunalar tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan asosida:
o‘zbek va rus tillaridagi lakunar birliklarning leksik-semantik, lingvokulturologik xususiyatlariga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Qozog‘iston Fanlar akademiyasi M.O.Auezov nomidagi adabiyot institutida 2019-2022-yillarda bajarilgan “Kazaxstan –Uzbekistan: mesto i rol literaturnix otnosheniy” mavzusidagi  4-57-son fundamental va ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (M.O.Auezov nomidagi adabiyot institutining 2022 yil 6 sentyabrdagi 056/267-son ma’lumotnomasi). Natijada qardosh tillar o‘rtasidagi madaniy munosabatlarda milliy-madaniy xususiyatlarga ega bo‘lgan so‘zlarning o‘rnini yoritishga erishilgan;
o‘zbek va rus tillarida shaxsga oid lakunar birliklarning semantik tahlili, o‘zbek va rus tillarida qishloq xo‘jaligiga oid lakuna so‘zlari, o‘zbek va rus tillaridagi zoonim-lakunalarga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019-2022-yillarda bajarilgan  A-OT-2019-10 raqamli “O‘zbek tilida neymning me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023 yil 17 fevraldagi 01/4-321-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida yaratilgan dasturlar nomlarning tarixiy kelib chiqish xususiyatlariga amal qilgan holda tuzilishiga erishilgan;
o‘zbek va rus tillaridagi lakunar birliklarning strukutr-grammatik, semantik, lingvokulturologik xususiyatlari asosida shakllanishiga doir ilmiy xulosalardan oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-269-son buyrug‘i asosida nashr etilgan “Rus tili chet tili sifatida” nomli o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023 yil 17 fevraldagi 01/4-33-son ma’lumotnomasi). Natijada, rus tiliga xos antroponimlar va taxalluslar haqida ma’lumotlar o‘quv jarayoniga  olib kirilgan;
o‘zbek va rus tillaridagi shaxs faoliyatiga oid lakunar birliklarning semantik, lingvokulturologik xususiyatlariga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Yoshlar” telekanalining “Talabalar vaqti” va “Asliyat”  dasturlari sahifasida oz intervyulari bilab ishtrok etgan (O‘zMTRK “O‘zbekiston teleradiokanali” DUKning 2022-yil 21-dekabrdagi 14-05-256-son ma’lumotnomasi). Natijada dasturlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni o‘zbek va rus tillaridagi lakunar birliklarga oid nazariy va amaliy ma’lumotlar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish