Ibragimova Sayyora Saydullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rus va o‘zbek tillaridagi taxalluslarning genezisi, semantikasi va kognitiv xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2 PhD/Fil2552.
Ilmiy rahbar: Xolmanova Zulxumor Turdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik kengash).
    Rasmiy opponentlar: Xudayberganova Durdona Siddikovna, filologiya fanlari doktori, professor; Husanov Nishonboy Abdusattorovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: ruscha va o‘zbekcha taxalluslar genezisi, leksik-semantik, funksional va kognitiv  xususisiyatlarini qiyosiy aspektda ochib berish, ruscha-o‘zbekcha taxalluslarning qiyosiy lingvostatistikasi, qiyosiy-chog‘ishtirma planda ruscha, o‘zbekcha onimlarning muvofiq tasniflarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ruscha va o‘zbekcha taxalluslar semantikasi ochib berilgan, funksional-semantik, struktur-grammatik xususiyatlari, ijtimoiy-sotsial muhit bilan bog‘liq umumiy jihatlari, til sohibi mental ongi, tafakkuri, idroki bilan izohlanuvchi farqli belgilari ochib berilgan;
rus va o‘zbek antroponimikasi tizimida, turli davrlarda taxalluslarning kognitiv modellari ma’lum vaqtga xos bo‘lgan onimlar va apellyativlar asosida shakllanishi isbotlangan;
taxalluslarning inson o‘zligini namoyon etuvchi,  niqoblovchi, fikrini to‘liq ifodalash imkoniyati sifatidagi mental  hodisa ekanligi, psixologik-kognitiv omillari aniqlangan;
ruscha va o‘zbekcha taxalluslarni tasniflashning tillar bo‘yicha, so‘z qamroviga ko‘ra, leksik birliklarni taqdim etish tartibi bo‘yicha tasniflash asoslari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rus va o‘zbek tillarida taxalluslarning genezisi, semantikasi va kognitiv xususiyatlarining tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
taxallus atoqli ot sifatida ma’lum bir til uchun o‘ziga xos til shakllariga ega bo‘lgan milliy belgi sifatida tavsiflanishi orqali ular vaqt haqidagi ma’lumotlarni etkazishi, kutilmagan semantik-morfologik o‘zgarishlarga uchrashiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019-2022-yillarda bajarilgan  A-OT-2019-10 raqamli “O‘zbek tilida neymning me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023 yil 17 fevraldagi 01/4-321-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida yaratilgan dasturlar nomlarning tarixiy kelib chiqish xususiyatlariga amal qilgan holda tuzilishiga erishilgan;
 rus va o‘zbek antroponimikasi tizimida jamiyat hayotining turli davrlarida taxalluslar modellari ma’lum vaqtga xos bo‘lgan onimlar va appellativlarning so‘z yasovchi turlari asosida shakllanishiga doir ilmiy xulosalardan oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-269-son buyrug‘i asosida nashr etilgan “Rus tili chet tili sifatida” nomli o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023 yil 17 fevraldagi 01/4-33-son ma’lumotnomasi). Natijada, rus tiliga xos antroponimlar va taxalluslar haqida ma’lumotlar o‘quv jarayoniga  olib kirilgan;
psixolingvistlar uchun yangi nom tanlash motivlari nuqtayi nazaridan foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan taxalluslarni qabul qilishiga doir ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” DUK qoshidagi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali orqali efirga uzatiladigan “Taqdimot” va “Mavzu” ko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” teleradiokanali” “Ma’naviy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” DUK muharririyatining 2022-yil 12 dekabrdagi 14-05-257-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ko‘rsatuvlarning mazmuni rus va o‘zbek tillarida taxalluslarning genezisi, semantikasiga oid ilmiy dalillar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish