Azizxonova Sarvinoz Yoqubjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Azimiyning “Murod-ul-oshiqin” devoni va uning matniy-qiyosiy tadqiqi”, 10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil482.
Ilmiy rahbar: Jo‘raboev Otabek Rustambek o‘g‘li, filologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
    Rasmiy opponentlar: Shodmonov Nafas Namozovich, filologiya fanlari doktori, professor; Rafiddinov Sayfiddin Sayfulloh o‘g‘li, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Azimiy hayoti va faoliyatiga doir ma’lumotlarni jamlash, shoirning مراد العاشقین (Murod-ul-oshiqin) devonining 12 qo‘lyozma nusxasini ilmiy jihatdan ochib berish, ushbu qo‘lyozmalar asosida devonning ilmiy-tanqidiy matnini amalga oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Azimiy (Azimxoja eshon) hayoti va faoliyatiga doir jumladan, tug‘ilgan va vafot sanasi, otasining ismi va nasabi, murshidlik mavqeiga ega ekanligi haqidagi ma’lumotlar ilmiy istifodaga olib kirilgan;
Azimiy qalamiga mansub مراد العاشقین (Murod-ul-oshiqin) devonining 12 qo‘lyozma nusxasi Respublikamiz qo‘lyozma fondlaridan va shaxsiy kutubxonalar orqali aniqlangan;
مراد العاشقین (Murod-ul-oshiqin) devoni nusxalarining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanib, tanlab olingan 5 ta qo‘lyozma asosida مراد العاشقین (Murod-ul-oshiqin) devonining ilmiy-tanqidiy matni tuzilgan;
مراد العاشقین (Murod-ul-oshiqin) devonidagi g‘azal, muxammas, musaddas, mustahzod va hikmat singari janrlar va ularning shakliy xususiyatlari ilk bora tekshirilgan hamda shoir ijodiga xos bo‘lgan hikmatlarning g‘oyaviy-badiiy jihatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Azimiyning «Murod-ul-oshiqin” devoni va uning matniy-qiyosiy tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Azimiy qalamiga mansub مراد العاشقین (Murod-ul-oshiqin) devonining 12 qo‘lyozma nusxasi Respublikamiz qo‘lyozma fondlaridan va shaxsiy kutubxonalardan aniqlangan va ilmiy tavsifi amalga oshirilganligi bo‘yicha olingan natijalardan Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida 189 - inventar raqamli bezakli qo‘lyozmaning muqovasida, 5992 – inventar raqamli qo‘lyozmaning muqovasi, 111b, 112a varaqlaridagi miniatyuralar, muhrlar, jadvallar va ularning tavsiflari XIX asr kitobat san’atining namunasi sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2022-yil 16-fevraldagi S44050666-son ma’lumotnomasi). Natijada  Azimiyning orifona hikmatlari va ilohiy ishq kuylangan g‘azallarining tahlili hulosalaridan muzeyda saqlanayotgan tasavvuf g‘oyalari asosida yaratilgan miniatyuralar ilmiy pasportini takomillashtirishga erishilgan;
O‘zbekiston qo‘lyozma fondlarida “Murod-ul-oshiqin” devonining 12 nusxasi mavjudligi, ularning to‘liq va noto‘liq kitobat qilinganligi, asarning eng mukammal nusxasining Davlat adabiyot muzeyi fondidan aniqlanganligi va ushbu nodir nusxa bilan qiyoslab tadqiq etish orqali asarning boshqa qo‘lyozma va toshbosma-litografik nashrlaridagi xato va chalkash o‘rinlarga aniqlik kiritilganligiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida 2018-2020 yillarda bajarilgan PZ-20170920167 raqamli “Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida saqlanayotgan toshbosma asarlarning elektron katalogini yaratish va nashrga tayyorlash” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022-yil 8-noyabrdagi 3/1255-2801- son ma’lumotnomasi). Natijada “Murod-ul-oshiqin” devoni tarkibiga kirgan hikmatlarning ilmiy tavsifini amalga oshirishda hamda elektron katalogni yaratish va nashrga tayyorlashga xizmat qilgan.
Ahmad Yassaviy uslubida hikmat yozgan shoirlardan biri, tasavvuf adabiyoti namoyandasi Azimxoja eshon XVIII asr oxiri – XIX asr birinchi yarmida yashab, ijod qilgan etuk mutafakkir to‘g‘risidagi adabiy-tarixiy ma’lumotlardan, Azimiy qalamiga mansub “Murod-ul-oshiqin” devonining aniqlangan 12 ta qo‘lyozma nusxalari va eng nodir hisoblangan O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyidagi 189 raqamli qo‘lyozma haqidagi mufassal ma’lumotlarga oid ilmiy-tarixiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Sharq qo‘lyozmalari” ko‘rsatuvi ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 21-oktyabrdagi 945-489-960 - son ma’lumotnomasi). Natijada bugungi kunda ommaviy axborot vositalari orqali Azimiy adabiy merosining targ‘ibi hamda bu orqali uning yoshlar tarbiyasidagi roli va unutilib ketishga mahkum bo‘lgan ulug‘ ajdodlarimizdan birining nomini barhayot saqlash, jamiyat, fan oldidagi asosiy vazifa ekanligi, ijodkor haqidagi ma’lumotlarni aniq, ishonchli tarzda etkazib berish imkoniyatini yanada oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish