Turaqulov Laziz Tirkashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oila tipidagi bolalar uyi tarbiyalanuvchilarining ijtimoiylashuvining psixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/P518.
Ilmiy rahbar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baxriddin Mingbayivich, psixologiya fanlari doktori, professor; Haydarov Ismoil Olloqulovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oila tipidagi bolalar uylari tarbiyalanuvchilari ijtimoiylashuvining psixologik xususiyatlarini ochib berish hamda ularning ijtimoiylashuvi boyicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 oila tipidagi  bolalar uyi tarbiyalanuvchilarining  ijtimoiylashuvida hissiy barqarorlik, hukmronlikka intilish, o‘ziga ishonchning boshqalar bilan muloqot va hamkorlik qilish hamda shaxs xulq-atvorini boshqarishda namoyon bo‘lishi tufayli hududiy differensial farqlarning mavjudligi dalillangan;
oila tipidagi  bolalar uyi tarbiyalanuvchilarining  ijtimoiylashuvida muloqotga moyillik va ijtimoiy mardlikning hukmronlikka intilish, hissiy barqarorlikni o‘ziga ishonch, ijtimoiy etuklik va mustaqillik sifatlari bilan integrativ namoyon bo‘lishi tufayli shaxs differensial xususiyatlarining ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillangan;
oila tipidagi bolalar uyi tarbiyalanuvchilarining nizoli vaziyatlardagi xulq-atvoriga ko‘ra ijtimoiylashuvida o‘z-o‘zini qabul qilish, moslashganlik, boshqalarni qabul qilish, emotsional komfort, ichki nazorat, muammodan qochish xususiyatlarining “raqobat”, “hamkorlik”, “vaziyatga moslashish”, “tortishuvdan qochish” strategiyalariga ko‘ra differensial tafovutlarning mavjud emasligi isbotlangan;
oila tipidagi bolalar uyi tarbiyalanuvchilarining ijtimoiylashuvida fikrlashdagi mustaqillik, o‘ziga ishonch, sog‘liq, qiziqarli ish, muhabbat, do‘st, bilim olish, baxtli oilaviy hayot, ijodiylikning o‘ziga katta talablar qo‘yish, shaxsiy fikrlarni himoya qilishdagi jasurlik, intizomlilik, o‘zini boshqara olish,  ratsionalizm, mustahkam iroda kabi sifatlarning namoyon bo‘lishi tufayli shaxsiy va hayotiy qadriyatlarning ustuvor xarakterga ega ekanligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oila tipidagi bolalar uyi tarbiyalanuvchilarining ijtimoiylashuvida psixologik xususiyatlarning o‘rni bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
oila tipidagi  bolalar uyi tarbiyalanuvchilarining  ijtimoiylashuvida hissiy barqarorlik, hukmronlikka intilish, o‘ziga ishonchning boshqalar bilan muloqot va hamkorlik qilish hamda shaxs xulq-atvorini boshqarishda namoyon bo‘lishi tufayli hududiy differensial farqlarning mavjudligi asosida aniqlangan ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 12 avgustdagi PM-48 - sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 14-avgustdagi PM-48a - son ma’lumotnoma). Natijada oila tipidagi  bolalar uyi tarbiyalanuvchilari boshqalar bilan muloqot va hamkorlik qilishga moyilligi borligi, ular suhbatdoshiga diqqat-e’tiborli, hissiyotlarini tushinadigan, o‘z his-tuyg‘ularini, xulq-atvorini boshqaradigan, samimiylik xususiyatlariga oid bilimlarini yanada boyitishga xizmat qilgan;
oila tipidagi  bolalar uyi tarbiyalanuvchilarining  ijtimoiylashuvida muloqotga moyillik va ijtimoiy mardlikning hukmronlikka intilish, hissiy barqarorlikni o‘ziga ishonch, ijtimoiy etuklik va mustaqillik sifatlari bilan integrativ namoyon bo‘lishi tufayli shaxs differensial xususiyatlarining ustuvor xarakterga ega ekanligi asosida aniqlangan ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 12 avgustdagi PM-48 - sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 14-avgustdagi PM-48a - son ma’lumotnoma). Natijada, oila tipidagi  bolalar uyi tarbiyalanuvchilarida raqobatga bormaslik, nizoli vaziyatlarda o‘zini tutish, o‘z xarakatlarini nazorat qilish, hissiyotga berilmaslik, qiyin vaziyatlarda boshqalarni ehtiyojlarini hisobga olish, kompromissga borish, hamkorlikka chorlash, yon berish kabi xususiyatlarning namoyon bo‘lishi tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy hayotga moslashishlarida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan fazilatlarini rivojlantirishga erishilgan;
oila tipidagi bolalar uyi tarbiyalanuvchilarining nizoli vaziyatlardagi xulq-atvoriga ko‘ra ijtimoiylashuvida o‘z-o‘zini qabul qilish, moslashganlik, boshqalarni qabul qilish, emotsional komfort, ichki nazorat, muammodan qochish xususiyatlarining “raqobat”, “hamkorlik”, “vaziyatga moslashish”, “tortishuvdan qochish” strategiyalariga ko‘ra differensial tafovutlarning mavjud emasligi tufayli differensial tafovutlarning mavjud emasligi bo‘yicha olingan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 12 avgustdagi PM-48 - sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi» fani mazmuniga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 14-avgustdagi PM-48a - son ma’lumotnoma). Natijada, oila tipidagi bolalar uyi tarbiyalanuvchilarida o‘z-o‘zini qabul qilmaslik, boshqalarni qabul qilmaslik, emotsional diskomfort, tashqi nazorat, ergashuvchanlik xususiyatlarining natijalari past ko‘rsatkichlari tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy psixologik moslashuvida samarali ta’sirining kengayishiga xizmat qilgan;
oila tipidagi bolalar uyi tarbiyalanuvchilarining ijtimoiylashuvida fikrlashdagi mustaqillik, o‘ziga ishonch, sog‘liq, qiziqarli ish, muhabbat, do‘st, bilim olish, baxtli oilaviy hayot, ijodiylikning o‘ziga katta talablar qo‘yish, shaxsiy fikrlarni himoya qilishdagi jasurlik, intizomlilik, o‘zini boshqara olish,  ratsionalizm, mustahkam iroda kabi sifatlarning namoyon bo‘lishi tufayli shaxsiy va hayotiy qadriyatlarning ustuvor xarakterga ega ekanligi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 14-avgustdagi PM-48a - sonli ma’lumotnoma). Natijada oila tipidagi bolalar uyi tarbiyalanuvchilarining ijtimoiy psixologik moslashuvida hayotiy  va shaxsiy qadriyatlar tizimiga kiruvchi xususiyatlarning ijobiy jihatdan shakllanishiga yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish