Axmedov Anvar Diyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Globallashuv jarayonida ommaviy madaniyat va internet tahdidlarining yoshlar ongiga salbiy ta’siri va ularning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari», 19.00.05-Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/P369.
Ilmiy rahbar: Saidov Azamat Ismailovich, psixologiya fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Shukurov Rustam Eshonkulovich, psixologiya  fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi globallashuv jarayonida ommaviy madaniyat va internet tahdidlarining yoshlar ongiga salbiy ta’siri va ularning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash va zarur tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxsning ommaviy madaniyat va internet tahdidlari ta’siriga beriluvchanligini darajaviy ifodalanishida talabalarning xulq-atvoridagi “siqib chiqarish”, “proeksiya”, “reaktiv ta’lim”, “kompensatsiya” muhofaza usullarini dominant harakteri tufayli psixologik himoya mexanizmlarining shakllanganligi muhim ahamiyatga egaligi dalillangan;
talabalarning ongiga ommaviy madaniyat va internet tahdilarini ta’siri natijasida shaxslararo munosabatlardagi pozitivlik, omad, hayot tarzi, shaxsning o‘zligi bilan bog‘liq ekzistensiyalarning deformatsiyalanishi milliy Men destruktiv idrok etilishiga olib kelganligi tufayli tayanch qadriyatlarning transformatsiyalanishi ijtimoiy omillarga bog‘liq ravishda asoslangan;
talabalarning ommaviy madaniyatni targ‘ib qiluvchi axborotlarni qabul qilish motivatsiyasida o‘g‘il bolalarda “muloqot”, “relaksatsion”, “kompensatorlik”, qiz bolalarda “qayta faollashish”, “bilishga oid” motivlarning xulqda dominantligi bilan bog‘liq ravishda internetdan foydalanish ehtiyojining kuchliligi tufayli gender farqlarning mavjudligi dalillangan;
talabalarni ommaviy madaniyat tahdidlaridan psixologik himoyalashda axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash, uzatish bilan bog‘liq kognitvi immunitetni refleeksiv jarayonlar orqali shakllantirish, shaxsning milliy Meniga nisbatan pozitiv munosabatni, ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirish muhimligiga ko‘ar shaxs iroda kuchi lokolizatsiyasiga korreksion-adaptiv tasir etish zarurati asoslangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Globallashuv jarayonida ommaviy madaniyat va internet tahdidlarining yoshlar ongiga salbiy ta’siri va ularning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
shaxsning ommaviy madaniyat va internet tahdidlari ta’siriga beriluvchanligini darajaviy ifodalanishida talabalarning xulq-atvoridagi “siqib chiqarish”, “proeksiya”, “reaktiv ta’lim”, “kompensatsiya” muhofaza usullarini dominant harakteri tufayli psixologik himoya mexanizmlarining shakllanganligi muhim ahamiyatga egaligi dalillanganligiga oid ilmiy ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yili 18 avgustdagi 54-son buyrug‘iga asosan  «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yili 25-avgustdagi 54-a son ma’lumotnomasi). Natijada ommaviy madaniyat tushunchasini ijtimoiy- psixologik jihatdan tahlil etish va uni shaxs shakllanishidagi ahamiyati yoritib berilgan;
talabalarning ongiga ommaviy madaniyat va internet tahdilarini ta’siri natijasida shaxslararo munosabatlardagi pozitivlik, omad, hayot tarzi, shaxsning o‘zligi bilan bog‘liq ekzistensiyalarning deformatsiyalanishi milliy Men destruktiv idrok etilishiga olib kelganligi tufayli tayanch qadriyatlarning transformatsiyalanishi ijtimoiy omillarga bog‘liq ravishda asoslanganligiga iod Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yili 18 avgustdagi 54-son buyrug‘iga asosan  «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yili 25- avgustdagi 54-a son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarda globallashuv sharoitida ommaviy madaniyat ta’sirlariga berilishi va uni oldini olishda milliy etnopsixologik xususiyatlarimizni ahamiyati yoritib berilgan;
talabalarning ommaviy madaniyatni targ‘ib qiluvchi axborotlarni qabul qilish motivatsiyasida o‘g‘il bolalarda “muloqot”, “relaksatsion”, “kompensatorlik”, qiz bolalarda “qayta faollashish”, “bilishga oid” motivlarning xulqda dominantligi bilan bog‘liq ravishda internetdan foydalanish ehtiyojining kuchliligi tufayli gender farqlarning mavjudligi dalillanganga oid ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yili 18 avgustdagi 54-son buyrug‘iga asosan  «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yili 25- avgustdagi 54-a son ma’lumotnomasi). Natijada shaxslarda ommaviy madaniyat ta’sirlari natijasida salbiy xulq-atvor ko‘rinishlarini shakllanishini psixologik jihatdan o‘rganish va uni oldini olishga qaratilgan psixologik mexanizmlarni ishlab chiqilgan;
talabalarni ommaviy madaniyat tahdidlaridan psixologik himoyalashda axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash, uzatish bilan bog‘liq kognitvi immunitetni refleeksiv jarayonlar orqali shakllantirish, shaxsning milliy Meniga nisbatan pozitiv munosabatni, ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirish muhimligiga ko‘ar shaxs iroda kuchi lokolizatsiyasiga korreksion-adaptiv tasir etish zarurati asoslanganga oid ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yili 18 avgustdagi 54-son buyrug‘iga asosan  «Psixologik xizmat» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yili 25- avgustdagi 54-a son ma’lumotnomasi). Natijada internet va ijtimoiy tarmoqlarning shaxs shakllanishidagi ahamiyati va uning salbiy xususiyatlarini psixologik jihatdan tahlil etish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish