Djuraeva Nozima Orifovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali yurak etishmovchiligi komorbid holatlarda kechganda buyrakdagi o‘zgarishlar va ularga kompleks muolajalar ta’siri» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1151.
Ilmiy rahbar: Sobirov Maqsud Otabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04.30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ravshanbek Bobojanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shodiqulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surunkali yurak etishmovchiligi qandli diabet bilan komorbidlikda va usiz kechganda ular negizida rivojlangan surunkali buyrak kasalligida yurak-buyrak funksional holati va fibroz jarayonlariga ta’sir qiluvchi davo choralarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali yurak etishmovchiligi qandli diabet bilan komorbidlikda kechganda rivojlangan surunkali buyrak kasalligida glyukoza-natriy simporter-2 vakili dapagliflozin va etilmetilgidroksipiridin suksinat (meksidol)ning yurak ichi gemodinamikasiga ijobiy ta’siri isbotlangan;
surunkali yurak etishmovchiligi qandli diabet bilan komorbidlikda kechganda rivojlangan surunkali buyrak kasalligida dapagliflozinni va etilmetilgidroksipiridin suksinat(meksidol)ning buyraklar funksional holatiga samarali ta’siri aniqlangan;
surunkali yurak etishmovchiligi qandli diabet bilan komorbidlikda kechganda ular negizida rivojlangan surunkali buyrak kasalligida yurak ichi gemodinamika va buyraklar funksional holati mushtaraklikda kechishi isbotlangan;
ilk marotaba surunkali yurak etishmovchiligi qandli diabet bilan komorbidlikda kechganda rivojlangan surunkali buyrak kasalligida dapagliflozin va etilmetilgidroksipiridin suksinat (meksidol)ning buyraklardagi fibroz jarayonlarini rivojlanishini sekinlashtiruvchi ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 10 iyuldagi 23-Z/047-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: Kogon shahar tibbiyot birlashmasi buyruq (06.01.2022y.; №19), hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat mintaqaviy filiali buyruq (01.02.2022 y.; №24) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan yondashuv surunkali yurak etishmovchiligi qandli diabet mavjud bo‘lgan bemorlarda surunkali buyrak kasalligida yurakning chap qismidagi o‘zgarishlarni erta tashxislash, davo choralari samaradorligini oshirish, hamda kuzatiladigan og‘ir asoratlarini oldini olish imkoniyatini beradi va bemorlar hayot sifatini yaxshilaydi hamda ularning mehnatga layoqatini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:surunkali yurak etishmovchiligi qandli diabet bilan komorbidlikda kechganda rivojlangan surunkali buyrak kasalligi mavjud bemorlarda chap qorincha disfunksiyasi belgilarini erta aniqlash orqali yurakning boshqa kasalliklarining differensial diagnostikasi uchun zarur bo‘lgan laborator markerlar ( troponin-70.000), asbobiy tekshiruvlar (VEM- 90.000) va tor mutaxassislar ko‘riklari (har bir mutaxassis ko‘rigi 22.000 so‘mdan , jami 66.000 so‘m) uchun kerak bo‘ladigan ortiqcha sarf-xarajatlar hisobiga iqtisod qilishga erishilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali yurak etishmovchiligi qandli diabet bilan komorbidlikda kechganda rivojlangan surunkali buyrak kasalligida dapagliflozinni va etilmetilgidroksipiridin suksinat(meksidol)ning buyraklar funksional holatiga samarali ta’siri tasdiqlangan. Yuqoridagi davo muolajani tadbiq qilish buyrak etishmovchiligi terminal bosqichi kelib chiqishi va gemodializga muhtoj bemorlar soni kamayishi imkonini beradi..Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Kogon shahar tibbiyot birlashmasi buyruq (06.01.2022y.; №19), hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat mintaqaviy filiali buyruq (01.02.2022 y.; № 24) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali buyrak kasalligi kechishining og‘irlashishi xavf omillarini erta aniqlashga yordam beradi; surunkali buyrak etishmovchiligi profilaktika usullarini optimallashtiradi; gemodializ muolajasiga muhtoj bemorlar sonini kamaytiradi; SYuE qandli diabet 2 tur bilan kasallangan bemorlar hayot sifatini yaxshilaydi va ularning mehnatga layoqatini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gemodializ muolajasi bir seansi 1 nafar bemor uchun byudjet hisobida 265 000 so‘mga teng. Terminal buyrak etishmovchiligi bilan kasallangan bemor haftasiga 3 marotaba, oyiga 12 marotaba, yiliga 144 ta seans olishi lozim. Bu esa yiliga 1 nafar bemor uchun 38 160 000 so‘mni tashkil etadi.
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali yurak etishmovchiligi qandli diabet bilan komorbidlikda kechganda ular negizida rivojlangan surunkali buyrak kasalligida yurak ichi gemodinamika va buyraklar funksional holati mushtaraklikda kechishi isbotlangan; Surunkali yurak etishmovchiligi qandli diabet mavjud bemorlarda TGF β1 bilan IL-6 sezilarli va sistatin-S bilan kuchli musbat, koptokchalar fil`tratsiya tezligi va chap qorincha qon otish fraksiyasi bilan kuchli manfiy, chap qorincha miokard vazni bilan o‘rtacha musbat korrelyasion bog‘liqlik qayd etildi. Ushbu bog‘iqliklar qonda TGF-β1 konsentrasiyasi oshishiga hamohang buyrak va yurakda fibroz jarayonlari rivojlanishini ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: surunkali yurak etishmovchiligi qandli diabet bilan komorbidlikda kechganda rivojlangan surunkali buyrak kasalligini kompleks davo negizida dapagliflozin va etilmetilgidroksipiridin suksinat (meksidol)ni qo‘llash ushbu bemorlarda chap qorincha remodellanishi susayishi, neyrogumoral omillar, jumladan yallig‘lanish oldi sitokinlari faolligining pasayishi yurak ichi gemodinamikasi va buyrak koptokchalar fil`tratsiyasiga ijobiy ta’siri bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Kogon shahar tibbiyot birlashmasi buyruq (06.01.2022y.; №19), hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat mintaqaviy filiali buyruq (01.02.2022 y.; № 24) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan yondashuv surunkali yurak etishmovchiligi qandli diabeti mavjud bo‘lgan bemorlarda surunkali buyrak kasalligida yurakdagi va buyraklardagi o‘zgarishlarni erta tashxislash, davo choralari samaradorligini oshirish, hamda kuzatiladigan og‘ir asoratlarini oldini olish imkoniyatini beradi va bemorlar hayot sifatini yaxshilaydi hamda ularning mehnatga layoqatini oshiradi; amaliy sog‘liqni saqlash tizimidagi shifokorlarga bemorlarni davolash taktikasini tanlashga maqsadli yondashuv imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: maqsadsiz dori-darmonlarning qo‘llanilishini oldini olish bemorlar shifoxonada davolanadigan kunlarining kamayishiga olib keladi. Bemorning shifoxonada davolanish kunining kamaytirilishi ham dori-darmonlarning xarajatini kamaytiradi. 1 nafar bemor uchun 1 kunga kerak bo‘ladigan kunlik xarajat Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘limida o‘rtacha xo‘jalik hisobidan davolanayotgan bemor uchun 175.000 so‘m, byudjet hisobidan davolanayotgan bemor uchun esa 150.000 so‘mni tashkil etadi. Shifoxonada davolanish 9 kundan 5 kunga kamaytirilishi bir bemor uchun xo‘jalik hisobidan 700.000 so‘m, byudjet hisobidan esa 600 ming so‘mning tejalishiga olib keladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning ahamiyati: surunkali yurak etishmovchiligi qandli diabet bilan komorbidlikda kechganda rivojlangan surunkali buyrak kasalligini kompleks davo negizida dapagliflozin va etilmetilgidroksipiridin suksinat (meksidol)ni qo‘llash buyrakdagi fibroz jarayonlarni barqarorlashtirishi bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda davo negizida fibroz markerlarining faolligini statistik ahamiyatli darajada pasayishi, bemorlar jismoniy yuklamalarga chidamliligi va klinik holatini yaxshilanishi, hayot sifati ko‘rsatkichlarining ijobiy tomonga o‘zgarishiga olib keldi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tanlangan davo fonida bemorlarning mehnat layoqatsizlik muddatini qisqaradi. Davolash usuli tadbiq etilgunga qadar bemorning ushbu hastalik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik kunlari o‘rtacha soni 9 kun, davolash usuli tadbiq etilgandan so‘ng bemorning ushbu hastalik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik kunlari o‘rtacha soni 5 kunni tashkil etdi. Davlat tomonidan mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha beriladigan moyana, so‘m/kun-180.000 so‘mni tashkil etadi. Mehnatga layoqatsizlik kunlarining qisqarishi o‘rtacha 4 kunni tashkil etsa, davlat tomonidan mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha beriladigan moyana, so‘m/kun- 720.000 so‘mga iqtisod qilinadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: «Surunkali yurak etishmovchiligi komorbid holatlarda kechganda buyrakdagi o‘zgarishlar va ularga kompleks muolajalar ta’siri» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 24 martdagi 04/1720-son xat yuborilgan. Surunkali yurak etishmovchiligi komorbid holatlarda kechganda buyrakdagi o‘zgarishlar va ularga kompleks muolajalar ta’siri bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari, jumladan Kogon shahar tibbiyot birlashmasi va Respublika ixtisoslashirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat mintaqaviy filiali (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashining 2023 yil 14 apreldagi 23-x/011-son xulosasi) amaliyotlariga joriy etilgan. Tadbiq qilingan natijalar kasallik kechishi ehtimolligini aniqlash, bemorlarni shifoxonada davolanish kunlarini qisqarishiga va ularning hayot sifatini yaxshilanishiga imkon yaratgan.