Daminova Gulruh Bahromovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalarida kimyo fanini fanlararo aloqa asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3538.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Mahkamov Muzaffar Abdugapparovich, kimyo fanlari doktori, professor; Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida kimyo fanini fanlararo aloqa asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirishga doir metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida kimyo fanini fanlararo aloqa asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish imkoniyatlari ta’limning didaktik va metodik xususiyatlarini kimyo ta’lim mazmuniga vertikal va gorizontal yo‘nalishda maqbullashtirishni intensiv kengaytirish hamda fanlararo integrativ qayta aloqasini tabiiy-ilmiy savodxonlikka qo‘yiladigan talablarning reproduktivligiga ko‘ra prognostik aniqlash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida kimyo fanini fanlararo aloqa asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi tizimli tahlil, bilimlar sintezi faoliyatlarini o‘z ichiga olgan fanlararo integrativ yondashuvlarning metodik modelini rivojlantirishga qaratilgan tajribalarning dastlabki monitoringini instrumental to‘ldiruvchi resurslardan personal kashfiyotga motivatsiyalovchi instruksiyali jarayonda funksional davriylikka ko‘ra bosqichma-bosqich qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida kimyo fanini fanlararo aloqa asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish modeli ilmiy-amaliy, mustaqil-faoliyatli integratsiyani jadallashtiruvchi mobil kimyo ta’lim dasturlarini algoritmik kombinatsiyalangan ta’lim jarayonida qo‘llash hamda lingvistik-kommunikativ va madaniy kompetentlikni rag‘batlantiruvchi nutqiy-kommunikativ o‘zakni intensiv shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida kimyo fanini fanlararo aloqa asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish jarayoni talabalarda integrativ yondashuv ko‘nikmalari shakllanganligini baholash mezonlarini aniqlashga qaratilgan gipotezalar klassifikatsiyasiga ko‘ra sinxronlashtirilgan topshiriqlar seriyasini optimal echimga yo‘naltirib adaptivlashtirish hamda bilingval elektron ta’lim muhitida o‘qitishning pedagogik imkoniyatlarini faktorli aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida kimyo fanini fanlararo aloqadorlik asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalarida kimyo fanini fanlararo aloqa asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish imkoniyatlari ta’limning didaktik va metodik xususiyatlarini kimyo ta’lim mazmuniga vertikal va gorizontal yo‘nalishda maqbullashtirishni intensiv kengaytirish hamda fanlararo integrativ qayta aloqasini tabiiy-ilmiy savodxonlikka qo‘yiladigan talablarning reproduktivligiga ko‘ra prognostik aniqlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar «Kimyoda fanlararo integratsiya» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining (2020-yil 30-dekabr 429-sonli buyrug‘i asosida berilgan 429-317 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada ushbu o‘quv qo‘llanma talabalarning kimyoga oid bilimlarini hamda ta’lim jarayonida integrativ yondashuvga oid ko‘nikmalarini shakllanish imkoni kengaytirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida kimyo fanini fanlararo aloqa asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi tizimli tahlil, bilimlar sintezi faoliyatlarini o‘z ichiga olgan fanlararo integrativ yondashuvlarning metodik modelini rivojlantirishga qaratilgan tajribalarning dastlabki monitoringini instrumental to‘ldiruvchi resurslardan personal kashfiyotga motivatsiyalovchi instruksiyali jarayonda funksional davriylikka ko‘ra bosqichma-bosqich qo‘llash asosida takomillashtirishga oid takliflar «Organik kimyodan laboratoriya mashg‘ulotlar» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 27-mart 68-sonli buyrug‘i asosida berilgan 68-841 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada kimyo ta’limini fanlararo integratsiyalash asosida tashkil etishning didaktik ta’minoti takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida kimyo fanini fanlararo aloqa asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish modeli ilmiy-amaliy, mustaqil-faoliyatli integratsiyani jadallashtiruvchi mobil kimyo ta’lim dasturlarini algoritmik kombinatsiyalangan ta’lim jarayonida qo‘llash hamda lingvistik-kommunikativ va madaniy kompetentlikni rag‘batlantiruvchi nutqiy-kommunikativ o‘zakni intensiv shakllantirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar «Kimyoda fanlararo integratsiya» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining (2020-yil 30-dekabr 429-sonli buyrug‘i asosida berilgan 429-317 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning integrativ yondashuvga oid ko‘nikmalarini shakllantirish borasida ijobiy natijalarga hamda ta’lim samaradorligini oshirishga erishilgan;
oliy ta’lim muassasalarida kimyo fanini fanlararo aloqa asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish jarayoni talabalarda integrativ yondashuv ko‘nikmalari shakllanganligini baholash mezonlarini aniqlashga qaratilgan gipotezalar klassifikatsiyasiga ko‘ra sinxronlashtirilgan topshiriqlar seriyasini optimal echimga yo‘naltirib adaptivlashtirish hamda bilingval elektron ta’lim muhitida o‘qitishning pedagogik imkoniyatlarini faktorli aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar «Organik kimyodan laboratoriya mashg‘ulotlar» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 27-mart 68-sonli buyrug‘i asosida berilgan 68-841 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada kimyo ta’limini fanlararo integratsiyalar asosida tashkil etishning didaktik mazmunini takomillashtirishga sharoit yaratilgan.