Negmatova Malika Nosir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «To‘qimachilik buyumlarini bo‘yash uchun maxalliy xomashyolar asosida kompozision materiallarning samarali tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3796.
Ilmiy rahbar: Negmatova Komila Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Yulchieva Surayyo Baxromovna,texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Amanov Muxtor Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘qimachilik materiallarini bo‘yash uchun mahalliy xomashyodan kompozision materiallarning samarali tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyo asosida ishlab chiqilgan bo‘yovchi kompozisiya suvda yaxshi erib, paxta matosini sintetik bo‘yoqlardan foydalanmasdan bo‘yash jarayoni aniqlangan;
kompozisiya asosida olingan bo‘yalgan tola va matolarning ranglari turli xil fizik- kimyoviy ta’sirlarga va yuqori mustahkamlikka egaligi aniqlangan;
paxta tolasi va matoni dastlabki qayta ishlash, jumladan yuvish, oqartirish va bo‘yash jarayonlarining tarkib va tartiblarini dastlabki saralash jarayoniga bog‘liq ravishda tuzish ilmiy asoslangan;
paxta tolasi va matoni boshlang‘ich xossalariga mos ravishda ularni pardozlashga tayyorlash jarayonining texnologik reglamenti ishlab chiqilgan;
paxta sellyulozasi bilan bo‘yovchi kompozisiyaning o‘zaro ta’sir mexanizmi ilmiy asoslangan;
kompozisiya bilan bo‘yalgan paxta matosining koloristik ko‘rsatkichlari, bo‘yovchi kompozisiyaning konsentratsiyasi va rN muhitiga mos ravishda boshqarish imkoniyati aniqlangan;
kompozisiya bilan tola va gazlamalarni bo‘yash, bo‘yash jarayonining vaqtini qisqartiradi, bu esa o‘z navbatida matoning fizik-mexanik xususiyatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, ishlash samaradorligini oshirishi va resurslarni tejashi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
To‘qimachilik materiallarini bo‘yash uchun mahalliy xomashyodan kompozision materiallarning samarali tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyo asosida ishlab chiqilgan bo‘yovchi kompozisiyalar «TashTib-Tex» MChJ korxonasida paxta, vizkoza matolarini bo‘yashda joriy etilgan (“O`ZTO`QIMACHILIKSANOAT” uyushmasining 2023 yil 31 iyuldagi 03/25-1658-son ma’lumotnomasi). Natijada, to‘qimachilik materiallarini bo‘yash muddatini 2,5-3 baravar qisqartirish imkonini bergan;
tavsiya etilayotgan bo‘yovchi kompozisiya bilan paxta matosini bo‘yash texnologiyasi «TashTib-Tex» MChJ korxonasida to‘qimachilik matolarini bo‘yashda joriy etilgan (“O`ZTO`QIMACHILIKSANOAT” uyushmasining 2023 yil 31 iyuldagi 03/25-1658-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘yalgan paxta matosining koloristik ko‘rsatkichlarini, bo‘yovchi kompozisiyaning konsentratsiyasini va rN muhitini mos ravishda boshqarish imkonini bergan;
mahalliy xomashyo asosida bo‘yoq kompozisiyalarini yangi tarkibini olishning ishlab chiqilgan texnologik reglamenti (TR-01-2023-MXTK-KR) «TashTib-Tex» MChJ korxonasida joriy etilgan (“O`ZTO`QIMACHILIKSANOAT” uyushmasining 2023 yil 31 iyuldagi 03/25-1658-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta, viskoza va ularning aralashmasini bo‘yash uchun bo‘yovchi kompozisiyalarni olish va to‘qimachilik matolarini bo‘yash jarayonida qo‘llash imkonini bergan.