Nurov Dilmurod Elmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro viloyatining sho‘rlanishga moyil tuproqlari sharoitida g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish texnologiyasining samaradorligi”, 06.01.02 - “Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3535
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Matyakubov Baxtiyar Shamuratovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Axmedjonov Dilmurod G‘ulomovich - Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti informatika kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, dotsent.Utaev Abduxoliq Abdurashidovich - Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, texnika fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti (PSUEAITI).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Buxoro viloyatining sizot suvlar sathi 2,0-2,5 m, sizot suvlari mineralizatsiyasi 2,0-3,0 g/l bo‘lgan, kuchsiz sho‘rlangan, mexanik tarkibiga ko‘ra engil va o‘rta qumoq tuproqlari sharoitida g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish texnologiyasi elementini takomillashtirish va sug‘orish tartibini ishlab chiqish hamda mazkur texnologiyaning samaradorligini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tomchilatib sug‘orishda engil mexanik tarkibli tuproqlarda hosil bo‘ladigan namlanish konturining o‘lchamlari va tomchilatib sug‘orishda tuzning to‘planishini inobatga olib, tomchilatib sug‘orish texnologiyasining elementi hisoblangan-tomchilatib sug‘orish quvurining dalada joylashish sxemasi takomillashtirilgan;
Dala tadqiqotlari va FAO uslubiyatiga asosan g‘o‘zani tomchilatib sug‘orishning maqbul sug‘orish tartibi ishlab chiqilgan;
S.M.Alpat`evlarning empirik formulalar asosida evapotranspiratsiya miqdorlarining o‘zaro bog‘liqlik darajasini uchun chiziqli korrelyasiya koeffisientlari ishlab chiqilgan;
“Hydrus 1-D” dasturi, sug‘orishga beriladigan suv miqdori va tuproq ma’lumotlari asosida tuproq faol qatlamining namlanish chuqurligi modellashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro viloyatining mexanik tarkibiga ko‘ra engil va o‘rta qumoq, kuchsiz sho‘rlangan tuproqlari sharoitida g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish texnologiyasi elementini takomillashtirish va sug‘orish tartibini ishlab chiqish hamda mazkur texnologiyaning samaradorligini ilmiy asoslashga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan va quyidagi natijalarga erishilgan:
Tadqiqotlar Shofirkon tumani “Zamini Jalilbobo” (19 ga), “Nuriddin Hasan” (14 ga) fermer xo‘jaliklarining mexanik tarkibiga ko‘ra engil va Vobkent tumani “Said Imom Tilav” (12 ga) va “Shukur Karim” (25 ga) fermer xo‘jaliklarining o‘rta qumoq tuproqlarida jami 70 gektar maydonga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 10 maydagi № 03/37-1392-sonli ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘zani sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-80-65% rejimda tomchilatib sug‘orilganda mavsumiy sug‘orish me’yori engil mexanik tarkibli tuproqlarda o‘rtacha 3354 m3/ga, o‘rta qumoq tuproqlarda 3583 m3/ga ni tashkil qilgan yoki nazoratga nisbatan mos ravishda 1926 m3/ga (yoki 36%) va 1444 m3/ga (yoki 28%) ga sug‘orish suvi tejalgan. G‘o‘za hosildorligi tomchilatib sug‘orilganda engil mexanik tarkibli tuproqlarda 41,6 s/ga, o‘rta mexanik tarkibli tuproqlarda 41,0 s/ga bo‘lib, nazoratga nisbatan mos ravishda 10,7 s/ga (yoki 34%) va 8,8 s/ga (yoki 27%) ga oshgan.