Xakimova Xulkar Xamitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim muassasalarini boshqarish strategiyasini takomillashtirish», 08.00.13 – Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2828.
Ilmiy rahbar: Karlibaeva Raya Xodjabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Nuritdin Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Iminova Nargiza Akramovna, iqtisod fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Oliy ta’lim muassasasini samarali boshqarish strategiyasini takomillashtirish bo‘yicha uslubiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasasi strategik boshqaruvi modeli uslubiy jihatdan boshqaruv nazorati tarkibida ta’lim muassasasi imkoniyatlarini adolatli (to‘gri) baholash va chegaraviy holatlar (vaziyatlar) asosida muassasa strategiyasini qayta ko‘rib chiqib, uni o‘zgartirishga ko‘ra takomillashtirilgan;
strategik boshqaruv samaradorligi va foaliyat raqobatbardoshligini yuqori darajasini saqlab qolishda oliy ta’lim muassasasini strategik boshqaruv konsepsiyasi ta’lim ishtirokchilarining shaxsiy mas’uliyatini oshirishga ko‘ra takomillashtirilgan;
oliy o‘quv yurtlarini sifati va raqobatbardoshligini oshirish va samarali rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha oliy ta’lim muassasasida strategik boshqaruvning samaradorligini aniqlash algoritmi uslubiy jihatdan takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarini strategik boshqaruvida mamlakat aholisi soninig kupayishi munosabati bilan OTM muassasalarida ta’lim olish darajasiga talab kuchayganligi va xalqaro ta’lim standarttlariga moslashtirish maqsadida o‘quv rejalardagi nomuvofiqliqlarni bartaraf etish orqali va baholash tizimidagi bir xillilik mexanizmini amaliyotga joriy etishning nazariy asoslari o‘rganildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarini boshqarish strategiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasasi strategik boshqaruvi modeli uslubiy jihatdan boshqaruv nazorati tarkibida ta’lim muassasasi imkoniyatlarini adolatli (to‘g‘ri) baholash va chegaraviy holatlar (vaziyatlar) asosida muassasa strategiyasini qayta ko‘rib chiqib, uni o‘zgartirish bo‘yicha uslubiy taklifdan akademik mustaqillik vakolatiga ko‘ra Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bo‘yicha 2022 yil 24 oktyabrdagi 328-son buyrug‘i asosida nashrga ruxsat berilgan «Tashkilotlar iqtisodiyoti» nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2023 yil 20 yanvar dalolatnomasi). Mazkur uslubiy yondashuv startegik boshqaruv samaradorligini birinchidan, o‘quv-tashkiliy, moliyaviy-iqtisodiy, ijtimoiy va boshqaruv imkoniyatlarini adolatli (to‘g‘ri) baholashga ko‘ra strategiyani amalga oshirishning keyingi bosqichlari (vazifalari)ni samaradli ijrosini ta’minlashga asos yaratishga, ikkinchidan esa rivojlanishning har qanday bosqichida avvaldan belgilab qo‘yilgan chegaraviy holatlar tug‘ilganiga ko‘ra strategiyani qayta ko‘rib chiqish va uni real imkoniyatlarga ko‘ra muvofiqlashtirish imkoniyatini yaratishga xizmat qilgan;
strategik boshqaruv samaradorligi va faoliyat raqobatbardoshligini yuqori darajasini saqlab qolishda oliy ta’lim muassasalarini strategik boshqaruv konsepsiyasi ta’lim ishtirokchilarining
shaxsiy mas’uliyatini oshirishga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha tavsiya va takliflar Jahon Savdo Tashkilotining “Global Innovatsion Indeks - innovatsion taraqqiyot o‘lchovi” mavzusidagi ilmiy loyihada texnologiya va bilimlar iqtisodiyotining rivojlanishi hamda ijodiy faoliyat natijalarini asoslashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazining 2023 yil 13 iyundagi 01/2-129-son ma’lumotnomasi). Taklif va tavsiyalardan foydalanish oliy ta’lim muassasalari strategik boshqaruvini amalga oshirishda uning samaradorliki va raqobatbardosh ko‘rsatkichlarining yuqori darajasini saqlab qolishga oid uslubiy tavsiyalar tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
oliy o‘quv yurtlarining sifati va raqobatbardoshligini oshirish va samarali rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha oliy ta’lim muassasasida strategik boshqaruvning samaradorligini aniqlashning takomillashtirilgan algoritmi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti amaliyotiga Boshqaruv kengashining 2022 yil 10 iyun 10-son qarori asosida joriy qilingan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2023 yil 20 yanvar dalolatnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasasini mustaqil boshqarish tizimi sharoitida ta’lim, ijtimoiy va iqtisodiy maqsadlarni mushtarak yo‘nalitilishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarini strategik boshqaruvida mamlakat aholisi soninig kupayishi munosabati bilan OTM muassasalarida ta’lim olish darajasiga talab kuchayganligi va xalqaro ta’lim standartlariga moslashtirish maqsadida o‘quv rejadagi nomuvofiqliklarni bartaraf etish orqali va baholash tizimidagi bir xillilik mexanizmini amaliyotga joriy etishning nazariy asoslari o‘rganildi (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2023 yil 20 yanvar dalolatnomasi). Taklifning joriy qilinishi natijasida TDIU aktivlari 2020 yili 132493 mln.so‘mdan 2022 yil 261421 mln.so‘mga oshishiga muayyan darajada imkon yaratgan.