Salixov Saidamir Alisher o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Korporativ logistik tizimlarni rivojlantirish  asosida eksport faoliyatini takomillashtirish (“meva – sabzavot mahsulotlari”misolida)”, 08.00.13–“Menejment” ixtisoslik bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/ Iqt2825
Ilmiy rahbari: Xamidov Obidjon Xafizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Akrom Abdievich Xashimov, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Diyora Maxmud qizi Usmanova iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: meva-sabzavot mahsulotlari eksportida korporativ logistik tizimlarni takomillashtirish  bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Oziq-ovqat mahsulotlarini uzlyuksiz va barqaror narxlarda eksport qilishda transport tashuvlari, omborxona operatsiyalari, zaxiralarni boshqarish tizimi tarkibidagi logistik xizmatlar diversifikatsiyasini yangi xizmat turlarini mustaqil jarayon sifatida spesifikatsiyalash asosida kengaytirish orqali zamonaviy korporativ logistik tizim yaratish taklifi asoslangan.
Logistika markazlari hamda muzlatkich omborlaridan mahsulotlarni eksport qilish jarayonida Xitoy – O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron tranzit koridorlaridan foydalanishda transport yoʼlaklaridagi muqobil harakat uzlyuksizligini taʼminlash taʼsirida vaqt sarfi hamda harakatning to‘xtab qolish risklarini “zaxira yoʼnalish / vositalar muvofiqligi” yordamida minimallashtirish orqali tabiiy yoʼqotishlarni qisqartirish taklifi asoslangan.
“O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi hamda meva-sabzavot mahsulotlari etishtiruvchi yuridik va jismoniy shaxs ko‘rinishidagi xo‘jalik yurituvchi subektlar o‘rtasida davlat-xususiy sheriklikdagi korporativ munosabatlarda mahsulot tayyorlash-saqlash-tashish jarayonlarining “eng quyi tannarxni taʼminlash” yondashuvi asosida meva-sabzavot mahsulotlarini uzlyuksiz va barqaror narxlarda eksportga etkazib berish taklifi asoslangan
Ekonometrik tahlil asosida korporativ logistik tizimning  meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga ta’sirini 2030 – yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tarkibidagi korxonalarda olib borilgan izlanishlar natijasida meva - sabzavot mahsulotlari eksportini rivojlantirishda logistik boshqaruv usulini joriy etish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida quyidagilar amaliyotga joriy etildi:
    Oziq-ovqat mahsulotlarini uzlyuksiz va barqaror narxlarda eksport qilishda transport tashuvlari, omborxona operatsiyalari, zaxiralarni boshqarish tizimi tarkibidagi logistik xizmatlar diversifikatsiyasini yangi xizmat turlarini mustaqil jarayon sifatida spesifikatsiyalash asosida kengaytirish orqali zamonaviy korporativ logistik tizim yaratish taklifi asoslangan.
    Mazkur ilmiy yangilik bo‘yicha takliflar “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasining meva-sabzavot hamda oziq-ovqat mahsulotlarini uzlyuksiz va barqaror ravishda isteʼmolchilarga etkazish zanjirini tashkil qilishda amaliy yordam berib, zamonaviy korporativ tizim yaratilishi natijasida oziq-ovqat zaxiralaridan samarali foydalanish darajasini 6 foizga qadar oshirish imkonini yaratdi. (“O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasining 25.07.2023 yildagi 01-01/177-sonli ma’lumotnomasi).
Logistika markazlari hamda muzlatkich omborlaridan mahsulotlarni eksport qilish jarayonida Xitoy – O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron tranzit koridorlaridan foydalanishda transport yoʼlaklaridagi muqobil harakat uzlyuksizligini taʼminlash taʼsirida vaqt sarfi hamda harakatning to‘xtab qolish risklarini “zaxira yoʼnalish / vositalar muvofiqligi” yordamida minimallashtirish orqali tabiiy yoʼqotishlarni qisqartirish taklifi asoslangan.    
Ushbu ilmiy yangilikni amaliyotga tatbiq etish orqali mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan logistika markazlari tomonidan mahsulotlarni eksport qilish jarayonini yangi bosqichga olib chiqdi hamda yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum va poliz mahsulotlarining tabiiy yoʼqolishlari 10 foizga qadar kamayishiga erishildi. (“O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasining 25.07.2023 yildagi 01-01/177-sonli ma’lumotnomasi).
“O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi hamda meva-sabzavot mahsulotlari etishtiruvchi yuridik va jismoniy shaxs ko‘rinishidagi xo‘jalik yurituvchi subʼektlar o‘rtasida davlat-xususiy sheriklikdagi korporativ munosabatlarda mahsulot tayyorlash-saqlash-tashish jarayonlarining “eng quyi tannarxni taʼminlash” yondashuvi asosida meva-sabzavot mahsulotlarini uzlyuksiz va barqaror narxlarda eksportga etkazib berish taklifi asoslangan.
 Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi 2022 yilda 2 million 749 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlarining eksport qilinishiga qisman taʼsir qilib, bu 2021 yilga nisbatan 11 foizga ko‘p. 2023 yilning olti oyi davomida esa O‘zbekiston Respublikasida qiymati qariyb 760,2 million dollarga teng bo‘lgan 1,2 million tonna meva-sabzavotlar eksport qilingan bo‘lib, mazkur ko‘rsatkichlarning oshishida mahsulot tayyorlash-saqlash-tashish jarayonlarining “eng quyi tannarxni taʼminlash” yondashuvining o‘rni bor. (“O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasining 25.07.2023 yildagi 01-01/177-sonli ma’lumotnomasi).
Ekonometrik tahlil asosida korporativ logistik tizimning  meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga ta’sirini 2030 – yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari ishlab chiqildi.
Mazkur ilmiy yangilik O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tomonidan qabul qilindi. Natijada O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavot mahsulotlari eksportini rivojlantirish uchun asosiy takliflar shakllantirildi. (“O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasining 21.12.2022 yildagi 04-01/27-sonli ma’lumotnomasi).

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish