Mirzaabdullaxojieva Odinaxon Usmonjon qizining
falsafa doktori ( PhD ) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi,ixtisoslik shifri ( ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi ): “Surunkali virusli gepatit V larda  homiladorlik asoratlarining kompleks profilaktikasi va virusga qarshi javobning immunogenetik mexanizmlar”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya    (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2PhD/Tib815.
Ilmiy rahbar: Zufarova Shaxnoza Alimjanovna, tibbiyot fanlari doktori,professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Hamdamova Muxayyo To‘xtasinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor;  Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tojikiston Respublikasi sog‘liqni saqlash sohasidagi diplomdan keyingi ta’lim instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: virusga qarshi javobning immunogenetik patogenezini o‘rganish, surunkali virusli gepatitda tashhisot algoritmini va homiladorlik asoratlarining oldini olish tamoyillarini takomillashtirishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali gepatit V virusiga chalingan homiladorlarda IL-28 V genining rs 12979860 T hamda rs 80999917 G polimorfizmi aniqlanishi ulardagi jigar fibrozi rivojlanishi va progressiyalashuvining bashoratlovchi prediktor ekanligi isbotlangan;
homiladorlikning dastlabki bosqichlarda homilador ayollarda surunkali virusli gepatit V larda interferon gamma va interferon lyambda faolligining pasayishi xujayra immunitetining pasayishiga va virus replikatsiyasining faollashuviga olib kelishi isbotlangan;
interferon gamma va interferon lyambda miqdorining kamayishi, fibrozga o‘tish bilan birga jigarning funksional buzilishlarini rivojlanishida patogenetik roli izohlangan;
homiladorlik, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davrda asoratlarni rivojlanishining oldini olishni hisobga olgan holda homilador ayollarni olib borish taktikasining algoritmi modifikatsiyalangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 14 apreldagi 23-Z/020-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: surunkali virusli gepatit V bilan xastalangan barcha xomilador ayollarda maxsus genetik tekshiruv o‘tkazmasdan, jigarni fibrozlanish darajasini aniqlash uchun barcha surunkali virusli gepatit V mavjud xomilador ayollarda jigar elastografiya tekshiruvi o‘tkazish orqali iqtisod qilinadi. Xulosa: IL-28 geni polimorfizmi isbotlangan homilador ayollarda jigarda morfologik o‘zgarishlar kuzatilganligi isbotlangan. Bunga ko‘ra 1 nafar xomilador uchun genetik tekshiruv 450 000 so‘mni, elastografiya tekshiruv 150 000 so‘mni tashkil qiladi. IL-28 geni polimorfizmi bilan jigarni fibrozlanish darajasi bir biriga bevosita bog‘liqligini inobatga olgan xolda, virusli gepatit V mavjud xomiladorlarga fakatgina elastografiya tekshiruvi tayinlanishi asosida byudjetdan tashqari mablag‘lardan har bir bemor hisobiga  300 000 so‘m iqtisod qilishga imkon beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: « Surunkali virusli gepatit V larda xomiladorlik asoratlarining kompleks profilaktikasi va virusga qarshi javobning immunogenetik mexanizmlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2022 yil 29 avgustdagi 14-sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali virusli gepatit V bo‘lgan homilador ayollarda, homiladorlikning dastlabki bosqichlarida IFN gamma va IFN lyambda faolligining pasayishi, xujayra immunitetining pasayishiga va virus replikatsiyasining kuchayishiga olib keladi. Shu holatlarni oldini olish maqsadida homilador ayollarda 1 trimesterda interferonlar ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun taxlillar o‘tkazishi maqsadga muvofiq. Bu holat homilador ayollarda va chaqaloqlarda kuzatiladigan asoratlarni oldini olish orqali dori darmonga sarflanadigan xarjatlar tejaladi, ya’ni bir nafar bemor uchun byudjet hisobidan 110 000 so‘m, byudjetdan tashqari 140 000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishiga erishiladi.  Xulosa: Surunkali virusli gepatit V bo‘lgan homilador ayollarda IFN gamma va IFN lyambda ko‘rsatkichlarini homiladorlikning erta bosqichlarida tekshiruvlar o‘tkazildi, erta davolash profilaktik chora tadbirlari o‘tkazildi va ayollarda va homilada kuzatiladigan asoratlarni oldi olindi. Bu holat 1 nafar bemor hisobiga aniqlanganda, kunlik hisobiga 250 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: « Surunkali virusli gepatit V larda homiladorlik asoratlarining kompleks profilaktikasi va virusga qarshi javobning immunogenetik mexanizmlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2022 yil 29 avgustdagi 14-sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: SGV bo‘lgan homilador ayollarda,jigarda kuzatilgan morfofunksional o‘zgarishlar erta aniqlandi va davolash profilaktik chora tadbirlari,tug‘ruqgacha bo‘lgan davrda dinamik nazorat ostida o‘tkazildi. Natijada homila va homilador ayol tomonidan tug‘ruq vaqtida va tug‘ruqdan keyin asoratlar kuzatilmadi.Bu o‘z navbatida ayollarda tug‘ruqxonada tug‘ruqdan keyingi davrda tug‘ruqhonada qolish muddatini qisqartirdi va asoratlarni kam kuzatilganligi hisobiga qo‘shimcha dori vositalariga extiyoj sezilmaydi. Ya’ni statsionar kunlar qisqarishi xisobiga byudjet mablag‘laridan  214 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan 317 200 so‘m  iqtisod qilishga erishiladi. Xulosa: Olingan ma’lumotlarga asoslanib, SGV bilan kasallangan homilador ayollarda interferon darajasining pasayishi, funksional buzilishlar va jigar fibrozining rivojlanishida asosiy rol o‘ynaydi. Shuning uchun SVGV bo‘lgan barcha homilador ayollarda jigarning morfostruktur tuzilmasini zararlanganlik darajasini aniqlash uchun jigarning fibroelastometriya tekshiruvini o‘tkazilishi shart. Buning natijasida o‘rtacha hisobdan har bir homilador ayol hisobiga 531 000 so‘mdan iqtisod qilishi imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: « Surunkali virusli gepatit V larda xomiladorlik asoratlarining kompleks profilaktikasi va virusga qarshi javobning immunogenetik mexanizmlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2022 yil 29 avgustdagi 14-sonli xat yuborilgan.
 to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali gepatit V bo‘lgan homilador ayollarda,homiladorlikni olib borish uchun ishlab chiqilgan va taklif qilingan algoritm,perinatal asoratlar chastotasini 13,8 % ga va akusherlik asoratlar chastotasini 8,3 % ga statistik jihatdan ahamiyatli kamaytirishga imkon bergan,bu esa yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon berdi. Amaliyotga tadbiq etilgan algoritmga asoslanib laboratoriya-instrumental tekshiruvni amalga oshirish, erta homiladorlik davridan boshlab jigar asoratlari rivojlanishining medikamentoz profilaktikasini o‘tkazish, anamnezda SGV bilan kasallangan homilador ayollar uchun individual akusherlik taktikasini ishlab chiqish orqali perinatal natijalarni yaxshilash va perinatal kasalliklarni kamaytirishga muvofik bo‘ldik. Natijada har bir homilador ayol uchun homiladorik davrida byudjet hisobidan 1 425 600 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 2 811 000 so‘m iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: Shunday qilib, SGV bilan kasallangan homilador ayollarda fibroz darajasini aniqlash uchun invaziv bo‘lmagan metodika hisoblangan jigar funksiyasining biokimyoviy belgilarini o‘z ichiga olgan keng qamrovli tekshiruv o‘tkazildi. SGV bilan kasallangan homilador ayollarni davolashda "Geptrong" preparatini tayinlash kerak - birinchi 6 kun davomida mushak ichiga 6 ml, so‘ngra jigar shikastlanish darajasiga qarab 10-15 kun davomida har kuni mushak ichiga 3.0 mldan yuborildi.  Qilingan algoritm orqali SVGV (surunkali virusli gepatit V) bo‘lgan homilador ayollarni olib borilganida, o‘rtacha hisobda har bir ayoldan                    4 236 000 so‘m miqdorida iqtisod qilindi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Surunkali virusli gepatit V larda xomiladorlik asoratlarining kompleks profilaktikasi va virusga qarshi javobning immunogenetik mexanizmlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2022 yil 29 avgustdagi 14-sonli xat yuborilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish