Rashidova Durdona Axad qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Miokardning nekrotik zararlanishidagi buzilishlarni korreksiyalashda biriktiruvchi to‘qima aminokislotalarining samaradorligi», 03.00.01 – Biokimyo (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2038.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Nasirdjan Muxamedjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Sabirova Rixsi Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ishigov Ibragim Agaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatalogiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tajribada miokardning nekrotik zararlanishida miokardda va butun organizmda kuzatiladigan buzilishlarni bartaraf qilishda glisin va prolin aminokislotalarining samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
glisin aminokislotasining ishemik jarayonning zararli omillariga (gipoksiya, stress, oksidlovchi stress) organizmning rezistentligini oshirishda samaradorligi isbotlangan;
tajribaviy miokard infarkti modeli dinamikasida miokardning nekrotik shikastlanishi rivojlanishida glisin, prolin va glisin, prolin, askorbin kislota aralashmasining kardioprotektiv ta’siri isbotlangan;
tajriba sharoitida koronar-okklyuziv miokard infarkti bo‘lgan hayvonlarda glisinning endotoksemiya va gipoksiya darajasiga, shuningdek oksidlovchi stressni korreksiyalovchi ta’siri isbotlangan;
miokard infarkti bo‘lgan bemorlarda miokardning nekrotik shikastlanish darajasi va qon zardobidagi glisin miqdori o‘rtasida teskari bog‘liqlik isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yildagi 9 iyundagi 03/044-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil 9 dekabrdagi 03/2569-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: glisin aminokislotasining ishemik jarayonning zararli omillariga (gipoksiya, stress, oksidlovchi stress) organizmning rezistentligini oshirishda samaradorligi isbotlangani Toshkent tibbiyot akademiyasining oliy ta’lim muassasalararo ilmiy tadqiqot laboratoriyasi bo‘yicha (03.12.2022 y.; №12) hamda Farg‘ona jamoat salomatligi institutining ilmiy tadqiqot labaratoriyasi bo‘yicha (03.01.2023 y.; №43-I-05) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: glisin aminokislotasining organizmda gipoksiya va giperadrenalinemiya tufayli yuzaga keladigan yurak ishemik kasalligi va miokard infarktida organizmning chidamliligini oshirishi va hayot davomiyligiga ijobiy ta’sir etishi tufayli salbiy asoratlar va o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilayotgan glisin aminokislotasidan antigipoksant preparat sifatida foydalanish natijasida qimmat xorijiy dori vostalar talab etilmasligi hisobiga davolashga ketadigan o‘rtacha kunlik xarajatni 8194,5 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan (xorijiiy dori vositasi meksidol narhi o‘rtacha 111500 so‘mni, tavsiya qilinayotgan glisin aminokislotasi narhi 2800 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: miokard infarktida 1 oylik davolash kursida taklif etilgan davolash tartibidan foydalanib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 245835 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikinchi ilmiy yangilik: tajribaviy miokard infarkti modeli dinamikasida miokardning nekrotik shikastlanishi rivojlanishida glisin, prolin va glisin, prolin, askorbin kislota aralashmasining kardioprotektiv ta’siri isbotlangani Toshkent tibbiyot akademiyasining oliy ta’lim muassasalararo ilmiy tadqiqot laboratoriyasi bo‘yicha (03.12.2022 y.; №12) hamda Farg‘ona jamoat salomatligi institutining ilmiy tadqiqot labaratoriyasi bo‘yicha (03.01.2023 y.; №43-I-05) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilayotgan aminokislotalar glisin va prolin, va ularning askorbin kislota bilan aralashmasini qo‘llab miokarddagi reparatsiyani jadallashtirishi orqali davolash sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilayotgan glisin aminokislotasidan metabolik preparat sifatida foydalanish natijasida qimmat xorijiy dori vostalar talab etilmasligi hisobiga davolashga ketadigan o‘rtacha kunlik xarajatni 8194,5 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan (xorijiiy dori vositasi meksidol narhi o‘rtacha 111500 so‘mni, tavsiya qilinayotgan glisin aminokislotasi narhi 2800 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: glisin, prolin va askorbin kislota aralashmasi xuddi glisin kabi miokard infarkti kechishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi biroq uning samaradorligi glisin ko‘rsatadigan samaradorlikdan oshmaganligi sababli taklif etilgan glisin aminkislotasidan miokard infarktini davolashda foydalanib, 1 oylik kurs uchun 1 nafar bemor hisobiga byudjetdan tashqari mablag‘larini 245835 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: tajriba sharoitida koronar-okklyuziv miokard infarkti bo‘lgan hayvonlarda glisinning endotoksemiya va gipoksiya darajasiga, shuningdek oksidlovchi stressni korreksiyasiga ta’siri isbotlangani Toshkent tibbiyot akademiyasining oliy ta’lim muassasalararo ilmiy tadqiqot laboratoriyasi bo‘yicha (03.12.2022 y.; №12) hamda Farg‘ona jamoat salomatligi institutining ilmiy tadqiqot labaratoriyasi bo‘yicha (03.01.2023 y.; №43-I-05) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: eksperimental miokard infarkti modelida glisin aminokislotasini qo‘llash miokarddagi nekrotik jarayonlarda endotoksemiya va gipoksiya darajasini kamaytirishi va oksidlovchi stressni korreksiyalashi orqali xastalikni davolash sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan aminokislotani metabolik sifatida qo‘llash natijasida davolanish harajatini kamaytirib, bemorni shifoxonada bo‘lish vaqtini 14 kundan 13 kungacha qisqartirib, 1 nafar bemor xisobida 447000 so‘m iqtisod qilishga erishilgan (RIKM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 89000 so‘mni tashkil qiladi; 1 kunga o‘rtacha 358000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: taklif qilingan glisin aminokislotasini qo‘llash kardiomaxsus fermentlar faolligini, lipidlarning peroksidlanishi jadalligi, gipoksiya darajasining va endogen zaharlanish darajasini pasaytirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 447000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: miokard infarkti bo‘lgan bemorlarda miokardning nekrotik shikastlanish darajasi va qon zardobidagi glisin miqdori o‘rtasida teskari bog‘liqlik isbotlangani Toshkent tibbiyot akademiyasining oliy ta’lim muassasalararo ilmiy tadqiqot laboratoriyasi bo‘yicha 03.12.2022 y.; №12) hamda Farg‘ona jamoat salomatligi institutining ilmiy tadqiqot labaratoriyasi bo‘yicha (03.01.2023 y.; №43-I-05) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: miokard infarktida qondagi erkin glisin aminokislotasi miqdorining kamayishi uni oldindan tashxislash va glisin aminokislotasini miokard infarkti kechirgan va yurak ishemik kasalligi mavjud bo‘lgan bemorlarga tavsiya qilish orqali to‘satdan yurak huruji va o‘lim xavfini oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan amnokislotani qo‘llash natijasida bemorlarni shifoxonada bo‘lish vaqtini 14 kundan 13 kungacha qisqartirib, statsionar davolanish harajatlari miqdorini 447000 so‘mga kamaytirgan (Respublika ixtisoslashtirilgan kordiologiya markazi preyskuranga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 89000 so‘mni tashkil qiladi; 1 kunga o‘rtacha 358000 so‘mlik dori vositalari sarflanadi). Xulosa: qondagi erkin glisinning past darajalarida miokard infarktining og‘ir kechishi kuzatilib, bu aminokislotani metabolik sifatida qo‘llash kasallikning kechishini engillashtirish va statsionar davolanish vaqtini qisqartirish imkonini bergan.