Ortiqov Azim Ahrorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Parrandachilik fermalari va fabrikalari ishlovchilari mehnat sharoitini sog‘lomlashtirishning gigienik asoslari», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.Phd/Tib2426.
Ilmiy rahbar: Kasimov Xayriddin Olimovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Ermatov Nizom Jumakulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xasanova Ma’mura Ikramovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: parrandachilik fabrikalari va fermalarida mehnat sharoiti, ular atrofida yashaydigan aholining hayot faoliyatiga ta’siri, korxonaning ish sharoitini sog‘lomlashtirishga qaratilgan gigienik tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat turidagi parrandachilik tarmoqlari ishchilarining mehnat sharotini baholash natijasida asosiy ish joylaridagi mehnat jarayonining og‘irligi va keskinligi, zararlilik va xavflilik ko‘rsatkichlarini optimallashtirishning gigienik xususiyatlari asoslangan;
kasbiy guruhlar bo‘yicha mehnat sharoitining sinflari bo‘yicha zararli omillar parrandachi operatorlar ish jarayonining og‘irligi bo‘yicha 3.1 darajasi, jadalligi darajasi bo‘yicha 2 darajasi qayt qilinganligini inobatga olib, jismoniy va ruhiy yuklamasini izdan chiqishini oldini olishga qaratilgan sanitar-texnik va texnik-texnologik chora-tadbirlar ishlab chiqilgan;
parrandachilik  korxonalari ishchilarning vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotishga ta’sir qiluvchi omillarni baholashda  parrandachi operatorlar va ozuqa tayyorlash sexlari  ishchilari umumiy sinfning 3 sinf 3- darajasiga ta’luqlligini inobatga olib, ushbu kasbdagi ishchilarning salomatlik holatini  davriy nazorat qilish tartibi isbotlangan;
parrandachilik  korxonalari mehnat sharoiti sinflari tahlilida chang va kimyoviy omillar parrandachi operatorlar, ozuqa tayorlash sexida yuqoriligini inobatga olib, kasallanish va vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotilishini oldini olishga qaratilgan kompleks profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yildagi 20 iyundagi 6-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy  etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot institutining 2023 yil 16 iyundagi 05/5421-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: sanoat turidagi parrandachilik tarmoqlari ishchilarining mehnat sharotini baholash natijasida asosiy ish joylaridagi mehnat jarayonining og‘irligi va keskinligi, zararlilik va xavflilik ko‘rsatkichlarini optimallashtirishning gigienik xususiyatlari Buxoro viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha (23.06.2023 y.; № 994) hamda Buxoro viloyati Jondor tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi bo‘yicha (21.06.2023 y.; № 350) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: parrandachilik korxonalari ishchilarining ish o‘rinlaridagi mehnat jarayonida ishchilarning funksional holati va kasallanish darajasiga ko‘rsatayotgan ta’sirini oldini olish, ishning og‘irlik va tig‘izlik darajasini me’yoriy gigienik talablarga moslashtirish  va zararli omillarning ta’sirini kamaytirish orqali ishlash qobiyaltiini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) parrandachilik korxonalarida ish o‘rinlaridagi mikroiqlim parametrlari, mehnat sharoiti va kimyoviy moddalarning salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida mehnat jarayonining og‘irligi va tig‘izligi, zararlilik va xavflilik ko‘rsatkichlari ta’sirini kamaytirish orqali ishchilar vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotishi oldi olingan (korxonada 1 kunlik ish haqi 100000 so‘m bo‘lsa, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotishi varag‘i o‘rtacha 15 kunda 1500000 so‘mni tashkil qiladi); 2) shifoxona sharoitida davolanish talab qilinganda (shifoxonada 1 kun qolish o‘rtacha 373,33 ming so‘mni tashkil qiladi); 3) kasbiy kasalliklar oldi olinib, imtiyozli nafaqa pensiyasi belgilanmasligi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan (1 nafar imtiyozli nafaqa pensiyasi oyiga 747 ming so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: parrandachilik korxonasi ishchilarining ish o‘rinlaridagi mehnat jarayonining og‘irligi va tig‘izligi, zararlilik va xavflilik ko‘rsatkichlari bo‘yicha mehnat sharoitlarini gigienik baholash orqali kasbiy kasalliklar oldi olinib, 1 nafar ishchi hisobiga byudjet mablag‘larini yiliga 8 million 964 ming so‘mga iqtisod qilish imkoini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: kasbiy guruhlar bo‘yicha mehnat sharoitining sinflari bo‘yicha zararli omillar parrandachi operatorlar ish jarayonining og‘irligi bo‘yicha 3.1 darajasi, jadalligi darajasi bo‘yicha 2 darajasi qayt qilinganligini inobatga olib, jismoniy va ruhiy yuklamasini izdan chiqishini oldini olishga qaratilgan sanitar-texnik va texnik-texnologik chora-tadbirlar Buxoro viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha (23.06.2023 y.; № 994) hamda Buxoro viloyati Jondor tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi bo‘yicha (21.06.2023 y.; № 350) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: parrandachilik korxonalarida ayrim texnologik jarayonlarining takomillashtirishi natijasida og‘ir jismoniy mehnat, ishchi o‘rinlarida fizikaviy va kimyoviy omillarni me’yorlashtirish  bilan ishchilar orasida turli kasbiy kasallanish darajasiga ta’sirini kamaytirishga olib kelgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kasbiy guruhlar bo‘yicha mehnat sharoitining sinflari bo‘yicha zararli omillarni ta’sirini oldini olishga qaratilgan sanitar-texnik va texnik-texnologik chora-tadbirlar ishlab chiqish natijasida: 1) ishchilar vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotishi oldi olingan (korxonada 1 kunlik ish haqi 100000 so‘m bo‘lsa, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotishi varag‘i o‘rtacha 15 kunda 1500000 so‘mni tashkil qiladi); 2) shifoxona sharoitida davolanish talab qilinganda (shifoxonada 1 kun qolish o‘rtacha 373,33 ming so‘mni tashkil qiladi); 3) kasbiy kasalliklar oldi olinib, imtiyozli nafaqa pensiyasi belgilanmasligi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan (1 nafar imtiyozli nafaqa pensiyasi oyiga 747 ming so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: parrandachilik korxonasi ishchilarining ish o‘rinlaridagi mehnat jarayonining og‘irligi va tig‘izligi, zararlilik va xavflilik ko‘rsatkichlari bo‘yicha mehnat sharoitlarini gigienik baholash orqali kasbiy kasalliklar oldi olinib, 1 nafar ishchi hisobiga byudjet mablag‘larini yiliga 8 million 964 ming so‘mga iqtisod qilish imkoini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: parrandachilik korxonalari ishchilarning vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotishga ta’sir qiluvchi omillarni baholashda  parrandachi operatorlar va ozuqa tayyorlash sexlari  ishchilari umumiy sinfning 3 sinf 3- darajasiga ta’luqlligini inobatga olib, ushbu kasbdagi ishchilarning salomatlik holatini davriy nazorat qilish tartibi Buxoro viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha (23.06.2023 y.; № 994) hamda Buxoro viloyati Jondor tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi bo‘yicha (21.06.2023 y.; № 350) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: parrandachilik korxonalari ishchilarining vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotishga ta’sir qiluvchi omillardan chang va ish soha xavosiga turli gazlar ko‘rinishidagi kimyoviy moddalar konsentratsiyasining yuqoriligi gigienik baholangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: parrandachilik  korxonalari ishchilarining vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotishga ta’sir qiluvchi omillarni baholashda  parrandachi operatorlar va ozuqa tayyorlash sexlari ishchilari umumiy sinfning 3 sinf 3- darajasiga ta’luqlligini inobatga olib: 1) ishchilar vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotishi oldi olingan (korxonada 1 kunlik ish haqi 100000 so‘m bo‘lsa, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotishi varag‘i o‘rtacha 15 kunda 1500000 so‘mni tashkil qiladi); 2) shifoxona sharoitida davolanish talab qilinganda (shifoxonada 1 kun qolish o‘rtacha 373,33 ming so‘mni tashkil qiladi); 3) kasbiy kasalliklar oldi olinib, imtiyozli nafaqa pensiyasi belgilanmasligi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan (1 nafar imtiyozli nafaqa pensiyasi oyiga 747 ming so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotishga ta’sir qiluvchi omillarni baholashda  parrandachi operatorlar va ozuqa tayyorlash sexlari  ishchilari umumiy sinfning 3 sinf 3- darajasi gigenik monitoringini amalga oshirish orqali kasbiy kasalliklar oldi olinib, 1 nafar ishchi hisobiga byudjet mablag‘larini yiliga 8 million 964 ming so‘mga iqtisod qilish imkoini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: parrandachilik  korxonalari mehnat sharoiti sinflari tahlilida chang va kimyoviy omillar parrandachi operatorlar, ozuqa tayorlash sexida yuqoriligini inobatga olib, kasallanish va vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotilishini oldini olishga qaratilgan kompleks profilaktik chora-tadbirlar Buxoro viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha (23.06.2023 y.; № 994) hamda Buxoro viloyati Jondor tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi bo‘yicha (21.06.2023 y.; № 350) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: parrandachilik  korxonalari mehnat sharoiti sinflari tahlilida chang va kimyoviy omillar parrandachi operatorlar, ozuqa tayorlash sexida yuqoriligini inobatga olib, kasallanish va vaqtinchalik mehnat yo‘qotilishini oldini olishga qaratilgan kompleks profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: parrandachilik korxonalari ish o‘rinlaridagi mikroiqlim parametrlari, ish sharoiti va kimyoviy moddalarning salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida mehnat jarayonining og‘irligi va tig‘izligi, zararlilik va xavflilik ko‘rsatkichlari ta’sirini kamaytirish natijasida:  1) ishchilar vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotishi oldi olingan (korxonada 1 kunlik ish haqi 100000 so‘m bo‘lsa, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotishi varag‘i o‘rtacha 15 kunda 1500000 so‘mni tashkil qiladi); 2) shifoxona sharoitida davolanish talab qilinganda (shifoxonada 1 kun qolish o‘rtacha 373,33 ming so‘mni tashkil qiladi); 3) kasbiy kasalliklar oldi olinib, imtiyozli nafaqa pensiyasi belgilanmasligi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan (1 nafar imtiyozli nafaqa pensiyasi oyiga 747 ming so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: parrandachilik korxonasi ishchilarning ish o‘rinlaridagi mehnat jarayonining og‘irligi va tig‘izligi, zararlilik va xavflilik ko‘rsatkichlari bo‘yicha mehnat sharoitlarini gigienik baholash orqali kasbiy kasalliklar oldi olinib, 1 nafar ishchi hisobiga byudjet mablag‘larini yiliga 8 million 964 ming so‘mga iqtisod qilish imkoini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish