Mingbaeva Nozimaxon Ismatilla qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini takomillashtirishda jamoatchilik fikrining roli», 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/S83.
Ilmiy rahbar: Bekmurodov Mansur Bobomurodovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Rasmiy opponentlar: Quronboev Qaxramon Qo‘chqarovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Abduazimov Oqil Utkurovich, sotsiologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda ijtimoiy boshqaruv jarayonlarida jamoatchilik fikriga tayanish orqali fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini takomillashtirish imkoniyatlarini ochib berish va ilmiy asoslangan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamoatchilik fikrini shakllantirishda aholining faol va nofaol qatlam vakillari ishtirokini mutanosib ta’minlashda teng shart-sharoitlar, referent jamoalashuv, bir xil imkoniyatli inklyuziv yondoshuv shakllarini qo‘llashning sotsiologik natijadorligi asoslangan;
jamoatchilik fikrini ijtimoiy nazorat orqali yo‘lga qo‘yishda fuqarolik jamiyati institutlarining aholi muammolarini echish hamda ularni jamiyatga integratsiyalashtirishdagi faoliyat samaradorligini korrelyatsion tarzda baholab borishning ijtimoiy maqbulligi asoslangan;
fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati jamiyatni affiliativ uyg‘unlashtiruvchi subekt sifatidagi vazifalarining jamoaviy yondashuv asosida qarorlar qabul qilish, referent guruhlarni faollashtirish, ekspertlar fikriga tayanish orqali ijtimoiy boshqaruv tizimiga joriy etilishining afzalligi sotsiologik asoslantirilgan;
jamoatchilik fikrini aholi ongi va qalbiga emotsional hamda kognitiv ta’sirchanligini oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini korporativ asoslarda tashkil etish negizida jamiyatni ijtimoiy-siyosiy faollashtirish tendensiyasini chuqurlashtirishi empirik asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini tubdan takomillashtirishda keng jamoatchilik fikrining ahamiyati bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
jamoatchilik fikrini shakllantirishda aholining faol va nofaol qatlam vakillari ishtirokini mutanosib ta’minlashda teng shart-sharoitlar, referent jamoalashuv, bir xil imkoniyatli inklyuziv yondoshuv shakllarini qo‘llashning sotsiologik natijadorligi jamiyatimizni yanada rivojlantirishda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining rolini oshirish, keng jamoatchilik ishtirokini ta’minlash, ijtimoiy–siyosiy masalalar echimini topishga doir muhim ilmiy xulosalar va ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri O‘rinbosarining 2022-yil 28-oktyabrdagi №02/6-09-13–sonli dalolatnomasi). Natijada, mamlakatda demokratik jamiyat barpo etish va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatidan unumli foydalangan holda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish imkoni yaratildi;
jamoatchilik fikrining fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini takomillashtirish jarayonlariga ta’siri o‘rganilgan bo‘lib, ta’sir etuvchi subekti va manbalari aniqlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini takomillashtirishning ijtimoiy mental xususiyatlarini jamoatchilik fikri orqali targ‘ibot va tashviqot etish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalaridan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining faoliyatida foydalanildi. (O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining 2022-yil 28-oktyabrdagi № 2-13-23-3586 – sonli ma’lumotnomasi); O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi qoshida tashkil etilgan yoshlar kelajagimiz, besh muhim tashabbus, yosh olimlar, yoshlar balansi, (qizil, sariq, yashil) toifadagi yoshlar bilan ishlashtizimida keng qo‘llanildi;
fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati jamiyatni affiliativ uyg‘unlashtiruvchi subekt sifatidagi vazifalarining jamoaviy yondashuv asosida qarorlar qabul qilish, referent guruhlarni faollashtirish, ekspertlar fikriga tayanish orqali ijtimoiy boshqaruv tizimiga joriy etilishining afzalligi sotsiologik asoslaridan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining ijtimoiy siyosiy faoliyatida foydalanildi. (O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining 2022-yil 28-oktyabrdagi № 2-13-23-3586 – sonli ma’lumotnomasi); O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Respublika yoshlarini hamjihatlikka, vatanparvarlikka undovchi motivlarini aniqlashda va ishtimoiy faol guruhlar shakllantirishda hamda valantyorlik imtiyozlarini qollashida keng ahamiyat kasb etdi;
jamoatchilik fikrini aholi ongi va qalbiga emotsional hamda kognitiv ta’sirchanligini oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini korporativ asoslarda tashkil etish negizida jamiyatni ijtimoiy-siyosiy faollashtirish tendensiyasini chuqurlashtirishi empirik asoslantirilgan taklif va tavsiyalardan “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi jamoatchilik fikrini shakllantirishning inson omili bilan bog‘liq jihatlarini tizimli tadqiq etishda foydalanildi (“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2022-yil 2-dekabrdagi № 01-16/270 – sonli ma’lumotnomasi). Fuqarolik jamiyati institutlarining jamiyat, millat, xalk hayotidagi o‘rni, funksional mohiyati va faoliyat samaradorligini aniqlashda hamda ularning maqsadlari va jamiyatda integratsiyalashuvining pozitiv imkoniyatlarini kengaytirilishi bo‘yicha fikr-mulohazalaridan markaz o‘z faoliyatida qolladi.